1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


Download 122.09 Kb.
bet13/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

Mantiqiy savollar
  1. Xalqaro huquq va umumiy huquq normalarining mutanosibligi nimada?




  2. Jus cogens normalarini tavsiflang. Xalqaro huquqda qaysi normalar imperativ xarakterga ega hisoblanadi? Ularning paydo bo’lish tartibi qanday? Bunday normalarga misollar keltiring. Xalqaro huquqning imperativ va dispozitiv normalari o’rtasidagi farq nimalarda namoyon bo’ladi?
  3. BMT Ustavining 10, 11, 13-moddalariga ko’ra, Bosh Аssambleya “tavsiyalar berish” vakolatiga ega. Bunday normalarga sharh bering. Xalqaro tashkilotlarning aktlari majburiy xarakterga ega bo’lishi mumkinmi? Misollar keltiring.


  4. Berilgan variantlardan to’g’ri javob (javoblar)ni tanlang.


Xalqaro huquq normalari majburiy –


А) barcha davlatlar uchun;
B) faqatgina uning majburiyligiga o’z roziligini bildirgan davlatlar uchun;
C) faqat imperativ normalar hamma uchun majburiy;
D) ularning shakllanishida ishtirok etganlar uchun.
5. Xalqaro sohada va davlatning ichki sohasida xalqaro huquq normalari ierarxiyasi haqida so’zlang.
III Xalqaro huquq manbalari
Xalqaro huquq manbalarini xalqaro-huquqiy normaning ifodasi shakli sifatida hisoblash odat tusiga kirgan.
Xalqaro huquq manbalari - o’zida xalqaro munosabatlar sub'ektlarining xulq-atvor qoidalarini namoyon etadigan va ushbu qoidalarga xalqaro-huquqiy normalar xususiyatini joriy qiladigan shakllardir.
Yana bir ta'rif shundan iboratki, xalqaro huquq manbalari - davlatlar tomonidan tan olingan davlatlarning xohish-irodalarini muvofiqlashtirish natijalarini mujassamlashtirgan xalqaro-huquqiy normalarni qayd etish shakllaridir.
Xalqaro huquqning davlat ichki huquqidan katta farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, xalqaro huquq normalari sub'ektlar tomonidan ular o’rtasida o’zaro kelishilgan va shu bilan umumiy xohish-irodasini ifoda etuvchi bitimlarga binoan o’rnatiladi. Shuning uchun bunday bitimlar xalqaro-huquqiy normalarning manbai hisoblanadi; ikkinchidan, aytib o’tilganidek, xalqaro huquqda nazarda tutilgan sub'ektlarning sub'ektiv huquqiga hamisha xalqaro huquq boshqa sub'ektlarining yuridik majburiyatlari qarama-qarshi turadi.
Ayrim olimlar xalqaro huquqning manbalari ro‘yxatiga BMT ning Xalqaro sudi Nizomining 38-moddasini kiritadi, unda qayd etilishicha:
“O‘ziga biriktirilgan nizoli ishlarni xalqaro huquq normalari asosida hal qilish majburiyatiga ega bo‘lgan sud quyidagilarni qo‘llaydi:
a) nizolashuvchi davlatlar tomonidan ma’lum jihatdan tan olingan, qoidalarni o‘rnatuvchi, umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalar;
b) umumiy tajribaning isboti sifatida huquqiy norma sifatida tan olingan xalqaro odat normalari;
s) madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prinsiplari;
d) huquqiy normalarni belgilash uchun yordamchi vosita sifatida sud qarorlari va malakali mutaxassislarning turli millatlarning ommaviy huquqqa oid ta’limoti (doktrina) va 59-moddada qayd etilgan izoh”.
Mavjud normalarni izohlashda xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalarining roli beqiyos.

Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling