1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari
-savol. Xalqaro huquq normalarini sharhlash tushunchasi, qoidalari va usullari nimalardan iborat? Javob
Download 122.09 Kb.
|
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org
5-savol. Xalqaro huquq normalarini sharhlash tushunchasi, qoidalari va usullari nimalardan iborat?
Javob. Sharhlash - normaning mazmuni, berilgan holat bo’yicha maqsadlari, xalqaro huquqning boshqa normalari bilan aloqasi, yuridik tavsifini aniqlash jarayonidir. Sharhlash oldida turgan vazifalar sharhlash ob'ekti, ya'ni xalqaro-huquqiy norma bilan belgilanadi. Аgar norma matnda ko’proq yoki kamroq to’liqlikda o’z aksini topsa, aynan matn sharhining asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Sharhlash vositalari Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi 1969 yilgi Vena konventsiyasida belgilangan. Bu Konventsiyada sharhlash vositalari asosiy va qo’shimcha vositalarga bo’lingan. Birinchisiga iboraning keng ma'nosida shartnoma matni kiritilgan. Tayyorgarlik davridagi materiallar va shartnoma tuzish holatlari sharhlashning qo’shimcha vositalariga kiritilgan. Qo’shimcha vositalardan foydalanishga faqatgina asosiy vositalardan foydalanish, normaning mazmunini noaniq qilib qo’yish yoki aql bovar qilmas natijalarga olib kelishi mumkin bo’lgan hollardagina yo’l qo’yiladi. Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi 1969 yilgi Vena konventsiyasi vijdoniylik printsipini birinchi o’ringa qo’yadi. Sharhlash vijdoniy bo’lishi, ya'ni halol, barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini inobatga olishi va normaning haqiqiy mazmunini aniqlashga qaratilgan bo’lishi zarur. Sharhlashning birligi printsipi normani barcha holatlarda bir xil tushunish va barcha sub'ektlarga nisbatan bir xil qo’llashni talab etadi. Samaradorlik printsipi izohlashishning natijalari normaning maqsadlariga, uning ta'sirchan bo’lishiga erishishni talab etadi. Maxsus qonun printsipi sharhlashda umumiy normalarga nisbatan maxsus normalarning ustunligini tan olishni talab qiladi, chunki ular berilgan holga bevosita bog’liq bo’lib, umumiy normani aniqlashtiradi, ba'zan esa undan istisno qiladi. Shunday qilib, quyidagi sharhlash usullari mavjud: - grammatik usul - bu normaning ma'nosini etimologiya, leksika, sintaksis va hatto berilgan tilning stilistikasi nuqtai nazaridan tahlil qilish yo’li bilan aniqlashdir; - mantiqiy usul - norma mazmunini mantiq, qonun va qoidalarini qo’llash yo’li bilan sharhlash; - maxsus-yuridik usul - xalqaro-huquqiy normaning yuridik xarakterini aniqlash. Bunda norma hali ham kuchga egami, uning ta'sir doirasidagi sub'ektlar qandayligi kabi holatlar to’g’risida gap boradi; - tizimli usul - normani xalqaro huquq tizimining elementi sifatida, uning maqsad va printsiplari hamda boshqa normalar bilan o’zaro bog’liqlikda tahlil qiladi; - teleologik usul - normaning mazmunini uning oldida turgan maqsadiga qarab aniqlaydi (bu maqsadli sharhlashdir); - tarixiy usul - bu normaning mazmunini uning qabul qilinishining tarixiy shart-sharoitlari nuqtai nazaridan aniqlashni nazarda tutadi. Download 122.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling