Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Mualliflar jamoasi. “Xalqaro huquq”, Darslik., T.: TDYU nashriyoti., 2018.
Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot savollari
T/R
|
Ma’ruza rejasi
|
Amaliy mashg‘ulot savollari
|
1
|
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari
|
Xalqaro huquq prinsiplari tushunchasi.
|
Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni nimalardan iborat?
|
Amaliy mashg‘ulot savollariga javoblar
savol. Xalqaro huquq prinsiplari tushunchasi
Javob. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari – xalqaro munosabatlar subyektlarining xalqaro hayotdagi to‘plangan eng muhim masalalarga oid ifodalangan hamda umumlashtirilgan, umume’tirof etilgan yurish-turish normalaridir.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari xalqaro munosabatlar subyektlarining xalqaro hayotdagi to‘plangan eng muhim masalalarga oid ifodalangan hamda umumlashtirilgan, umume’tirof etilgan yurish-turish normalaridir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, asosiy prinsiplar nafaqat xalqaro huquq tizimiga boshchilik qiladi; davlatlarning konstitutsiya normalariga kiritilishi barobarida milliy huquqiy tizim normalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, huquqiy tizimlarning o‘zaro aloqasini yaqqol namoyon qiladi (masalan, 1947-yilgi Italiya Konstitutsiyasining 10-moddasi, 1978-yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining III bobi, 1958-yilgi Fransiya Konstitutsiyasining muqaddimasi, 1949-yilgi Germaniyaning Asosiy Qonunining muqaddimasi, 1975-yilgi Gretsiya Konstitutsiyasining 2-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarga asoslanadi5.
Do'stlaringiz bilan baham: |