1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
Download 0.49 Mb.
|
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
9-MAVZU: C4 SIKLINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Fotosintezning ushbu yo'li avvalo, Yu.S. Karpov (I960) tomonidan kuzatilgan. So'ngra Yu.S. Karpov va I.A. Tarchevskiylar (1963) tomonidan ayrim o'simliklarda, masalan, makkajo'xori barglarida fotosintezning birlamchi mahsuloti to'rt uglerodli birikma-olma kislotasi sintez bo'Iishini aniqlanganlar. Shuningdek, G.P.Gorchak va boshq. ham shakarqamish o'simligida CO2 gazining fiksatsiyasining birlamchi mahsuloti ikkikarbon kislotalari bo'lgan olma va asparagin ekanligini tajribalar asosida tasdiqlashgan. Ammo ushbu masalaga aniqlik kiritgan olimlar bu avstraliyalik M.D. Xetch vaK.R. Slekdir (1966). Ular o'zlarining bir qator tajribalari asosida ayrim o'simliklarda, xususan, makkajo'xori, shakar qamish, javdar kabi o'simliklardagi fotosintez jarayonida, CO2 fiksatsiyasining C3 yo'lidan tamomila farq qiladigan boshqa bir yo'l mavjud ekanligi va bunda fotosintezning birlamchi organik mahsuloti 3-FGK (3-fosfoglitserin kislotasi) emas, balki oksaloatsetat va olma kislotalari ekanligini ko'rsatdilar. Keyinchalik ushbu jarayon fanda Xetch-Slek sikli deb nom oldi. Fotosintezning C4 yo'li xos bo'lgan o'simliklar barglaridagi xloroplastlar ikki tipda bo'ladi, ya'ni mezofill hujayralaridagi odatdagi C-* fotosinteziga xos xloroplastlar va ko'pchilik hollarda hujayralarda granlari bo'lmagan hamda o'tkazuvchi tutamlarni o'rab turgan, katta miqdordagi yirik xloroplastlar. Shuni aytib o'tish lozimki, C3- o'simliklarning barglaridagi nay va tola boylamlari atrofida bir qator xloroplastli hujayralar bo'lib, ularda fotosintezning C3 yo'li kuzatiladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, fotosintezning C4 yo'li xos bo'lgan o'simliklar barglarining mezofil qavatining o'tkazuvchi nay tutamlarini o'rab turuvchi hujayralarida granlari bo'lmagan yirik xloroplastlar ko'p uchraydi (VI.8-rasm). Binobarin elektronlami halqalisiz tashish uchun zarur bo'lgan FS II juda kuchsiz ifodalangandir. Ammo ularda juda ko'p miqdorda kraxmal yig'iladi. Atmosfera havosidan barg og'izchalari orqali ditTuziyalanib mezofill hujayralarning sitoplazmasiga utgan CO? FEP-karboksilaza fermenti ishtirokida uning birlamchi akseptori bo'lgan fosfoenolpiruvat (FEP) bilan reaksiyaga kirishib oksaloatsetatni hosil qiladi. Binobarin bu siklda C02 moddasining akseptori bo'lib fosfoenolpiruvat kislotasi xizmat qiladi. СН2=СОР - соон +со2 —►соон-сн2-со-соон Oksaloatsetat kislota xloroplastga kirgandan so'ng, NADFN ishtirokida qaytariladi va malat kislotasi hosil bo'ladi. Shuningdek, oksaloatsetat NH3 bilan reaksiyaga kirishib aspartat aminokislotasini hosil qilishi mumkin. Malat yoki aspartat mezofill hujayralaridan chiqib o'tkazuvchi nay tutamlarini o'rab turgan obkladka hujayralarining xloroplastlariga kiradi. Obkladka hujayralarining xloroplastlaridagi malatdegidrogenaza fermentining faoliyati tufayli malat yoki aspartat dekarboksillanadi va natijada piruvat hamda C02 birikmalari hosil bo'ladi. Umuman bu yerda to'rt uglerodli birikmalar Kalvin siklida ishtirok etadi va kraxmalga aylanadi. Shuning uchun ham ushbu xloroplastlarda kraxmal ko'p bo'ladi. Nay va tola hujayralarida malatning parchalanishidan hosil bo'lgan piruvat kislota yana mezofill hujayralariga o'tadi va fosfoenolpiruvatga aylanib, C02 uchun akseptorlik vazifasini bajaradi. Fotosintezning C4 jarayonida ishtirok etuvchi obkladka hujayralarning xloroplastlari yirik bo'lib, lamelyar tuzilishga ega. Ammo ularda granlari bo'lmaydi. Bu xloroplastlarda granlar bo'lmagan uchun I l-fotosistcma juda kuchsiz Ishlaydi. biroq ularda yuqorida aytganimizdek kraxmal ko'p to'planadi. Chunki malatning dckarboksillanichidan ko'plab hosil bo'luvchi CO: qayta ishlatiladi. Shuningdek. bu xloroplastlardagi fotofosforianish jarayoni tufayli ko'p miqdorda ATF hosil bo'ladi va CO; gazining o'zlashtirilishi Kalvin sikli bo'yicha ketadi. Malatning parchalanishidan hosil bo'lgan pirouzum kislotasi (PUK) mezofill hujayralarining xloroplastiga qaytadi va bu yeida u birlamchi akseptorga aylanishi mumkin. Mezofill qavati hujayralarining xloroplastlar donador tuzilishga ega. Bargdagi umumiy xloroplastlaming 80% mezofil hujayralarda joylashgandir. Fotosintezning ushbu tizimi orqali uglevodlar hosil -qiluvchi o'simliklarni C«-o'simliklar deyiladi. Bu o'simliklami og'izchalari yopiq bo'lsa ham. fotositez jarayoni davom etadi. Chunki obkladka hujayralari avval hosil bo'lgan malat kislotasini CO; birikmasining donori sifatida foydalanadilar. Ushbu C( o'simliklari, yorug'likda nafas olish jarayonida hosil bo'ladigan CO> gazini ham o'zlashtirishi mumkin. Yilning jazirama issiq kunlarida barg og'izchalaming yopilishi tufayli transpiratsiya jarayoni kamayadi. Bu esa Cj o'simliklaridan farqli o'laroq barg og'izchalari yopiq bo'lgan holatda ham fotosintez jarayonining jadal borishiga yordam beradi. Shuning uchun ham C« o'simliklari sho'r va qurg'oqchilikka chidamli yomg'sevar o'simliklar hisoblanadi. Shuningdek. C4 o'simliklarining suvdan foydalanish samaradorligi (COj-HjOX Cj o'simliklariga nisbatan 2 bara>ar va undan yuqori bo'lishi mumkin. Masalan. transpiratsiya koefTitsiyenti ko'natgichi C> o'simliklari bo'lgan g'o'zada 570 g. sholida-680, bedada-840 bo'lsa. C< o'simliklari bo'lgan makkajo'xorida deyarii ikki baravar kam-370 g alrofida bo'ladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling