2. Buxgalteriya hisobining qanday shakllari mavjud?
*A) memorial-order, jurnal-order, avtomatlashtirilgan, soddalashtirilgan
B) avtomatlashtirilgan, soddalashtirilgan, uyg’unlashgan
C) memorial-order, jurnal-order, buxgalteriya hisoboti
D) buxgalteriya hisoboti, avtomatlashtirilgan, soddalashtirilgan, uyg’unlashgan
3.Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli qachon vujudga kelgan?
*A) 20-asrning 40-yillarida
B) 20-asrning 50-yillarida
C) 20-asrning 70-yillarida
D) 20-asrning 90-yillarida
4. Buxgalteriya hisobining axborot texnologiyalarga asoslangan shakllari qaysi javobda ko’rsatilgan?
*A) “1:C Buxgalteriya”, “BEM”
B) memorial-order
C) jurnal-order
D) Bux-EXCEL
14-mavzu: BUXGALTERLIK (MOLIYAVIY) HISOBOT
1. Buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborot nima deyiladi?
*A) buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti
B) buxgalteriya balansi
C) buxgalteriya schyotlari
D) ikkiyoqlama yozuv
2.“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning qaysi moddasi moliyaviy hisobot deb nomlangan?
*A) 22-modda
B) 16-modda
C) 14-modda
D) 19-modda
3.Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni qaysi organ tomonidan belgilanadi?
*A) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
B) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
C) O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar milliy assosasiyasi tomonidan
D) O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan
4.Buxgalteriya (moliyaviy) hisobot elementlari (unsurlari) bo’lib nimalar hisoblanadi?
*A) aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromad va xarajatlar
B) faqat xo’jalik mablag’lari
C) faqat xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari
D) xo’jalik yurituvchi subyektning xo’jalik jarayonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |