6. Hisob registrlari axborotlar hajmiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
*A) sintetik, analitik, birlashtiruvchi
B) xronologik va sistematik
C) bir tomonlama, ikki tomonlama, ko’p grafali, chiziqli, shaxmatli
D) buxgalteriya daftarlari, kartochkalar, vedomostlar
7. Hisob registrlari tuzilish shakliga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
*A) bir tomonlama, ikki tomonlama, ko’p grafal, chiziqli, shaxmatli
B) sintetik, analitik, birlashtiruvchi
C) buxgalteriya daftarlari, kartochkalar, vedomostlar
D) xronologik va sistematik
8. Xronologik registrlar deb nimaga aytiladi?
*A) xo’jalik muomalalarini ularning sodir bo’lishiga qarab yozib boriladigan registrlarga
B) o’zaro bir-biri bilan bog’langan hisob registrlari hamda ularda yozuvlarni olib borish tartibiga
C) xo’jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schyotlari bo’yicha yoziladigan registrlarga
D) bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan qog’oz varaqlarga
9. Xo’jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schyotlari bo’yicha yoziladigan registrlarga deb nimaga aytiladi?
*A) sistematik registrlar
B) xronologik registrlar
C) ko’p grafali
D) bir-biriga biriktirilgan
10. Kartoteka nima?
*A) kartochkalar saqlanadigan maxsus quticha
B) hujjatlar aylanish grafigi
C) hisob registri shakli
D) hujjatlar to’plami
11. Xo’jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish nima deb ataladi?
*A) qayd qilish
B) ikkiyoqlama yozuv
C) buxgalteriya daftari
D) provodka
12. Hisob registrlarida xatolarni tuzatishning qanday usullari mavjud?
*A) korrektura usuli, qizil storno usuli, qo’shimcha yozuv usuli
B) ekspert usuli, umumiy usul, xususiy usul
C) yillar yig’indisi usuli, qayta hisoblash usuli
D) oddiy usul, murakkab usul
13.Korrektura usuli hisob registrlarida qanday xatolarni tuzatishda qo’llaniladi?
*A) ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda
B) schyotlar aloqasida yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatishda
C) schyotlar aloqasi to’g’ri tuzilgan, lekin summasi kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatishda
D) bir necha marta bir xil yozilgan yozuvlarni tuzatishda
Do'stlaringiz bilan baham: |