1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish. Schyotlar rejasi. Boshlang’ich qoldiqlarni kiritish


Download 125.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana03.11.2023
Hajmi125.81 Kb.
#1742594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mol yetkazib beruvchilar yoki komitentlar bilan tuzilgan shartnoma asosida qabul qilish 
mumkin.
Kontragentlar bilan hisob-kitoblar ular bilan tuzilgan shartnomada qaysi valyuta bilan 
hisob-kitob amalga oshirilishi va hujjat qaysi valyutada rasmiylashtirilganligiga bog‘liqdir. 
Hisob-kitoblar uchun shartnomada so‘m ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda hujjat ham faqat so‘mda 
rasmiylashtirilishi mumkin. 
Agar hisob-kitoblar uchun shartnomada boshqa valyuta ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda bunday 
hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida valyutada ko‘rsatiladi.
Schyotlar va shartnomalar zakladkasida kontragentlarning bankdagi hisob-raqamlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘ldirilishi lozim. Bu zakladka keyinchalik to‘lov-topshirqnomasi, 
schyot-faktura va boshqalarni shakllantirishda foydalaniladi. 
1.5. Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish. 
Barcha avtomatlashtirilgan tizimlarda buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi kiritilgan. 
Ushbu schyotlar rejasi 21-BHMSga mos keladi. 
Schyotlar rejasi barcha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi, axborotlar bazasida 
ularning hisobi yuritiladi va tashkilotning hisob siyosatining bir qismi hisoblanadi. Schyotlar 
rejasiga menyuda Korxona – Schyotlar rejasi – Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 
(Predpriyatiye – Plan schetov – Plan schetov buxgalterskogo ucheta) orыali o‘tish mumkin. 
Tizimda oldindan bo‘lgan schyotlarni foydalanuvchi tomonidan o‘chirib tashlashi mumkin 
emas (oldindan bo‘lgan schyotlar 
. belgi bilan belgilangan), biroq, yangi schyotlar va 


subschyotlar kiritishi mumkin. Yangi kiritilgan schyotlar bo‘yicha quyidagi xususiyatlarini 
belgilashi shart: 
- aktiv, passiv schyotlarning alomatlarini; 
- balansdan tashqari schyotlarning alomatlarini; 
- analitik hisobning sozlanishi; 
- miqdoriy hisobning sozlanishi; 
- valyuta hisobining sozlanishi. 
Analitik hisobning sozlash
– bu subkonto turlari bo‘lib, schyotning xususiyati sifatida 
beriladi. Har bir schyot bo‘yicha analitik hisob bir vaqtda uchtagacha subkontoda olib borilishi 
mumkin. 
Buxgalteriya hisobining o‘tkazmalarida schyotlardan foydalanishiga cheklovlar o‘rnatilgan 
bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya o‘tkazmalarida foydalanish mumkin bo‘lmagan schyotlar, 
schyotlar rejasida sariq rangda ajratib ko‘rsatilgan. 
Buxgalteriya hisobi schyotining tuzilishi bilan tanishish maqsadida Schyotning tuzilishi 

Download 125.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling