Shaklda boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish sanasi havola bo‘yicha ko‘rsatiladi. Barcha
qoldiqlar ko‘rsatilgan sanada kiritiladi. Qoldiqlar har bir tashkilot bo‘yicha kiritiladi.
Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish oborot-saldo qadnomani eslatadi.
Shaklda schyotlar
ro‘yxati chiqariladi va bir schyot bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq summasi schetning debeti yoki
krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Schyot bo‘yicha qoldiqni kiritish uchun qoldiq kiritilayotgan schyotni
belgilab olish va
tugmachasini bosish kerak. Tanlab olingan schyot bo‘yicha boshlang‘ich
qoldiqni kiritish uchun hujjat ochiladi va tegishli ma’lumotlar kiritiladi.
Boshlang‘ich qoldiqlar qo‘shimcha 000 schyot orqali buxgalteriya o‘tkazmasi bilan
kiritiladi. Qo‘shimcha 000 schyot bo‘yicha qoldiq boshlang‘ich qoldiqlarni
kiritish sanasida
nolga teng bo‘lishi kerak.
Kiritilgan qoldiqlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun standart hisobot orqali
Oborot-saldo
qaydnomasi (oborotno-saldovaya vedomost) yoki
Schet kartochkasi (Kartochka scheta)
bilan tekshirish mumkin.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldiqlarini kiritishda katta e’tibor qaratish kerak.
Birinchi
bo‘lib,
asosiy
vositalar
hisobi
bo‘yichahujjatlarni
shakllantirishda
foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini o‘rganib chiqish zarur.
Asosiy vositalar hisobi
Asosiy vositalar (Osnovnыe sredstva) ma’lumotlar
bazasida
yuritiladi. Unda asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Bu ma’lumotlar vaqt o‘tishi
bilan ham va tashkilotning xususiyatidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi: nomi, asosiy vosita guruhi
(bino, inshoat, mashina va uskunalar, transport vositalar va boshqa),
foydalanishga topshirilgan
sanasi va boshqalar.