1.3. Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish.
Har bir tashkilotning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun eng avval ushbu
tashkilot haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim bo‘ladi.
Bizda bitta axborot bazasi bo‘lib, unda bir qancha tashkilotlarning buxgalteriya hisobini
yuritishingiz mumkin. Ma’lumotlar dastur tomonidan berilayotgan shaklda to‘ldirilib boriladi.
Shaklning pastki qismida Keyingi tugmachasi bo‘lib, u orqali tegishli shaklning keyingi
varog‘iga shtiladi.
Korxona haqidagi ma’lumotlarga tashkilotning to‘liq va qisqa nomi, tashkilotning turini
tanlash, hujjatlar va hisobotlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun tashkilotning STIR, IFUT va
boshqalarni kiritilishi lozim.
1.4. Kontragentlar va ularga doir ma’lumotlari bilan ishlash.
Kontragent – bu yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lib, ular bilan hisob-kitoblarni amalga
oshirasiz. Kontragentlar ma’lumotlar bazasi bilan ishlayotganda ayrim qiyinchiliklar vujudga
keladi. Birinchidan, buxgalterlar ma’lumotlar bazasiga bir kontragent haqida ma’lumotlarni ikki
mata kiritadilar. Ushbu kontragent ma’lumotlar bazasida bor yoki yo‘qligini tekshirmaslik
natijasida sodir bo‘ladi. Bunday tekshirish doimo yangi elementni shakllantirishdan oldin amalga
oshirilishi kerak. Kontragentning mavjudligini Iyearxik ko‘rish (Iyearxicheskiy prosmotr)
tugmachasi bilan ko‘rish mumkin.
tugmachasini bosish bilan ma’lumotlar
bazasidagi mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va boshqa kontragentlar haqidagi ma’lumotlar
ochiladi. Klaviaturda birinchi tergan harflar bilan bo‘yicha boshlanadigan kontragentlarning
nomlarini tizim ko‘rsatadi. Bunday qidiruv ma’lumotlar bazasiga kontragentlarni qayta
kiritishning oldini oladi. Biroq, birinchi tergan harflar bo‘yicha kontragentlarni topish uchun,
quyidagi qoidaga rioya qilish kerak: kontragentning kartochkasida Nomi (Naimenovaniye)
rekvizitida hech qachon (MChJ, OAJ, XK va boshqa) qisqartmalar bilan yozilmasligi kerak. Bu
foydalanuvchi tomonidan yo‘l qo‘yayotgan ikkinchi xatolik hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini ikki darajali qilish uchun, menyudan foydalanish tavsiya etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |