Subkontoning har bir turi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar priznaki o‘rnatilishi mumkin:
- faqat aylanmalar hisobi – subkonto qoldig‘i bo‘yicha hisob yuritilmayotgan paytda
maqsadga muvofiq hisoblanadi;
- hisob so‘mda olib borilishi – ko‘rgina hollarda maqsadga muvofiq hisoblanadi;
- miqdoriy hisob – TMZ schyotlari uchun maqsadga muvofiq;
- valyuta hisobi – balansning valyuta moddalari bo‘yicha olib borish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
1.6. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona ma’lumotlaridan foydalanilgan holda
boshlang‘ich qoldiqlarni shakllantirish.
Korxonalarning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan
tizimda olib borish uchun
korxonalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish lozim: a) yangi ochilgan korxona, b) faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar. Agar korxona yangi bo‘lsa, schyotlar bo‘yicha qoldiqlar kiritilmaydi.
Lekin korxona o‘z faoliyatini davom etayotgan bo‘lsa, xo‘jalik operatsiyalarini
qayd qilishdan
oldin boshlang‘ich qoldiqlarni kiritishi lozim bo‘ladi.
Qoldiqlarni hisobot davrining – yil, chorak yoki oyning birinchi sanasida kiritish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Qoldiqlarni kiritish sanasi hisobot davri boshidagi sanadan oldin bo‘lishi
shart. Masalan, yil boshidagi qoldiqlar o‘tgan yilning 31 dekabri bilan kiritilishi lozim.
Korxonaning boshlang‘ich qoldiqlarni aniqlab olish uchun, moliyaviy hisobot
elementlarining har biri moddasi 19-BHMSga binoan inventarizatsiyadan o‘tkaziladi va
qoldiqlarni aniqlanishi kerak.
Masalan, kontragent - mol yetkazib beruvchi – uning to‘liq
nomi va manzili, telefon
raqami, bankining nomi,
bankdagi hisob raqami, MFO kodi, STIR, OKONX kodi,
u bilan
tuzilgan shartnoma raqami va sanasi.
Tovar-moddiy zahira, xom-ashyo va materiallar – uning turi, nomi, miqdori – natura va
so‘mda, sorti, navi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: