Reja: Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash


Download 1.02 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1430881

Reja:
1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi. 
Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash. Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqni о’stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.
Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash. Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqni о’stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.
Bolalar о’yinlari.
Ot о’yin, dо’ppi о’yin, hammompish, tosh о’yini, chillak, varrak, loysuvoq о’yini.
Chitti gul, oq terakmi – kо’k terak, tepdik – sandiq ochildi, boychechagim boylandi, hakkalakam – dukkalakam.
«Qorxat», «Qorqiz». «Qorbobo» о’yinlari.
Bolalar guruhi bilan suhbat uyushtirilganda, suhbat uchun ularning kundalik turmushida uchraydigan transport turlari tanlandi. Suhbat quyidagi savollar asosida olib borildi:
Odamlar bir-birlarinikiga, ishga, o‘qishga nimada boradilar? (yengil avtomobil, avtobus).
Quruqlikda yuradigan qanday transport turlarini bilasiz? (avtobus, poezd, yuk mashinalari, yengil mashinalar).
Suvda qanday transport turlari yuradi? (paraxod, qayiq, kater, suv osti kemalari).
Havoda-chi? (samolyot, vertolyot, raketa, kosmik kema).
Suhbat jarayonida bolalarning nutq bo‘yicha talay qiyinchiliklarga duch kelishi aniqlandi.
Bu qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:
nutqda kerakli so‘zni topib qo‘llash;
mavzuga oid fikrni aniq va ravon bayon etish;
o‘z fikrini xulosalash;
fikrining izchilligiga rioya etish;
ma’nodosh, uyadosh hamda qarama-qarshi ma’no ifodalash imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanish;
nutqda bir-birlarini takrorlash.
Kuzatishlar suhbat jarayonida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning erkin muloqotda bo‘lishlari va fikr almashishlariga, bolalarning til vositalarini mustaqil tarzda, mavzuga mos tarzda qo‘llashlariga erishish zarurligini ko‘rsatdi.
Nutq o‘stirishga oid mashg’ulotlar samaradorligini ta’minlashda mavzularning qiziqarliligi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Boychechakning ochilishi» mavzusidagi ertalik o‘tkazish fikrimiz dalilidir.
Bolalar bog’chasining katta guruhida ertalikka tayyorlanishda bolalar rollarga bo‘linib, boychechak haqidagi she’rlar va qo‘shiqlar tarqatiladi.
Bolalar bu savollarga javob berar ekan, olma, xurmo barglarini solishtiradilar. Olma bargi sariq, to‘q sariq, qirmizi rangda rangin tovlanishi, xurmo barglaridan hali yashillik ketmaganligi, o‘t-o‘lanlar ham birin-ketin sarg’aya boshlaganligini kuzatadilar va olmalardan keltrgan savatlariga, yelim xaltalarga solib oladilar.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv-tarbiya jarayonini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Ya’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim texnologiyasidir.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling