1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


O’zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish vositalari va mas’ul organlar


Download 3.09 Mb.
bet46/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

5.2. O’zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish vositalari va mas’ul organlar.

Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini tartibga solishning milliy va xalqaro usullari qo’llaniladi.


Xalqaro kapitallar harakati jarayonining muhim xususiyatlaridan biri mazkur jarayonga davlatning faol aralashuvidir. Bunda davlat quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
tartibga solish;
nazorat qilish;
rag’batlantirish.
Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini davlat tomonidan tartibga solishda muayyan ziddiyatlar mavjud. Jumladan, mamlakatlar, bir tomondan, xalqaro kapital harakati yo’lidagi mavjud cheklovlarni bartaraf etishga harakat qilishsa, boshqa tomondan, halqaro kapital harakatini cheklash choralarini ko’rishadi.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, mamlakatdan kapitalning chetga chiqib ketishi xorijiy kapitalning kirib kelishiga qaraganda kamroq darajada tartibga solinadi.
Xalqaro kapital harakatini davlat tomonidan tartibga solishda milliy qonunlar, qarorlar va ma’muriy cheklovlar asosiy o’rin egallaydi. Shunisi e’tiborliki, ko’pchilik sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQSh, Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya) xorijiy investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha maxsus qonunlar yoki kodekslar qabul qilinmagan. Biroq boshqa mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ulardan foydalanishga oid maxsus milliy qonunlar qabul qilingan va amal qilmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish vazifalarini hal qilishda milliy qonunchilikka xorijiy investorlar uchun qulay milliy rejimni shakllantirish haqidagi nizomlar kiritiladi. Milliy rejimda norezidentlar uchun xo’jalik faoliyatini yuritish borasidagi shart-sharoitlar rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan yomon bo’lmasligi kerak. Ushbu qoida muhim ahamiyatga ega. Milliy rejim – xo’jalik yuritish faoliyatining minimal sharoitlari bo’lib, bu minimum sharoitlar xorijiy investorlar uchun yomonlashib, pasayib ketmasligi kerak.
Jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalar harakatini amalga oshirish ko’pincha qo’shimcha iqtisodiy, siyosiy va tijorat risklari bilan bog’liq. Shuning uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi ayrim mamlakatlarning milliy qonunchiligida xorijiy investorlarga nisbatan qo’shimcha imtiyozlar qo’llaniladi. Turli mamlakatlarda qo’llaniladigan qo’shimcha imtiyozlar tarkibida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkii:
qayta investitsiyalashga nisbatan imtiyozli soliq rejimini taqdim etish;
shartnoma asosida investitsiya loyihalariga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi va boshqa mukofot to’lovlarini soliqqa tortishning imtiyozli rejimini yaratish;
xorijiy investorlarning eksportga mo’ljallangan mahsulot ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun import ko’rinishida olib kirayotgan mol-mulk, asbob-uskunalar va texnologiyalarni bojxona to’lovlaridan ozod qilish.
Shuningdek, agar xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi milliy investorlar uchun salbiy tomonga o’zgarsa, odatda, xorijiy investitsiyali korxonalar uchun ushbu o’zgarishlar bo’yicha muddati kechiktirilishi ko’zda tutiladi.
Jahonda aksariyat hollarda, xorijiy investorlar uchun imtiyozli rejim xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga maksimal darajada intilayotgan rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari tomonidan yaratiladi. Shu bilan birga xalqaro investitsiya jarayonining asosiy ishtirokchilari sifatida investitsiya faoliyatini kengaytirishga va barcha uchun yagona investitsiya rejimini yaratishga intilayotgan rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, jahonning etakchi rivojlangan mamlakatlari umumiy, bir xil tamoyillar asosida ishlaydigan yagona investitsiya rejimini shakllantirish tarafdorlaridir.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling