1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI oqimiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 3.09 Mb.
bet108/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

9.2-jadval
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI oqimiga ta’sir qiluvchi omillar



Omil

Ko’maklashuvchi

Jilovlovchi

Iqtisodiy omillar

Ish haqi darajasi

13



Ishchilar malakasi

12

1

Bozor hajmi

2

8

Bozorning o’sish sur’atlari

2

3

Tabiiy resurslar

1

5

Boshqaruv malakasi

1

1

Moddiy infratuzilma

1

4

Moliyaviy infratuzilma

1

3

Bozorga chiqish imkoniyatlari



1

Sanoatning holati



1

Siyosiy omillar

Makroiktisodiy barqarorlik

9

1

Siyosiy muhit

3

2

Valyutaning konvertatsiyalanishi

5

-

Xususiylashtirish uchui qulay strategiya

4

3

Xususiylashtirish sur’atlari

2

2

Mahalliy firmalarning raqobatga tayyorligi

3

2

Iqtisodiyotni rekonstruktsiya qilish mumkimligi

3

3

Soliqlar tizimi

1

2

Huquqiy barqarorlik, sud tizimi



5

Mavjud korxonalarning rekonstruktsiyasi xarakteri




3

Biznesga ko’maklashish

Investorlarga sub’ektiv yaqinlik

11



Axborot

3

5

Mamlakat imidji

1

8

Moliyaviy rag’batlar

1

8

Bozor rag’batlari

1

3

Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish

1

4

Portfel investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muhitini shakllantiruvchi omillar kompleks xarakterda bo’lib, tadbirkorlik muhiti investorning strategiyasi va qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni qamrab oladi. Jahon iqtisodiyotida XX asrning 90-yillaridan boshlab portfel investitsiyalar hajmining nisbatan barqaror sur’atlarda o’sishi kuzatila boshlandi. Bu holatni quyidagi omillar ta’siri bilan izohlash mumkin:



  • rivojlanayotgan bozorlarda makroiqtisodiy holatning barqarorlashuvi tufayli portfel investitsiyalarning ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga kiritilishi;

  • moliya bozorlarining globallashuvi va erkinlashtirilishida moliyaviy kapitalni nisbatan kam xarajatlar bilan ko’chirish imkoniyatining yaratilishi;

  • xalqaro moliya bozorlarida foiz stavkalarining pasayishi va likvidlilikni ta’minlashning oshishi;

  • jamg’armalarning institutsionallashuvi va moliyaviy aktivlarni professional darajada boshqarishning o’sishi (qo’shma fondlar, xedj fondlari va boshqa investitsiya kompaniyalar orqali);

  • kommunikatsiya va axborot texnologiyalari tarmog’ining jadal sur’atlarda rivojlanishi (kompaniyalarga axborotlarni tezkor uzatish imkonining yaratilishi).

Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotning erkinlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi xorijiy investorlar uchun moliyaviy mablag’larni joylashtirishda ularning jozibadorligini oshiradi.
Portfel investitsiyalar uchun investitsiya jozibadorligining makroiqtisodiy omillari ikki guruhga bo’linadi: iqtisodiy va huquqiy.
Iqtisodiy omillar qabul qiluvchi iqtisodiyotining umumiy holatini aks ettiradi. Ushbu omillarga iqtisodiy rivojlanish sur’atlari, barqaror valyuta kursi, valyuta zaxiralari darajasi, milliy bank tizimining holati, obligatsiyalar va aktsiyalar bozorining likvidlilik darajasi, foiz stavkalari darajasi kabi omillarni kiritish mumkin. Ba’zi omillar aktsiyadorlik kapitaliga investitsiya yo’naltiradigan kompaniyalar uchun muhim bo’lsa, boshqalari esa qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi investitsiyalarni amalga oshiruvchi firmalar uchun ahamiyatlidir. O’z mablag’larini aktsiyadorlik kapitaliga kiritayotgan investor uchun kompaniyaning barqaror o’sish sur’atlari va aktsiyalar likvidliligi muhim ahamiyatga ega. Obligatsiyalar bozorining likvidlilik darajasi va foiz stavkalari miqdori esa qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi kapitalga mablag’ sarflaydigan investorlar uchun jozibali hisoblanadi.
Portfel investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatdagi huquqiy muhit muhim ahamiyatga ega bo’lib, u davlatning investitsiyalarga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Portfel investitsiyalarni kiritishda dividendlar va kapitalni erkin o’tkazish, kapitaldan olinadigan daromadlarga nisbatan soliqlar miqdori, qimmatbaho qog’ozlar bozorini tartibga solish, nizolarni hal qilish mexanizmlarining samaradorligi, milliy brokerlar va vasiylar institutining mavjudligi, investitsiya huquqlarining himoyalanganlik darajasi, buxgalteriya hisobotining xususiyatlari, tijorat va boshqa axborotlarni saqlash tartibi kabi omillarning roli yuqori bo’lib, tizim ko’rinishida amal qiladi.

1 G'ozibekov D.G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya. – 2003 y. 26 bet.

2 Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d. ilmiy darjasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2003 y. 29 bet.

3 O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 2014 y. 9 dekabr, 3-modda.

4 Шарп У., Александер Г., Бейли Дж. Инвестиции: Пер. с англ.- М.: ИНФРА- М, 1997.

5 O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonuni, 1998 y. 24 dekabr, 3-modda.

6 World Investment Report 2018: Investment and new industrial policies, UNCTAD, 2018, p.-1.



7 World Investment Report 2018: Investment and new industrial policies, UNCTAD, 2018, p.-8.

8 World Investment Report 2018: Investment and new industrial policies, UNCTAD, New York and Geneva, 2018, p.-5.

9 World Investment Report 2018: Investment and new industrial policies, UNCTAD, New York and Geneva, 2018, p.-2.



10 Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического роста. Форум экономистов Узбекистана. Т.: «SMI-ASIA», 2016. 63-б.

11 www.adb.org/uzbekistan/main.asp

12Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Учеб. пособие для ВУЗов. - М.: Юнити-Дана, 2005. - 223 с.

13 Приходько С.В., Воловик Н.П.. Особые экономические зоны. – М.: ИЭПП, 2007. – 268 с.

14 National Association of Free Trade Zones, 2005

15Друзик С.Я. Свободные экономические зоны в системе мирового хозоества. Учеб. пособие. – Мн.: ФУА.информ, 2000. – 368 с.

16 70th Annual report of the Foreign-Trade Zone Board to the Congress of the U.S. 2009.

17 70th Annual report of the Foreign-Trade Zone Board to the Congress of the U.S. 2009.

18 Приходько С.В., Воловик Н.П. Особые экономические зоны. – М.: ИЭПП, 2007. – 268 с.

19 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Учеб. пос. для ВУЗов. - М.: Юнити-Дана, 2005. – 223 с.

20 Сафин Т. Европейский опыт создания свободных экономических зон // Uzbekistan & Central Asia. – Ташкент, 2009. - № . – С. 36-38

21 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Учеб. пос. для ВУЗов. - М.: Юнити-Дана, 2005. – 223с.

22Сафин Т. Европейский опыт создания свободных экономических зон // Uzbekistan & Central Asia. – Ташкент, 2009. - № . – С. 36-38

23 Қ. Муфтайдинов. Зоны экономического предпринимательства. // Бозор, пул ва кредит. – Т, 2003. - № 7. – C. 64-65.

24Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Учеб. пос. для ВУЗов. - М.: Юнити-Дана, 2005. – 223с.

25 Ҳамроев Ҳ.Р. Зонал сиёсат: методология хориий тажриба ва қўллаш йўналишлари. –Т.: Фан, 2008. – 352 б.

26Сафин Т. Европейский опыт создания свободных экономических зон // Uzbekistan & Central Asia. – Ташкент, 2009. - № . – С. 36-38

27 K. Bhattacharya: The rise of special economic zones Is the time ripe for taking a fresh look at the SEZ policy? A. K. Bhattacharya/ New Delhi May 19, 2010

28 www.business-standard.com/india/nes/a-k-bhattacharyarisespecial-economic-zones/395354/

29 www.lex.uz/home/doc/1411630.

30 Халқ сўзи, № 73 (5493) 14.04.2012.

31 Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-4059 ва ПФ-4436-сонли фармонлари асосида муаллиф томонидан тузилди.

32 www.jahonnews.uz

33 www.nfiez.uz/news.php?page=1#p1

34 www.jahonnews.uz

35 www.uza.uz

36 www.jahonnews.uz

37 nav.uz/news/news_siez Газета “Знамя Дружбы” №55 от 01.10.2010

38 www.nfiez.uz/news.

39 www.nav.uz/news/news_siez.

40 htpp://podrobno.uz/cat/economic/SIEZ-Navoi-201l.

41 Raimjonova M.A. O’zbekiston erkin iqtisodiy hududlariga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya aftoreferati. – T. Bank moliya akademiyasi. 2012 yil, 15-bet

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling