1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Investitsiya loyihalarini xorijiy investorlar ishtirokida investitsiyalashni tashkil etish quyidagi yo’nalishda bo’lgani maqsadga muvofiqdir
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
Investitsiya loyihalarini xorijiy investorlar ishtirokida investitsiyalashni tashkil etish quyidagi yo’nalishda bo’lgani maqsadga muvofiqdir:
- xorijiy investorning loyihani realizatsiya qilishdagi mas’uliyatini kuchaytirish, ularning loyihani boshidan oxirigacha milliy investorlarning ulushidan kam bo’lmagan miqdorda kapitali bilan samarali ishtirok etishini ta’minlash va bunday mas’uliyat va majburiyatlar me’yoriy hujjatlarda, jumladan shartnomada qat’iy qilib belgilanishi va amal qilishi kerak; - O’zbekiston sharoitida ilg’or va zamonaviy uskuna va texnologiya ehtiyojini hisobga olgan holda xorijiy investorlarni o’z texnologiyasi va uskunalarni o’zlashtirish tajribalarini milliy kadrlarga o’rgatish zimmasini yuklash va ularning bunday majburiyatlarni bajarishga manfaatdorligini oshirish zarur; - investorlar manfaatlarining bir biriga mos kelmasligi, ya’ni xorijiy investorlarning maqsadi yuqori darajada foyda olish, o’zbek investorlari esa foyda olish bilan birga ilg’or texnologiya va ish tajribasiga ega bo’lish ekanligini hisobga olgan holda loyihani realizatsiya qilmasdanoq shartnomada tomonlarning ulushi qanday valyutada, qanday o’lchov birligida baholanishi, foydani taqsimlash tartibi aniq va qat’iy belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Xorijiy investitsiyali qo’shma korxonalar iqtisodiyotini o’rganishdagi xorij tajribalari quyidagi holatlarga befarq bo’lmaslikni talab etadi: xorijiy investitsiyalardan olingan daromadning katta qismi qayta investitsiyalanmay, korxonalarning xorijiy hamkor-egalari orasida taqsimlanishiga; xorijiy investitsiyalarning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishida asosan kapital tez aylanadigan sohalarga kiritishga moyilligiga; xorijiy investorlar resurslarni bozor infratuzilmasi yaxshi rivojlangan, aholisi to’lovga qodir bo’lgan markazlar hamda xom ashyo mintaqalariga joylashga intiladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish murakkablashgan sharoitda, jamg’armalarni to’plashning samarali mexanizmlaridan voz kechmagan holda asosiy e’tiborni davlatning investitsiya rolini kuchaytirish asosida ichki investitsiyalarni faollashtirish choralari tizimini ishlab chiqishga qaratilishi zarur. Bu holda jamg’armalarni investitsiyalarga joylash kabi shartni amalga oshirish muhim o’rin tutadi. Iqtisodiy sub’ektlarning o’z jamg’armalarini investitsiyalarga joylashga moyilligini qo’yilayotgan mablag’larni qaytarib ololmaslik xavfi va investitsiyalash oqibatida olinadigan daromad darajasi bilan belgilanadi. Mamlakatning investitsion jozibadorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan bunday sabablarni bartaraf etish uchun quyidagi muammolarni hal etish lozim: tez-tez o’zgarib turadigan qonunlar va qonun osti hujjatlari, soliq tizimi; investitsiya va kreditlarga oid tavakkalchilikning yuqori darajadaligi; investitsiyalarni muhofaza qilish, mahsulotlarni ajratish mexanizmining barqarorlik darajasi; bank tizimidagi ayrim nuqsonlarning mavjudligi (ichki bozorlarda pul resurslarining tanqisligi, ular tuzilmasi muddatining qisqaligi, to’lov va hisob-kitoblarning yo’lga qo’yilmaganligi, bank xodimlarining investitsiya va kreditlarga oid tavakkalchiligini baholash tajribasining etishmasligi kabilar); infratuzilma darajasining pastligi (audit, sug’urta, konsalting, baholash, huquqiy madad, telekommunikatsiyalar, transport va mehmonxona xizmati); fond bozorining sust rivojlanganligi, depozit xizmatining nomukammalligi, bozorga tegishli ma’lumotlarning etishmasligi, fond qimmatli buyumlarining past likvidliligi; korxonalarda menejmentning yo’lga qo’yilmaganligi; erishilgan bitimlarning bajarmaslikka yo’l qo’yilishi, investitsiya loyihalarini kelishish amaliyotining murakkabligi, hisobga olish tizimining buxgalteriya va moliya hisobi va hisoboti standartlarining xalqaro tizimiga muvofiq emasligi va h.k. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling