1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Mazkur usulning mohiyati shundaki


Download 3.09 Mb.
bet104/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro’li ekspertlarning 102 tasini tanlash asosida va ularga 4 balli (0 dan 4 ballgacha va ularning yig’indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo’yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat:

  1. Siyosiy barqarorlik (0,12).

  2. Xorijiy investitsiyalarga bo’lgan munosabat (0,06).

  3. Milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq to’lamasdan ekspropriatsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi.

  4. Valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06).

  5. To’lov balansining holati (0,06).

  6. Biznesning byurokratlashish darajasi (0,04).

  7. Iqtisodiy o’sish sur’ati (0,1).

  8. Valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1).

  9. Shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06).

  10. Mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi xarajatlari (0,08).

  11. Yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02).

  12. Aloqa va transportni tashkil qilish (0,04).

  13. Davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04).

  14. Qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08).

  15. Uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish foydalanish shartlari (0,08).

Mamlakat riskining o’rtacha tortilgan bali quyidagi formula yordamida aniqlanadi (BERI indeks):

bu erda: ki, jitegishli ravishda, i — omilni baholovchi mezonlarning ballardagi qiymati va vaznli koeffitsienti.
Investitsiya muhitiny baholash bo’yicha Umumjahon banki yondashuvi. Umumjahon bankining 2005 yilda chop etilgan “Hamma uchun investitsiya muhitini qanday shakllantirish mumkin” mavzuidagi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi to’g’risidagi yillik hisobotida investitsiya muhitini baholash bo’yicha bank yondashuvining asosiy mazmuni keltirilgan.
Yuqorida ko’rib chiqilgan usullar singari ushbu yondashuvda ham mutaxassislar tomonidan beriladigan ballar yig’indisidan foydalaniladi. Umumjahon banki yondashuviga ko’ra mamlakat investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi:

Ushbu yondashuv investitsion jozibadorlikni ta’minlashning institutsional omillariga alohida e’tibor qaratilganligi bilan ajralib turadi. Jahon banki tomonidan tahlil etiladigan investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar investitsiya riski bilan bog’liq. Ushbu uslubiyotga muvofiq mamlakatning investitsiya imkoniyatlari e’tiborga olinmaydi.
Rossiya iqtisodiy hududlarining investitsiya jozibadorligini baholashda qo’llaniladigan “Ekspert” haftanomasi uslubiyati.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling