1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. EIZni tashkil etish va boshqarishning xorij tajribasi
*Ma’muriy imtiyozlar barcha turdagi zonalar uchun bazaviy hisoblanadi. Hudud chegaralari va faoliyat yuritish tartibiga qarab erkin iqtisodiy zonalar ikki turga bo’linadi: anklav (yopiq) va integratsion. Anklav EIZda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot eksportga chiqarishga yo’naltirilgan bo’lib, maqsadi erkin almashinadigan valyutada daromad olishga qaratilgan bo’ladi. Integratsion zonalar - milliy va jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog’langan bo’lib, erkin faoliyat yuritish tartibiga ega. Xalqaro mehnat taqsimotiga keng jalb qilingan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo’lgan hudud hisoblanadi. 7.3. EIZni tashkil etish va boshqarishning xorij tajribasi EIZlar XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodiyotda eng ko’zga ko’ringan institutsional innovatsiyalardan biri sifatida qayd etilgan. O’tgan asrning 90-yillarida faqat monomilliy eksport ishlab chiqarish hududlarining o’zi 500 dan ortiq edi. O’zining jozibadorligi bilan ajralib turuvchi bu hududlarni tashkil etish tajribasini dunyo mamlakatlari misolida ko’rib chiqish va o’rganish mustaqil respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uchun foydalidir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda EIZlar xalqaro mehnat taqsimotiga keng miqyosda jalb etilgan. Bu xususiyat mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va xarakteriga bog’liq. Chunki bu mamlaktlar iqtisodiyotining integratsiyalashuv darajasi juda yuqori hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda EIZlarning barcha turlari mavjud bo’lib, erkin savdo hududi hamda erkin ilmiy-texnik zonalar nisbatan keng tarqalgan va rivojlangan. AQShda 230 dan ortiq EIH mavjud, ular butun davlat hududini qamrab olgan. Bu hududlarda 320 mingdan ortiq odam ish bilan band.12 2004 yilda EIHlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni 2700 dan ko’proq edi13. Ushbu firmalar eksport qilgan tovarlar qiymati esa, 22 mlrd. dollarga teng hamda ular AQSh fuqarolariga 337039 ishchi o’rinlarini yaratdi14. EIHlarga olib kirilayotgan va qayta ishlanayotgan tovarlarning umumiy qiymati 140 mlrd. dollardan oshiq. EIH xo’jalik faoliyati asosan avtomobil yig’ish bo’yicha ishlab chiqarish va mahalliy yoki xorijiy ashyolar asosida boshqa tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga kengaymoqda. Hozirgi kunda AQShda uch turdagi EIHlar mavjud: tashqi savdo hududi, tadbirkorlik hududi va texnologiyalarni joriy etish hududi (texnopark). Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling