1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Jamg’arishning asosiy funktsiyasi
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital qo’yilmalar
- Investitsiyalar
- Moliyaviy investitsiyalar
Jamg’arishning asosiy funktsiyasi — takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga ko’maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o’sib va o’zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Davlat byudjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati va investitsion siyosat orqali jamg’arish jarayoniga kuchli ta’sir etish dastaklariga ega. Boshqa tarafdan bozor mexanizmlarining cheklangan sohalarda davlatning o’zi jamg’arish jarayonining asosiy sub’ekti sifatida faoliyat ko’rsatishi mumkin. Bu sohalarga ijtimoiy, yangi yuqori texnologiyalar va xarajatlarni qoplash uchun uzoq vaqt talab qilinadigan tarmoqlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Kapital qo’yilmalar - bu asosiy fondlarni qayta tiklash, rivojlantirish va yangilashga yo’naltirilgan moddiy xarajatlardir. Jamg’arma — kapital qo’yilmalar tushunchasidan kengroq bo’lib, u korxonaning asosiy fondi bilan birgalikda aylanma mablag’larni ishlab chiqarish zaxiralarini va noishlab chiqarish fondlari rivojlantirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarni ham o’z ichiga oladi. Moliyaviy jihatdan jamg’arish deganda, qo’shilgan qiymat yoki daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitalini kengaytirishga, yangilashga yo’naltarilishi tushuniladi. Investitsiyalar - bu tushuncha yuqorida keltirilgan tushunchalardan kengroq bo’lib, u pul ko’rinishidagi iqtisodiy resurslardan iborat bo’ladi. Bu resurslar ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini kengaytirish va yangilash, inson kapitalini rivojlantirishga yo’naltiriladi. Investitsiyalarni ikkiga bo’lish mumkin: real investitsiyalar va moliyaviy investitsiyalar. Real investitsiyalar o’zining mohiyatiga ko’ra kapital qo’yilmalar bilan bir xildir. Amaliyotda real investidiyalar va kapital qo’yilmalar ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilashning asosiy shakli sifatida namoyon bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar — bu mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog’liq bo’lgan aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar orqali qo’yilmalar kiritishdir. Kapitalni jamg’arish jarayonida moddiy-texnik baza va ilmiy salohiyat shakllanadi. Kapital qo’yilmalarning hajmi va ichki tuzilishi iqtisodiy o’sish, mehnat unumdorligi va iqtisodiy rivojlanish elementlarining darajasi va rivojlanish sur’atlarini belgilab beradi. Kapital qo’yilmalar va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi bog’liqlik Xarrod-Domarning bir omilli iqtisodiy o’sish modelida aks ettirilgan: GC = S yoki G = S/C, bu erda: G — YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati; S — kapital qo’yilmalarning samaradorlik koeffitsienti (kapital qo’yilmalar hajmi/YaIMning qo’shimcha o’sishi); S — YaIMda jamg’armalar ulushi. Formuladan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’ati jamg’armalar hajmiga to’g’ri proportsional, ishlab chiqarishning kapital sig’imkorligiga esa teskari proportsionaldir. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, iqtisodiy o’sish va jamg’armalar o’rtasida ham kuchli korrelyatsion bog’lanish mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM ishlab chiqarish barqaror o’sishining 2% ga oshishi, YaIMdagi jamg’armalar ulushining 1%ga ko’payishiga olib keladi. XVF mutaxassislarining tadqiqotlariga ko’ra, ushbu nisbat rivojlanayotgan mamlakatlarda 0,5% ni tashkil etadi. Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, yuqori jamg’arish normasiga ega bo’lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar o’zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’lishadi. Masalan, o’tgan o’n yil mobaynida 164 ta mamlakatdan 79 tasi o’rtacha jahon ko’rsatkichidan (22,3%) yuqori jamg’arish normasiga ega bo’lgan va ushbu mamlakatlarda YaIMning o’rtacha yillik qo’shimcha o’sish sur’atlari 3,6% ni tashkil etgan. Ushbu mamlakatlarning 47 tasida jamg’arish normasi 25% dan, 17 tasida esa 30% dan yuqori bo’lgan va ushbu guruh mamlakatlarida iqtisodiy o’sish sur’atlari mutanosib rpnishdi 3,8 va 3,9% ga teng bo’lgan. Qolgan 21 ta mamlakatda jamg’arish normasi 15% dan past bo’lgan va YaIMning qo’shimcha o’sish sur’atlari 1,8% ni tashkil etgan. Ammo tadqiq etilgan mamlakatlar ichida kichik yoki kam rivojlangan mamlakatlar ulushi yuqori. Ushbu guruhga Afrikaning aksariyat mamlakatlari hamda kichik orol mamlakatlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlarning makroiqtisodiy rivojlanish indikatorlariga tashqi omillar (alohida guruh tovarlar narxining kon’yunkturasi, turistik biznesning rivojlanish tendentsiyasi, tabiiy iqlimi sharoitlar va h.k.) jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ushbu omillar ta’sirini yo’qotish maqsadida iqtisodiyoti va tashqi savdosi tarkibiy jihatdan diversifikatsiyalashgan rivojlangan mamlakatlar alohida tahlil etilgan bo’lib, ularning soni 81 tani tashkil etadi. Tahlillar ko’rsatishicha, mazkur yillarda rivojlangan mpmlakatlarda YaIMning o’rtacha o’sish sur’atlari 3,4% ni, jamg’arish normasi esa 22,5% ni tashkil etgan. Jamg’arish normasining o’sishi bilan YaIMning ko’shimcha o’sish sur’ati ham ortib boradi. Jumladan, jamg’arish normasi 25% dan ortiq mamlakatlarda YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati 4,8% ga teng bo’lgani holda, jamg’arish normasi 30% dan ortiq mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich o’rtacha 8,7% ni tashkil etgan. Shuningdek, mehnat unumdorligi ham jamg’arilgan asosiy fondlar hajmi va ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanishga bevosita bog’liq. R.Solou modelining ko’rsatishicha, daromadining sezilarli qismini kapital qo’yilmalarga sarflagan mamlakat mehnatning yuqori darajada kapital bilan qurollanganlik darajasi va natijada yuqori aholi daromadlariga ega bo’ladi. Jamg’arishning muhim xususiyatlaridan biri — mazkur jarayonning ilm-fan va texnika rivoji bilan uzviy bog’liqligida namoyon bo’ladi. Chunki, jamg’arilgan asosiy kapital “inson bilimlarining moddiylashishini” o’zida aks ettiradi. Jamg’armalar va kapital qo’yilmalar dinamikasi oxirgi o’n yilliklarda notekis rivojlangan. Jahonda jamg’armalar darajasi 1950 — 1960 yillarda sekinlik bilan oshib borgan bo’lsa, 70-yillarda energiya krizisi tufayli birdaniga oshgan, 1980 — 1990 yillarda esa sezilarli darajada pasaygan. Valyutaning xarid qobiliyati pariteti asosidagi hisob-kitoblarga ko’ra jahon jamg’arish normasi 1960 — 1972 yillarda — 27%, 1973 — 1980 yillarda - 25%, 1981 - 1990 yillarda - 23,3%, 2000 - 2006 yillarda — 21,5% ga teng bo’lgan. Iqtisodiyot va uning sektorlari bo’yicha kapitalni jamg’arishning makroiqtisodiy salohiyatidan foydalanish masalalari bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Iqtisodiy o’sishning xom ashyoga asoslangan rivojlanish modelidan innovatsion rivojlanish modeliga o’tish zaruriyatini hisobga olsak, ushbu masalalar strategik ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy o’sish va aholi turmush darajasining oshishi jamg’arish hajmi hamda undan asosiy kapitalni jamg’arishda foydalanish bilan bevosita bog’liq. Masalan, Rossiyada jamg’arish normasi darajasi iqtisodiy islohotlarning boshlanish davriga nisbatan ikki baravar pasayib, hozirda 18 — 20% ni tashkil etadi. Xalqaro amaliyotning ko’rsatishicha, iqtisodiyotda modernizatsiyalash va chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish orqali raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratgan mamla-katlar uzoq davr mobaynida yuqori investitsion faollikni namoyish etishgan. Jumladan, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Evropada jamg’arish normasi 1970 yillarga qadar — 25%, Yaponiyada — 30%, Koreya Respublikasida esa bundan ham yuqori ko’rsatkich ushlab turilgan. Sobiq Ittifoqda sanoatlashtirish jarayoni davrida, zamonaviy Xitoyda esa iqtiso-diyotni modernizatsiyalash sharoitida jamg’arish normasi YaIMga nisbatan 40% ga yetgan. Dunyo mamlakatlarida jamg’arish normasi va uning rivojlanish dinamikasi tahlili quyidagi jadvalda ko’rsatilgan (1.3-jadval): Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling