1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


TTXIning tarkibi va rivojlanish dinamikasi


Download 3.09 Mb.
bet24/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

2.3. TTXIning tarkibi va rivojlanish dinamikasi

Jahonning aksariyat mamlakatlari amalda xorijiy investitsiyalarni eksport va import qiluvchilar hisoblanishadi. Chunki, TTXI asosan TMK orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun TTXIning tarkibini xorijiy kapitalni jalb qiluvchi va kapitalni chetga chiqaruvchi mamlakatlarni guruhlagan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir TTXI oqimining yo’nalishlari mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liq holda belgilanadi. TTXIni asosan jalb etuvchi va chiqaruvchi mamlakatlar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar hisoblanishadi va ularning hissasiga TTXI yillik oqimining 80%i to’g’ri keladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siridan keyin, dunyo miqyosida rivojlangan mamlakatlarning TTXIni jalb etish va chetga chiqarishdagi hissasi qisqarib bormoqda. Bu davrda rivojlanayotgan mamlakatlarning TTXIni jalb etishi ham, TTXIni chetga chiqarishi ham sezilarli ravishda o’sib bormoqda.







2.3-rasm. 2017 yilda eng ko’p TTXIni export qilgan 20 ta mamlakat8.

Xalqaro kapitallar harakatidagi jiddiy o’zgarishlar AQShdagi ipoteka inqirozi ta’sirida moliya bozorlaridagi import sharoitlarining yomonlashuvi va inflyatsiya ehtimolining oshishiga olib keldi.


AQSh, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Gong Kong, Germaniya, Frantsiya kabi mamlakatlar xalqaro bozordagi asosiy investorlar bo’lib, TTXI taklifini shakllantiradigan mamlakatlar hisoblanadilar.
Agar TTXIning geografik tarkibini xududlar bo’yicha tahlil etadigan bo’lsak, TTXI ni jalb etish barcha xududlarda o’tgan yilga nisbatan pasayish tendensiyasiga ega.





2.4-rasm. 2016-2017 yillarda TTXI larni jalb etilishining geografik tarkibi9.

Tahlillar ko’rsatishicha, rivojlanayotgan mamlakatlar TTXIni jalb etuvchilar hisoblanishadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlangan mamlakatlar TTXIning katta qismini o’z iqtisodiyotlariga jalb etishgan.


Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Xitoy, o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari ichida esa Rossiya xorijiy investorlar eng jozibali hisoblanadi. Jumladan, BRIK (Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy) mamlakatlari hissasiga TTXI oqimining, 10%i to’g’ri kelgan.
Xitoy va Hindiston mamlakatlari iqtisodiyotining o’sish sur’atlari ko’proq ichki omillarga tayanadi. Tahlillar ko’rsatishicha, YaIMda TTXIning ulushi (valyutaning xarid qobiliyati bo’yicha) Hindistonda 0,3%dan, Xitoyda esa 1%dan oshmaydi. Ikkala mamlakatda ham ichki talabning YaIMning qo’shimcha o’sish sur’atlaridagi hissasi 90% dan kam emas. Shu bilan birga Xitoy hukumatining inqirozga qarshi kurash dasturlarida asosiy e’tibor ichki talabni, ayniqsa, 800 mln. kishi yashovchi qishloqlarda kengaytirishga qaratilgan. Ushbu vazifa ko’chmas mulk, avtomobillar va iste’mol kreditlari bozorini har tomonlama rivojlantirish yordamida hal etilishi rejalashtirilgan.
Hindiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o’sishi xorijiy investorlar ishonchining ortishi va kirib kelayotgan TTXI mikdorining ko’payishiga olib keldi, eksportining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Aholi daromadlarining muntazam o’sib borishi mahsulotlarni sotish bozorlarini izlayotgan investorlar uchun mamlakatning investitsion imkoniyatlarini oshirdi. Jumladan, mamlakatga Walt-Mart, Genera1 Motors, IBM, Toyota, Nissan kabi yirik investorlar kirib keldi.
Braziliya Lotin Amerikasidagi eng yirik TTXIni jalb etuvchi mamlakat hisoblanadi va 2008 yilda 45,1 mlrd. dollar miqdorida TTXI kiritilgan. Rossiya o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari ichida eng yirik TTXIni jalb etuvchi mamlakat sanaladi.
Retsipient-mamlakatlarning umumiy soni muttasil oshib bormoqda. TTXIni jalb qiluvchi mamlakatlar qatoriga Argentina, Chexiya, Vengriya, Malayziya, Meksika, Polsha, Tailand qo’shildi. Mazkur mamlakatlarda iqtisodiy o’sish, sanoat ishlab chiqarish va texnologik taraqqiyot xorijiy kapitaldan unumli foydalanish bilan uzviy bog’liqdir.
TTXIning tarmoq tarkibini o’rganish shuni ko’rsatadiki, XX asrdan boshlab uning tarmoq tarkibi quyidagicha bosqichma bosqich o’zgarib bordi:
Tarkibiy o’zgarishlarning dastlabki bosqichi XX asrning birinchi yarmini o’z ichiga oladi va TTXI asosan tabiiy resurslarni o’zlashtirishga qaratilgan.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling