1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet70/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Asosiy tushunchalar


Xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari — jahon valyuta tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, jahon moliyaviy resurslar bozorini barqarorlashtirish va kapital aylanishini rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) — 1945 yilda tashkil etilgan bo’lib, maqsadi a’zo-mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to’lov balansini tartibga solish va valyuta kursini barqarorlashtirish uchun qarz berish hisoblanadi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) — 1946 yilda tashkil etilgan maqsadi a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital qo’yilmalar berish, xususiy xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish orqali ko’maklashish, to’lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) — 1991 yilda tashkil topgan. ETTB Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o’tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yordam berish maqsadida tuzilgan.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan bo’lib, maqsadi qit’aning rivojlanayotgan mamlakatlariga iqtisodiy rivojlanishda ko’maklashish, hududiy hamkorlikni rag’batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Islom taraqqiyot banki (ITB) — 1975 yilda tashkil topgan bo’lib, maqsadi a’zo-mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo hamda sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
Investitsion nizolarni tartibga solishning xalqaro markazi (ICSID)1966 yilda tashkil etilgan bo’lib, maqsadi xorijiy investorlar va investitsiyalarni jalb etuvchi mamlakatlar o’rtasida yuzaga kelgan xalqaro investitsion nizolarni arbitraj ko’rib chiqish va tartibga solish mexanizmini ta’minlab berishdan iboratdir. Bundan tashqari ushbu markaz xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunchilik aktlari va xalqaro nizolarni arbitraj tartibga solish sohasida tadqiqot ishlarini olib boradi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling