1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning o’sish dinamikasi, foizda


Download 3.09 Mb.
bet90/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

8.1-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning o’sish dinamikasi, foizda

2017 yilning yanvar-dekabrida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 60 719,2 mlrd. so’m (dollar ekvivalentida 11,9 mlrd. AQSh doll.) asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirildi va 2016 yilga nisbatan 107,1 % ni tashkil qildi.


Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning o’zlashtirilishi: tog’ – kon sanoatida 12405,3 mlrd. so’m (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 20,4 %), shu jumladan xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish faoliyat turida 11139,7 mlrd. so’m (18,3 %), ishlab chiqarish sanoatida 8746,8 mlrd. so’m (14,4 %), shu jumladan oziq – ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati turida 1265,4 mlrd. so’m (2,1 %), tekstil mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarish faoliyati turida 1446,4 mlrd. so’m (2,3 %), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati turida 838,9 mlrd. so’m (1,4 %), boshqa nometal nomineral mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyat turida 1102,8 mlrd. so’m (2,8 %), metallurgiya sanoatida 1305,6 mlrd. so’m (2,2 %), elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash faoliyat turida 5262,5 mlrd. so’m, (8,7 %), qurilish faoliyati turida 2472,3 mlrd. so’m (4,1 %), tashish va saqlash faoliyat turida 5298,2 mlrd. so’m (8,7 %), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash faoliyat turida 2850,5 mlrd. so’m (4,7 %), axborot va aloqa faoliyat turida 1891,2 mlrd. so’m (3,1 %), professional, ilmiy va texnik faoliyat turida 781,7 mlrd. so’m (1,3 %), ta’lim sohasida 1188,4 mlrd. so’m (2,0 %), jami faoliyat turlaridan tashqari turar joy qurilishida 10874,5 mlrd. so’m (17,9 %) investitsiya va kreditlar o’zlashtirildi. (8.2-jadval).
8.2-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar




2017 yil yanvar-dekabrida 16309,0 mlrd. so’m yoki 2016 yilga nisbatan 128,3 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.


Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nafaqat xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, balki yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hududiy tarkibida notekislik saqlanib qolmoqda. Investitsiyalarni taqsimlashda qulay joylashuvga ega, infratuzilmasi rivojlangan industrial mintaqalar — Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Navoiy viloyati hamda ustuvor, strategik ahamiyatga ega loyihalar moliyalashtirilayotgan viloyatlar hissasi yuqori bo’lgani holda, qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan viloyatlarining ulushi oz hisoblanadi.
2017 yil yanvar-dekabrida xorijiy investitsiya va kreditlarning o’sish sur’ati yuqori bo’lib, shu yil yanvar-sentyabriga nisbatan 18,2 % punktga ko’paydi, bu albatta, Kandim konlar guruxini ishlab chtiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasining bajarilishi bilan bog’liq hisoblanadi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling