1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-rasm. 2017 yilda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlarning o’zlashtirilishi


Download 3.09 Mb.
bet92/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

8.3-rasm. 2017 yilda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlarning o’zlashtirilishi


Tahlillar ko’rsatishicha, respublika hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb kilishda qator muammolar mavjud:
investitsiya infratuzilmasining etarlicha rivojlanmaganligi — banklar, investitsiya fondlari, sug’urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag’batlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo’lga qo’yish;
tadbirkorlarning biznes-ko’nikmalari, shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari etarli emasligi — hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko’rsatuvchi markazlar tashkil etish va foliyatini rivojlantirish;
investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan talablarga javob bermasligi - tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul idoralar tomonidan amaliy yordam ko’rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish; loyiha tashabbuskorlari moliyaviy-iqtisodiy holatining nochorligi - investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy holatining mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil qilinishi;
mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud to’g’risida to’liq investitsion muhitga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashda faol ishtirok etmayotganligi;
xorijiy investorlarni to’laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil xom ashyo va mehnat salohiyati to’g’risida ma’lumotlar) bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo’yicha “Viloyat investitsiya salohiyati” veb-portalini tashkil etish, investitsiya faoliyatiga oid konferentsiyalar, seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda) o’tkazish.
Ayrim korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishdagi mavjud muammolar:
xom ashyo sotib olishga aylanma mablag’lar etishmasligi korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini o’rganib chiqib, uni moliyaviy sog’lomlashtirish, qarzlarini restrukturizatsiya qilish bo’yicha muvofiqlashtirish ishlarini olib borish orqali 2012 yil eksport istiqbolini bajarishga amaliy yordam ko’rsatish;
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda xom ashyoning etishmasligi (pomidor, o’rik, va b.)
ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish va xom ashyo bazasi bilan bog’liq masalalarni loyiha tashabbuskorlari bilan birga ishlab chiqish;
infratuzilmaga oid muammolar, shu jumladan, korxonalarning elektr energiya, tabiiy gaz, suv va yoqilg’i mahsulotlari bilan ta’minlashda uzilishlar mavjudligi - eksportyor korxonalarni uzluksiz ravishda elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va nazoratga olish;
texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab
chiqarilgan mahsulotning xalqaro standartlarga javob bermas-
ligi va raqobatbardosh emasligi - texnologik asbob-uskunalar garchi zamonaviylashtirish maqsadida xalqaro ko’rgazma-savdolarda ishtirok etishni ta’minlash, tejamkor texnologiyalarni tanlash va ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
korxonalarda marketing xizmatining to’g’ri tashkil qilinmaganligi, tovar ishlab chiqaruvchilarning chet el bozorlari, ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari to’g’risidagi malumotlar bilan ta’minlanmaganligi, korxonalarda marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlar bilimining, malakasining etarli darajada emasligi — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati, marketing va mahsulotlarni sotishga bag’ishlangan o’quv mashg’ulotlari, seminarlar va ko’rgazmalarni tashkil etishni muntazam yo’lga qo’yish lozim.
Iqtisodchi olimlar fikriga ko’ra, xorijiy investorlarni jalb etishga yo’naltirgan xususiylashtirish siyosati to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish hajmini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Tahlillar ko’rsatishicha, xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mamlakatdagi biznes yuritish va investitsiyalar uchun yaratilgan investitsion muhit bilan o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, bozor islohotlarini amalga oshirishda muayyan yutuqlarga erishilgan iqtisodiyotlarda xususiylashtirish siyosati vositasida yirik xorijiy investorlarni jalb etish imkoniyati boshqalarga nisbatan yuqori bo’ladi. Bunday holda milliy iqtisodiyotga mablag’ joylashganligi bilan bog’liq bozor xatarlari darajasi past, deb hisoblanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirish qator bosqichlarda amalga oshirilib, dastlab kichik korxonalar, xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlari xususiy mulkka aylantirildi. Keyinchalik o’rta hajmdagi korxona va ob’ektlarga e’tibor qaratilib, so’nggi yillarda yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda.



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling