1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval O’zbekistonda investitsiyalarning texnologik tarkibi o’zgarishi, jamiga nisbatan foiz hisobida


Download 3.09 Mb.
bet95/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

8.4-jadval
O’zbekistonda investitsiyalarning texnologik tarkibi o’zgarishi, jamiga nisbatan foiz hisobida

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2017 yilda sarflanayotgan investitsiyalarning texnologik tarkibi asosiy kapitalning passiv qismi hisoblangan qurilish-montaj ishlari, binolarni qurish uchun sarflanayotgan xarajatlar ulushi 60 foizlarni tashkil etgan. Shu bilan birga asosiy kapitalga sarflanayotgan investitsiya tarkibida mashina, uskuna, jihozlarga sarflangan xarajatlar ulushi 31 foiz atrofida, boshqa xarajatlarga 8 foiz atrofida sarflangan. Ushbu holat iqtisodiyotga sarflanayotgan investitsiyalarning asosiy fondlarni zamonaviylashtirishga emas, balki qurilish-montaj ishlariga sarflanayotganligidan dalolat beradi.
Demak, mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarining davom ettirilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishda xorijiy investitsiyalarning rolini oshirish zarur.


8.3. Xorijiy investitsiyali korxonalar xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakli sifatida

Bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga o’tishni talab etadi. Bugungi kunda xo’jalik yuritishning aralash mulk shakliga xos bo’lgan xorijiy investitsiyali korxonalar ham keng faoliyat ko’rsatmoqda. Iqtisodiyot sohalarida erishilayotgan ijobiy o’zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni taqozo etadi.


Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy investitsiyali korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator engilliklar, imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilishi investitsiya siyosatining asosini tashkil etib, o’z ijobiy samarasini bermoqda.
Xorijiy investorlar ishtirokidagi manfaatdor tomonlar o’zlariga qarashli bo’lgan resurslardan birgalikda foydalanish uchun ular bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etmoqda. O’zbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda chet el fuqarolari bunday korxonalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin.
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari turli-tuman bo’lib, ularni ichki, tashqi va strategik sabablarga bo’lish mumkin (8.5-jadval).
Investitsion faollik barcha soha va tarmoqlarda jadal sur’atlarda amalga oshirib kelinmoqda. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi yuksak darajada taraqqiy etishning hal qiluvchi omillaridan biri bo’lgan. Ammo yana bir haqiqat mavjudki, chet el investitsiyalarini keragidan ortiq jalb etish ham mamlakatni iqtisodiy va siyosiy qaramlikka olib kelishi mumkin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling