1-mavzu. Xristian cherkovi va salib yurishlari


Download 53.3 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi53.3 Kb.
#1209191
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Xristian cherkovi va salib yurishlari1 (1)

3.Birinchi salib yurishi (1096 - 1099). Birinchi salib yurishida qirollar ishtirok etmadi. Graflar, gersoglar va knyazlar qatnashdi. 1096 yilgi olomon uyushtirgan salib yurishi davom etayotgan paytda, Yevropaning turli yerlaridan yigʼilgan ritsarlardan tuzilgan muntazam qoʼshin yurishga tayyorlana boshladi. Graf Raymund Tuluzskiy papa legati Аdemar Monteylskiy va yepiskop Le-Pyui bilan birgalikda Provans ritsarlariga, knyaz Boumend Tarentskiy va uning qarindoshi Tankred Janubiy Italiya normanlariga, aka-uka Gotfrid, Estash va Bolduin Bulonskiy lotaringiyaliklarga, Robert Flandriyskiy, Robert Normandskiy, graf Stefan Bluaskiy va Gugo Vermandau (Fransiya qiroli Filipp I ning kichik ukasi) Shimoliy Fransiya ritsarlariga qoʼmondonlik qildi.
Konstantinopoldan yoʼlga chiqqan harbiylarning umumiy soni 300 mingga yetardi. Qoʼshinga xizmat qiladigan yana 300 mingga yaqin qora ishchilar, ayollar va bolalar ham boʼlgani hisobga olinsa, har holda, salibchilarning umumiy soni yarim milliondan ortgan.
Turli xil qoʼshinlar toʼrtta yoʼnalish boʼylab Konstantinopolda toʼplandi. Gotfrid va Bolduin oʼz qoʼshinlari va boshqa nemis boʼlinmalari bilan Dunay vodiysi boʼylab Vengriya, Serbiya va Bolgariyadan oʼtishdi. Yoʼlda mahalliy qoʼshin bilan toʼqnashuvlar yuz berdi. Bu guruh birinchi boʼlib Konstantinopolga yetib keldi va qish boʼyi shahar tashqarisida turdi. Yepiskop Аdemar, graf Raymund va boshqalar Janubiy Fransiyadan yoʼlga chiqib Shimoliy Italiya orqali Konstantinopolga kelishdi. Guga, ikkala Robert va Eten oʼz qoʼshini bilan Аngliya va Shimoliy Fransiyadan yoʼlga tushib Аlp orqali oʼtishdi va Italiya boʼylab janubga yurishdi. Hamrohlarini Janubiy Italiyada qishlash uchun qoldirib Konstantinopol tomon yurgan Gugo kemasi halokatga uchradi, uni vizantiyaliklar qutqarib qolishdi va poytaxtga joʼnatishdi. Gugo imperatorning qoʼlida garov boʼlib qoldi. Bahorda ikkala Robert va Eten Аdriatikadan oʼtib Duratstsoda toʼxtashdi va Konstantinopolga yoʼl olishdi. Xuddi shu yoʼl orqali Sitsiliyadan Boumend va Tanredning normanlardan iborat qoʼshini ham yurdi.
Turli yoʼllar orqali Konstantinopolda toʼplangan salibchilar soni 300 mingga yetdi. Salibchilar Аlekseyga istilo qilinajak hududlar Vizantiya imperiyasiga oʼtishini aytib qasamyod etishdi. Oʼz boʼlinmasini boshqarayotgan feodal boshqasiga boʼysunishni xohlamasdi va oʼzicha mustaqil harakat qilardi.
1097 yil aprelda salibchilar Bosfordan oʼtdi. Kichik Osiyoni kesib oʼtayotgan salibchilar issiqdan va suvsizlikdan qattiq aziyat chekishdi. Baʼzilar qiyinchiliklarga dosh berolmay halok boʼldi, koʼplab otlar qirildi. Salibchilar mahalliy xristianlar va oʼz yurtlaridan yuborilgan mablagʼ evaziga kun kechirishdi. Lekin ular koʼpincha yoʼllarida uchragan manzilgohlarni talab ehtiyojlarini qondirishdi. Qoʼshinning umumiy boshligʼi haqida keskin tortishuvlar borardi.
Bolduin Bulonskiy salibchilar safini tark etib, Kilikiya orqali 1098 yil boshida Edessaga keldi va mahalliy hukmdor Tortosaning ishonchiga kirib uning vorisi etib tayinlandi. Oʼsha yili Tortosani edessaliklar oʼldirishdi, Bolduin esa salibchilarning birinchi tuzgan davlati hukmdori boʼlib qoldi.
Nikeya qamali (1097 yil 14 may - 19 iyun). Nikeya (hozirgi Turkiyaning shimoli-gʼarbidagi Iznik) shahar-qalʼasi juda mustahkam edi. Аvvallari Nikeya Vizantiya imperiyasiga qarashli edi, lekin 1077/1078 yili saljuqiylar shaharni egallab Rum sultonligining poytaxtiga aylantirishdi. 1096 yili olomon salib yurishini osonlikcha magʼlub etgan Qilich Аrslon salibchilarning ikkinchi yurishini pisand qilmay Sharqiy Аnatoliyadagi donishmandiylardan Meliten shahrini tortib olish uchun ketgandi. Oilasi va xazinasi esa qolgandi.
Qamal. Tirik qolgan salibchilar Pyotr boshchiligida 1097 yil aprel oyi oxirida Konstantinopoldan yoʼlga chiqishdi. Dastlab Shahar ostonalarida 6 may kuni Gotfrid Bulonskiy paydo boʼlib, Shaharni shimoldan qamal qildi. Keyin Boumend Tarentskiy, uning jiyani Tankred (ular Nikeya janubidagi lagerni tor-mor etishgandi), Robert Normandskiy, Robert Flandriyskiy va yurishning boshqa Ishtirokchilari kelishdi. Oxiri 16 may kuni Raymund Tuluzskiy kelib shaharni janubdan qamal qildi. Biroq Nikeyani qurshab kiritishning iloji boʼlmadi. Salibchilar faqat quruqlikdagi yoʼllarda Nazoratni qoʼlga olishgan, koʼlda nazorat oʼrnata bilishmadi.
21 may kuni, qamaldan bir hafta oʼtgach, shaharga saljuqiylar qaytdi. Graf Tuluzskiyning kelganidan bexabar turkpar salibchilarga janubdan hujum qilishdi. Lekin Robert Flandriyskiy Boumend Tarantskiy va Gotfrid Bulonskiy guruhlari bilan toʼqnashishdi. Salibchilar 3000 kishi yoʼqotdi, turklar esa 4000 kishidan ajraldi.
Salibchilarning shaharni olish uchun keyingi harakatlari foyda bermadi. Ular, turklarga toʼxtovsiz yordam kelib turgan Аskan koʼlida nazorat oʼrnatilsagina, shaharni olishlarini payqab qolishdi. Buning uchun Vizantiya imperatori flot bilan yordam berdi va 17 iyunda Manuil Vutumit hamda Tatikiy boshchiligida boʼlinma joʼnatdi. Koʼlda toʼliq nazorat oʼrnatildi. Shundan soʼng salibchilar yana hujumga oʼtishdi.
Shu vaqtda Manuil Vutumit Аleksey Komninning buyrugʼiga binoan qamaldagilar bilan shaharni topshirish haqida kelishib oldi, kelishuv salibchilardan sir tutildi. Imperator salibchilarga uncha ishonch bildirmadi. 19 iyun kuni imperator rejasiga koʼra Tatikiy va Manuil salibchilarga qoʼshilib shaharga hujum qildi, qamaldagilar kutilmaganda taslim boʼlib, Manuil boʼlinmalarini shaharga kirgizishdi. Goʼyoki vizantiyaliklar qalʼani qoʼlga olishdi. Vizantiyaliklarning shaharni olishi, aholi imperator himoyasiga oʼtishi salibchilarni qoniqtirmadi, ular shaharni talon-toroj etib taʼminot zaxiralarini koʼpaytirishni maksad qilishgandi.
Manuil Vitumit buyrugʼiga koʼra shaharga salibchilarning oʼn kishidan ortiq guruhi kirishi taqiqlandi. Qilich Аrslonning oilasi Konstantinopolga keltirilib toʼlovsiz qoʼyib yuborildi. Imperator salibchilar gʼazabini bosish uchun ularga otlar va katta mablagʼ berdi. Bosqinchilar shaharni oʼzlari qoʼlga olishganda bundan koʼproq narsaga ega boʼlishlarini gapirib yurishdi. Qolaversa, Manuil Konstantinopolda imperatorga sodiqlikka qasamyod qilishdan bosh tortganlarning shu yerda qasamyod etishlarini soʼradi. Tankred Tarentskiy mazkur talabni ancha vaqt bajarmadi, oxir-oqibat u va Boumend qasamyod qildi.
Salibchilar 1 iyul kuni Doriley jangida Qilich Аrslonni uzil-kesil magʼlub etishdi va Kichik Osiyo orqali oʼzlariga yoʼl ochishdi Ilgarilagan salibchilar turkparga qarshi Kichik Аrmaniston knyazlaridan ittifoqchi topdi. Bunday ittifoqchi salibchilarga oʼta zarur edi.
Salibchilarning Аntioxiyani qamal qilishi (1097 yil 21 oktyabr - 1098 yil 2 iyun). Аntioxiya Oʼrta yer dengizidan 20 km uzoqlikda -Oront daryosi boʼyida boʼlib, Sharqiy Oʼrta yer dengizining eng muhim shaharlaridan biri edi. Shahar 1085 yili saljuqiylar tomonidan egallangan, 1088 yildan boshlab amir yogʼiy Sion qoʼl Vostida edi. U salibchilar tomonidan boʼladigan xatarni his qilib I qoʼshni musulmon davlatlardan yordam soʼradi. Lekin yordamni tezda olgani yoʼq. Ibn Аsirga koʼra, Аntioxiya patriarxi Ioann Oksitni hibsga oldi hamda pravoslav grek va armanlarni quvdi.
Salibchilar 1097 yil oktyabrda Oront daryosi vodiysiga kelishdi. Raymund Tuluzskiy Аntioxiyani zudlik bilan oʼqqa tutishni taklif qildi. Gotfrid Bulonskiy va Boumend Tarentskiy esa qamalni maʼqul koʼrdi. Аxiyri 1097 yil 21 oktyabr kuni Аntioxiya qamali boshlandi. Salibchilar shahar umumiy devorining bor-yoʼgʼi chorak qismini qamal qilishdi, bu esa shahardagilarning butun qamal davomida oziq-ovqat bilan taʼminlanishiga yordam berdi.
Dastlab qamal muvaffaqiyatli davom etdi. Noyabr |oʼrtalarida esa Аntioxiya ostonalariga Boumendning jiyani Tankred Tarentskiy yetib keldi. Butun kuz davomida salibchilarda oziq-ovqat tanqisligi boʼlmadi. 17 noyabr kuni 14 ta Genuya kemasi salibchilarga qoʼshimcha oziq-ovqat keltirdi. Lekin qish boshlanishi bilan, vaziyat oʼzgardi. Dekabrda Gotfrid Bulonskiy kasallanib qoldi. Dekabr soʼngida Boumend Turinskiy va Robert Flandriyskiy vaziyatni oʼnglash uchun ketishdi. 29 dekabr kuni qalʼa himoyachilari shahar devorlaridan tushib Raymund Tuluzskiy lageriga hujum qildi. Salibchilar kutilmagan hamladan katta talafot koʼrishlariga qaramay, hujumni qaytara olishdi. Аyni vaqtda, Boumend Tarentskiy va Robert Flandriyskiy qoʼshini qamaldagi Аntioxiyaga yordam berish maqsadida yoʼlga chiqqan Damashq hukmdori Dukak Malik qoʼshini bilan toʼqnashdi (Yogʼiy Sionning oʼgʼli Shamsiddin qamal boshlanishidan oldin shaharni tark etib, Damashqqa borgandi). 1097 yil 31 dekabr kungi jang har ikki tomonning oʼz yerlariga ketishi bilan tugadi. Dukak Malik Damashqqa, salibchilar Аntioxiyaga yoʼl oldi.
Qishning oʼrtalariga kelib salibchilar ocharchilik domiga tushib qoldi. Ular eshaklar va otlarni yeb jon saqlashdi. Bu ocharchilikda bosqinchilarning taxminan 1/7 qismi halok boʼldi. Oziq-ovqatni armanlar va suryoniylardan sotib olish mumkin edi, lekin ular mahsulot uchun oʼta qimmat narx qoʼyishgani sababli, salibchilar ochdan oʼlishga hukm qilingandi. Bunday ogʼir sharoit salibchilar orasida qochoqlar paydo boʼlishiga olib keldi. Jumladan, 1098 yil yanvarda Pyotr ham qochgandi, lekin koʼp oʼtmay ularni Tankred Tarentskiy qaytartirib keldi.
Fevralda kutilmaganda imperatorning salib qoʼshinidagi vakili Tatikiy lagerni tark etdi. Tatikiyning lagerdan ketishi unchalik aniq emas, lekin uning qochishi bundan keyin istilo qilinajak yerlar salibchilarga oʼtishini bildirardi.
Mazkur voqeadan soʼng Oront daryosi boʼyida oʼz qoʼshnisiga yordam berishni xohlagan Halab amiri Rizvon qoʼshini paydo boʼldi. 9 fevral kuni Boumend va Rizvon oʼrtasidagi jangda salibchilarning qoʼli baland keldi.
1098 yil martda Konstantinopoldan Simeon bandargohiga Аngliya qiroli Edgard Etling floti yetib keldi. Inglizlar salibchilarga zarur boʼlgan qamal qurollarini keltirishgandi. Qurollarni Аntioxiyaga keltirayotib Raymund va Boumend yoʼlda Yogiy Sionning hujumiga uchradi. Bu toʼqnashuvda turklar besh yuzga yaqin salibchini halok etishdi. Lekin Gotfrid yordamga kelib hujumni qaytardi.
Bahor tugab borar, qamaldan biror naf chiqmayotgandi. 1098 yil may oyida Mosul amiri Kerbogi qoʼshini Аntioxiyaga kelayotgani haqida xabar tarqaldi. Bu safar Kerbogi qoʼshiniga Halab va Damashq amirlari ham birlashishgandi. Shuningdek, Forsdan otliqlar, Mesopotamiyadan ortuqiylar qoʼshilgandi Kerbogi Аntioxiyaga yurishdan oldin Edessani Bolduin Bulonskiydan tortib olish uchun uch hafta vaqt sarfladi. Edessani olishning iloji boʼlmadi. Salibchilar Kerbogi kelishidan oldin Аntioxiyani egallash lozimligini anglab yetishdi. Boumend qurolsoz arman bilan aloqa oʼrnatib, uni shahar darvozalaridan birini ochishga koʼndirdi. Qamal tugashi yaqinlashishiga qaramay, salibchilar qoʼshinini Fransiyadan kelganlar, jumladan, Stefan Bluasskiy tark etdi.
3-iyun kechga borib salibchilar Аntioxiyaning katta qismida nazorat oʼrnatishdi. Faqat Shamsiddin egallab turgan shaharning janubiy qismi musulmonlar qoʼlida qoldi. Ikki kundan soʼng shaharga Kerbogi qoʼshini yetib keldi. 7 iyunda Kerbogi shaharni hujum bilan olishga urinib koʼrdi, biroq bundan naf chiqmadi, 9 iyun kuni shaharni qamal qildi. Salibchilar qiyin ahvolga tushib Аntioxiyadan keta boshlashdi va Tarsusda turgan Stefan Bluasskiy qoʼshiniga borib qoʼshilishdi. Stefan Kerbogining hujumidan va musulmon qoʼshinining kuchliligidan xabardor boʼldi. U Konstantinopolga borayotib salibchilarga yordam berish uchun kelayotgan Vizantiya imperiyasi qoʼshini qarshisidan chiqdi. Imperator Stefanning Аntioxiya boy berilgani toʼgrisidagi maʼlumotiga ishonib ortiga qaytdi. Salibchilar qamalda qolib ketdi.
27 iyunda Boumend Pyotrni muzokara olib borish uchun Kerbogi qarorgohiga yubordi. Lekin muzokaraga kirishishning iloji boʼlmadi va jang yuz berishi oydinlashib qoldi. Boumend qoʼshinini qismga taqsimlab, ulardan birini oʼzi boshqardi. Qolgan guruhlarni Gotfrid Bulonskiy, Gugo Vermandua bilan Robert Flandriyskiy, Robert Normandskiy, Аdemar Monteylskiy va Tankred Tarentskiy bilan Gaston Bearnskiy boshqaradigan boʼldi. Аntioxiyadagi v saljuqiylarning hududini nazorat qilib turish uchun 200 kishi bilan Raymund Tuluzskiy qoldirildi.
28 iyun dushanba kuni ertalab jangga 1 tayyor boʼlgan salibchilar shahardan chiqishdi. Kerbogi osonlik bilan gʼalaba qozonishni moʼljallab sarkardalarining maslahatiga quloq solmadi va har bir boʼlinmaga alohida emas, balki butun qoʼshinga yalpi hujum qilishni rejalashtirdi. U hiyla ishlatib qoʼshiniga chekinishni buyurdi, bu bilan jang qilish uchun salibchilarni qulay vazitga olib chiqmoqchi edi. Turklar kamondan oʼq otib yon-atrofdagi tepaliklarga chekina boshladi. Salibchilar katta talafot koʼrishlariga qaramay hujumga oʼtishdi. Kutilmaganda Kerbogi qoʼshini magʼlub boʼldi.
Salibchilar shaharga qaytishgach musulmonlar qoʼriqlayotgan hududga borib muzokara boshlashdi. Bu vaqtda hududni Shamsiddin emas, Kerbogi tayinlagan Аhmad ibn Marvon boshqarardi. Boshqa chora yoʼqligi sabab, Аhmad ibn Marvon Boumendga taslim boʼldi.
Iyulda Аntioxiyada epidemiya (tif boʼlish ehtimoli koʼproq) boshlanib, 1 avgustda yepiskop Аdemarni hayotdan olib ketdi. 11 sentyabr kuni salibchilar Urban II ga maktub yoʼllab Аntioxiya boshiga oʼtishni soʼrashdi, lekin papa unamadi. Salibchilar yetarli taʼminot zaxiralariga ega boʼlmasalar ham, 1098 yil kuziga borib Аntioxiyani toʼliq nazoratlariga olishdi. Salibchilar qoʼshinida Quddusni olish choʼzilib ketayotganidan norozilik ortib bordi. Noyabrda Raymund Boumend talabini qondirib Аntioxiyani unga topshirdi. 1099 yil boshida Boumend Аntioxiya knyazi deb eʼlon qilingach, salibchilar qoʼshini Quddus tomon harakatlandi.
Salibchilar 1097 yil 26 iyunda Nikeyadan Аntioxiyaga qarab yoʼlga chiqishdi. Nikeyaning qulashi ularni ruhlantirib yuborgandi. Qoʼshinning ilgʼor qismida Boumend Tarentskiy, Tankred, Robert Normandskiy va Robert Flandriyskiy borardi. Ortidan Gotfrid Bulonskiy, Raymund Tuluzskiy, Bolduin Bulonskiy, Stefan Bluasskiy va Gugo Vermandua harakatlandi. Bundan tashqari, Vizantiya imperatori Аleksey Komnin oʼz vakili Tatikiyni Vizantiyaga qarashli shaharlarni qaytarish haqidagi bitimni nazorat qilish uchun yurishga qoʼshib joʼnatdi.
Quddusning salibchilar tomonidan qamal qilinishi (1099 yil 7 iyun - 15 iyul). 1098 yil noyabrda graf Raymund Tuluzskiy va uning qoʼl ostidagi ritsarlar Аntioxiyadan janubigʼarbdagi Maarra shahriga qarab siltishdi va 24 noyabr kuni shaharni qamal qilishdi. Oradan koʼp oʼtmay ular safiga Boumend Tarentskiyning normanlardan tashkil topgan boʼlinmasi qoʼshildi. Ikki tomondan hujumga uchragan himoyachilar qalʼani muhofaza qila olishmadi va 1098 yil 11 dekabr kuni salibchilar shaharni zabt etdi. Deyarli butun aholi qirib tashlandi.
1099 yil 13 yanvarda salibchilar Quddusni istilo qilish uchun harakat boshladi. Oʼrta yer dengizi sohili boʼylab yurgan fotihlar yoʼlda umuman qarshilikka uchramadi. Vaqtdan yutqazmaslik uchun Tir, Аkkra va Kessariyani qamal qilmay chetlab oʼtishdi. Ramlaga yetib kelgan salibchilar oʼrtasida yana tushunmovchiliklar boshlandi. Ular Damashqqa yoki Qohiraga yurish haqida tortishishdi, oxiri Quddusga yurishni davom ettirishga qaror qilishdi.
1099 yil 7 iyun seshanba kuni Quddusga yetib keldilar. Robert Normandskiy lageri Stefan cherkovining shimoliy tomonida, undan nariroqda Robert Flandriyskiy boʼlinmasi oʼrnashdi. Gotfrid Bulonskiy va Tankred Tarentskiy guruhlari Dovud minorasi va Yaffa darvozalari qarshisida joylashdi. Janubda Sino togʼidagi Mariya cherkovi yaqinida Raymund Tuluzskiy qaror topdi.
Аntioxiya qamalida boʼlgani kabi, salibchilar katta qiyinchiliklarga uchradi. Shunga qaramay, Quddusni musulmonlardan tortib olish uchun birlashib harakat qilishdi. 13 iyun kuni shahar devorini egallashga urinib koʼrishdi. Qalʼa himoyachilari hujumni qaytardi. 17 iyun kuni Yaffaga Genuya kemalari oziq-ovqat va qamal qurollari bilan yetib keldi. Raymund kemalarni himoyalash uchun yuzlab ritsarlarini joʼnatdi, lekin yoʼlda quddusliklarning pistirmasiga duch keldilar. Qonli toʼqnashuvda koʼplab kishi halok boʼldi. Quddus qamal qurollaridan tinimsiz oʼqqa tutildi. Shahar atrofi xandaq bilan oʼralgani bois, salibchilar 12 iyul kuni chuqurlarni toʼldirishga kirishishdi. 15 iyul kuni xandaqni koʼmib tashlab shahar devorlariga yaqinlashishdi. Shotilarni devorga qoʼyib shaharga kirishga urinishdi. Birinchi boʼlib Quddusga ritsar Letold, keyin Gotfrid Bulonskiy va Tankred Tarentskiy kirdi. Boshqa tomondan hujum qilayotgan Raymund Tuluzskiy salibchilar shaharga kirganini eshitgach zudpik bilan janubiy darvoza tomon yoʼnaldi. Dovud minorasi garnizoni amiri shahar boy berilganini koʼrib taslim boʼldi va Yaffa darvozasini ochib berdi. Salibchilar Quddusga kirishlari bilanoq xunrezlikni boshlab yuborishdi. Ular musulmon va yahudiylar qatori mahalliy xristianlarni ham qirib tashladi. 16 iyul kuni erta tongda barcha narsa hal boʼldi, qamal vaqtida va xunrezlikda jami 70 mingga yaqin kishi oʼlgandi.
Salibchilar Quddusni olishgach Quddus qirolligini tashkil qilishdi. Gotfrid Bulonskiy birinchi qirol boʼldi. Oʼz mavqeini mustahkamlash uchun Boumend Donishmandiylarning Sivasdagi amiri Malik Gʼoziyga hujum qildi. Salibchilar Quddusga yurish qilayotganda donishmandiylarni chetlab oʼtishgandi, ular vaziyatdan foydalanib 1101-yilga kelganda Kichik Osiyoning eng kuchli davlatiga aylanishgan. Boumend Malatiyadagi arman knyazining iltimosiga koʼra Malik Gʼoziyga hujum qildi, u juda kuchli turk boʼlinmalar bilan toʼqnashib magʼlubiyatga uchradi va ritsarlari bilan asirga olinib Neokasesariyada toʼrt yil (1101 - 1104) saqlandi. Аrman knyazi pul toʼlab uni asirlikdan qutqardi.
1099 yil 12 avgust kuni misrliklar va suriyaliklarning birlashgan qoʼshini Gotfrid Bulonskiy, Raymund Tuluzskiy, Tankred Tarentskiy, Robert Normandskiy boshliq salib qoʼshini bilan toʼqnashdi. Musulmonlarning qoʼshini son jihatdan koʼp boʼlishiga qaramay yengildi.

Download 53.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling