1-mavzu. Xristian cherkovi va salib yurishlari
Download 53.3 Kb.
|
1-mavzu. Xristian cherkovi va salib yurishlari1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- 1. Xristianlik cherkovining qudrati
1-mavzu. Xristian cherkovi va salib yurishlari Reja 1. Xristianlik cherkovining qudrati. 2. Salib yurishlarining boshlanish sabablari. 3. Birinchi salib yurishi (1096 - 1099). 4. Salibchilar barpo qilgan davlatlar. 5. Diniy-ritsarlik ordenlari. 6. Keyingi salib yurishlari. Tayanch so’zlar: salib yurishlari, majusiylar, salibchilar, Quddus qirolligi, diniy ritsarlik ordenlari. Asosiy adabiyotlar 1. O’rta asrlar tarixi. V.P.Semenov. –T., “O’qituvchi”. 1973. 2. Kurbangaliyeva R.R. O'rta asrlar tarixi. O'quv metodik qo'llanma. –T., Uchpedgiz. 1991. 3. Salimov T. O'rta asrlar tarixi. –Toshkent, 2006. 4. Заборов М.A. Папство и крестовые походы. М., 1960. 5. Заборов М.A. Крестоносцы на Востоке. М., 1980. 6. Донини Л. У истоках христианство. М., 1979. 7. Карсавин Л.П. Моношество в средние века. М., 1992. 8. Лазинский С.Г. История папства. М., 1986. 9. История средних веков Под ред. З.В.Удалцовой и С.П.Карпова. 1-2 ч. М., Высшая школа. 1991. 10. История средних веков. Под ред. С.П.Карпова. част ИИ М. МГУ. 2001. 1. Xristianlik cherkovining qudrati. Xristianlikning boshidan to IX asrgacha butun dunyo bo'ylab yagona xristian cherkovi bor edi. Xristianlik tarixining dastlabki olti asrida xristian diniga ko'plab tahdidlarga dosh berishga imkon beradigan muhim yutuqlarga erishildi. V asr boshlarida Irlandiya, VI-VII asrlarda Britaniyaga bostirib kirgan anglilar va sakslar VII-VIII asrlarda Niderlandiya va Reyn vodiysi hududining ko'p qismi xristianlikni qabul qiladi. X asr oxirigacha Skandinaviya xalqlari, Markaziy Yevropa slavyanlari, bolgarlar, Kiev Rusi, keyinroq vengerlarning nasroniylashuvi boshlandi. X asrga kelib xristian cherkovida ajralish kuzatila boshlandi. Imperator hokimiyatiga qat'iy bo'ysungan pravoslav (Vizantiya) cherkovidan farqli o'laroq, o'rta asrlarda katolik cherkovi ko'pincha, ayniqsa G'arbiy Yevropaning siyosiy hayotida muhim rol o'ynagan. Ilk o'rta asrlardayoq katolik cherkovi eng yirik feodallardan biriga aylandi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, u G'arbiy Yevropadagi barcha ekin maydonlarining uchdan bir qismiga egalik qilgan. G’arbiy cherkovga papa boshchilik qilib, u hech qanday qirolga bo’ysunmagan. Sharqiy va G’arbiy cherkov o’rtasidagi kurashlar oqibatda 1054 yilgi bo’linishga olib kelgan. O’rta asrlar davrida cherkov eng boy tashkilotga aylandi. Uning boylik manbalari quyidagilar edi: Ushr - aholidan cherkov va ruhoniylarni saqlash uchun olinadigan maxsus soliq bo’lib, daromadning o’ndan birini tashkil qilgan. Indulgensiyalarni sotish - (lotin tilidan "rahm-shafqat") Rim papasi tomonidan yirik pulga sotilgan gunohlarni kechirish xatlari. U cherkovga katta daromad keltirgan. Cherkov marosimlari uchun to‘lov – cho’qintirish, nikoh, dafn marosimlari va boshqalar. Ixtiyoriy xayriyalar – boy kishilar tomonidan cherkovga berilgan pul va mol-mulk hadyalari yoki mol-mulk vasiyatlari. Monastirlarga tegishli yerlardan olingan daromad. Cherkov Yevropadagi barcha ekin maydonlarining uchdan biriga egalik qilgan. Shuningdek, ruhoniylarning ayrimlari yer yoki mol-mulk xavfsizligini ta'minlash, qarzga oziq-ovqat berish orqali sudxo'rlik bilan shug'ullana boshladilar. Biroq, cherkov rasman sudxo'rlikni qoralagan. Cherkovning boylik to’plashiga qarshi chiqqan kishilar yeretiklar – dahriylar deb atalgan. Ularga qarshi kurashish uchun inkvizitsiya sudi joriy etilgan. Uning so’rog’iga tortilgan kishilar oxir-oqibat o’tda kuydirilar edi. Download 53.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling