1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 210.5 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2020
Hajmi210.5 Kb.
#166421
1   2   3
Bog'liq
1-topsh


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Н181опска chronologie / Marie В1а^о^а. - Praha : Libri, 2001. - 948 s.

  2. Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.

  3. Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.

  4. Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75-80.

  5. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: Voris, 2013.

  6. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.

7.Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.

8. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.

2- mavzu. Yil va davrlarni aniqlash.

Reja

1.Vaqtning boshlang‘ich o‘lchov birliklari.

Vaqt oʻlchov birliklari - vaqtni belgilashda qoʻllaniladigan birliklar — asr, yil, oy, kecha-kunduz (sutka), soat, daqiqa, sekund (lahza), shuningdek vaqtning 12 yillik davr — muchal yil hisobi; 60 yillik davr va b. oʻlchov birliklari (yana q. Shamsiya. Qamariya, Hijriy yil hisobi).

Shamsiya (arabcha quyosh yili)— Quyoshning Yer atrofida yillik koʻrinma aylanish davritropik yil. Ushbu yil Quyosh kalendarini tuzishda asos qilib olinadi va ular shamsiy (yoki kuyosh) kalendari deyiladi

Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.

Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Q. qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Q. sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Q. sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng . Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg . Q. oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Q.ning spektral sinfi S2U.

Q. Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan . Q. Galaktika markazi atro-fida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nis-batan Q. sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Q.ning yoshi 5T09yil.

Q. optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Q.ning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.

1611 yilda G.Galiley teleskop yordamida Q.ni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G.Shvabe esa 1843 yilda Q. oʻzgarishining soni yoki Q. faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814 yilda Y.Fra-ungofer Q. spektrida yutilish chiziqlarini, 1859 yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Q.ning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Q.ning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913 yilda amerikalik astronom J.Xeyl Q. dogʻlari Q. sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Q. sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi (qarang Quyosh magnetizmi). 1940 yillar boshida Q. radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942 yilda shved olimi B.Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Q. tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. 20-asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Q.ning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pul-kovo va boshqa rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston FA [[Astronomiya in-tida ham Q.ni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda (qarang [[Astronomiya).Q. oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Q. ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng . Q.ning toʻla nurlanishi Q. zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Q.dan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Q.ning yorugʻlik kuchi 2,84-1027shamni tashkil qiladi.
2.“Kun”, “hafta”, “oy” va “yil” tushunchalari.

Yil — vaqt oʻlchov birligi: Yerning Quyosh atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadigan vaqtga yaqin. Uning davomiyligiga olimlar qadimdan qiziqqanlar. Qad. Xitoy va Misrda Yil ancha aniq hisoblangan. Yunon olimi Gipparx mil. av. 2-asrda Yil "1/300 kuni kam 365 1/4 kun" ekanligini aniqlagan. Bu esa hozirgidan farq qiladi (qarang Kabisa yil). Hoz. vaqtda turli Yil tushunchalari qoʻllaniladi. Mac, Quyoshning koʻrinma harakatida uning yulduzlarga nisbatan ketma-ket 2 marta bir xil vaziyatni egallashi orasida oʻtgan davr yulduz Y.i (siderik Y.) deyiladi; uning davomiyligi 365,256360 oʻrtacha sutkaga teng . Quyoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket 2 marta oʻtishi orasidagi davr tropik Yil deyiladi, u 365,242196 oʻrtacha sutkaga teng . Bundan tashqari, anomalistik Yil — Quyoshning perigeliydan ketma-ket 2 marta oʻtish orasidagi davr (365,259641 oʻrtacha sutka), ajdar Yil — Quyoshning Oy orbitasi tugunlarining biridan (koʻtariluvchi yoki pasayuvchi) ketma-ket ikki marta oʻtishi orasidagi davr (346,620047 oʻrtacha sutka) va boshqa Yil hisoblari mavjud. Shuningdek, Yilning fasl, oylarga boʻlinishi va davomiyligiga qarab hijriy- qamariy, hijriy-shamsiy Y. hisoblari va h.k. mavjud 

Oy — kalendarlarda foydalaniladigan vaqt oʻlchov birligi hisoblanib, u Oy tabiiy yoʻldoshining Yer sayyorasi atrofida aylanish davriga teng. Bir yil — Grigoriy taqvimida 12 oydan iborat.

Oy (vaqt) — Oyning Yer atrofida bir marta aylanishi davriga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi. Quyidagi turlari farq qilinadi: 1) sinodik O. — Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasidagi (O. kalendariga asos qilib olingan) vaqt, 29 kun 12 soat 44 min. 2,28 sek.; 2) siderik O. — Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati ora-sida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 11,51 sek.; 3) tropik O. — Oyning bir xil astronomik uzunlamalardan utishi orasida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 4,68 sek.; 4) anomalistik O. — Oyning perigeydan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 13 soat 18 min 33,16 sek; 5) ajdar O. — Oyning koʻtarilish tugunidan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 5 soat 5 min. 35,81 sek. Grigoriy kalendarika bir yil 12 oyga boʻlinadi; bunda O.lar 28 (29), 30, 31 kundan iborat boʻladi. Quyosh kalendaridagi kalendar O. Oy fazalariga bogʻliq boʻlmaydi.  O. uzunligi ham 28—31 kunga teng boʻladi

Hafta (fors.-toj.) — vaqt oʻlchov birligi. Yetti sutka (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba) dan iborat. H. deyarli barcha xalqlarda qadimdan mavjud. Yetti kunlik H. dastlab Sharkda qoʻllangan, milodiy 1-asrdan Rimda ishlatilgan. Qadimda xalqlar nazarida 7 raqami gʻayri tabiiy "muqaddas" son hisoblangan. Astronomik jihatdan esa H. oy fazalariga qarab belgilangan. Mas, qadimgi bobilliklar.oy fazasining taxminan 29,5 kunda oʻzgarib turishini aniqlaganlaridan soʻng oy deb atalgan vaqt oʻlchovi birligi boʻlganligi uchun 1 oyning har biri 7 kunga teng cho-rakka boʻlingan. Baʼzi xalqlarda besh kunlik va oʻn kunlikdan iborat H. boʻlinishlari boʻlgan; mas, oʻn kunlik H. (dekada) qadimgi misrliklarda, keyinchalik fransuz burjua inqilobi kalendarida mavjud boʻlgan 

Kun — Yerning Quyoshga nisbatan toʻla aylanish davri; bir kecha-kunduzga teng boʻlgan vaqtsutka. Davomiyligi 24 soat bilan oʻlchanadi. Bu vaqt ikki xil — haqiqiy Quyosh sutkasi (HQS) va oʻrtacha Quyosh sutkasi (OʻQS) deyiluvchi oʻlchovlarga ega. HQS ikkita ketma-ket keladigan haqiqiy tush (yoki haqiqiy yarim kecha) vaqtlari orasidagi vaqt bilan oʻlchanadi. HQS, Quyosh yillik koʻrinma yoʻlining osmon ekvatoriga qiyaligi (ogʻish burchagi 23° 26’) va ekliptika (Quyosh yillik koʻrinma yoʻli) boʻylab harakatning notekisligi tufayli oʻzgarib turadi va shu tufayli undan amalda foydalanib boʻlmaydi. Amalda HQS ning yil davomida oʻrtacha qiymati — oʻrtacha Quyosh sutkasi — kunning uzunligi sifatida foydalaniladi. Bu vaqt osmon ekvatori boʻylab, yil davomida, tekis harakatlanadigan oʻrtacha Quyosh deyiluvchi faraziy Quyosh markaziga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadi.

3.Sutka va uning dastlabki shakllari.

Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi.

Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi turlarga ajratiladi.

Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi.

Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400 sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan.

Kecha-kunduz, sutka - 24 soatga teng vaqt oʻlchov birligi. Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bulinadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng . Yulduz sutkasi haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya hisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi nuqtasining pretsession harakati taʼsirida oʻrtacha yulduz sutkasi Yerning oʻz oʻqi atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084 sekundga qisqa. Nutatsiya taʼsirida haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi oʻzgarib turadi. Quyosh bir sutka davomida osmon sferasida 1° sharqqa to-mon siljiydi. Shu sababli, yulduz sutkasi bilan amalda vaqtni oʻlchash noqulay boʻlib, u kun va tunning almashinishi bilan toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun Kuyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket pastki (yarim tun) kulminatsiyasi oraligʻidagi vaqt olinadi. Quyosh sutkasi ham haqiqiy va oʻrtacha Quyosh sutkalariga boʻlinadi. Quyosh sutkasining uzunligi esa yarim tun (haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy Quyoshning pastki kulminatsiyasi; oʻrtacha Quyosh sutkasida esa Quyoshning soxta pastki kulminatsiyasi) dan boshlab hisoblanadi. Yer orbitasining ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga ogʻishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham doimiy emas va yil davomida 24 soat 3 min 36 s (sentyabr oʻrtalarida) dan 24 soat 4 min 27 s (dekabr oxirida) gacha oʻzgarib turadi. Shuning uchun Quyoshning ekvator buyicha yil davomida doimiy burchak tezlik bilan harakat qiluvchi oʻrtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 min 56,55536 s yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasi yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat

4.Yil va davrlarni aniqlash usullari. Tarixiy manbalarni tadqiq etishda yil va davrlarni aniqlashning ahamiyati.

Yer paydo bo`lgandan to shu vaqtgacha o`tgan davrlardagi o`zgarishlarni, yer qatlamlarining qachon hosil bo`lganligini aniqlash masalasi olimlarni qadimdan qiziqtirib kеlgan. Gеologiyada yer qatlamlarining qaysisi oldin yoki qaysisi kеyin paydo bo`lganini qiyosiy aniqlash usuliga nisbiy yosh aniqlash usuli dеyiladi. Bu usulda yer qatlamlarining eng oldin paydo bo`lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o`simlik va hayvon qoldiqlarini topib, birini ikkinchisiga taqqoslab ko`riladi, eng oddiy hayvon va o`simlik qoldig`i bor pastki qatlam undan yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan kеksa hisoblanadi. Qavatlarning oldin yoki kеyin hosil bo`lganligi va tarkibini o`rganish bilan gеologiya fanining litologiya va stratigrafiya sohalari shug`ullanadi. Qatlamlar orasidagi o`simliklar qoldig`ini palеobotanika, hayvon qoldiqlarini esa palеontologiya tеkshiradi.

oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.

Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.

Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.

‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., munozara, о‘z-о‘zini nazorat..

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. Historicka chronologie / Marie Blahova. - Praha : Libri, 2001. - 948 s.

  2. Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.

  3. Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.

  4. Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75-80.

  5. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: Voris, 2013.

  6. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.

7.Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.

8. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.
3- mavzu. Kalendar va ularning turlari.

Reja:

1.Dastlabki tuzilgan kalendarlar. Tropik yil va kalendar yili.
Taqvim yiloy va hafta kunlari, asosiy bayramlar haqidagi axborotlardan iborat, ba`zan astronomik ma`lumotlar ham beriladigan bosma nashr.

Kalendar (lot. calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. QuyoshOysayyoralarning koʻrinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, Oy fazalari va yil fasllarining davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi. K.ning paydo boʻlishi odamning xoʻjalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bogʻliq. Odamlar Quyoshning chiqib botishini kuzatib — kun, Oy oʻrogʻining avval kattalashib, soʻng kichrayishiga qarab — oy, yil fasllarining davomida Quyoshning ufqdan qanchalik koʻtarilishini kuzatib yil tushunchalariga kelishgan. Asta-sekin vaqtni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan soatminut birliklari, mifologik anʼanalar asosida hafta tushunchasi kiritilgan. Vaqt hisobini toʻgʻri yuritish uchun dastlabki rasadxonalar qurilgan, quyosh soati oʻylab topilgan.

K. hisobining asosiy birligi — ysh. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga boʻlingan. Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa — mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi bilan bogʻliq. Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga boʻlishni murakkablashtiradi. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh K.i (shamsiy taqvim), oy K.i (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh K.i (shamsiyqamariy taqvim) ishlab chiqilgan.

Quyosh k al ye n d ar i ning asosiy birligi — tropik yil. Uning uzunligi ketmaket ikki bahorgi tengkunlik oraligʻidan iborat boʻlib, 365,2422 kun, yaʼni 365 kun 5 soat 48 min. 46 sek.ga teng . Dastlabki shamsiy K.dan foydalangan kad. misrliklar bir yilni 365 kun deb olishgan. Bir yil 30 kunlik 12 oyga boʻlingan va yil oxirida qoʻshimcha 5 kun qoʻshilgan. Qad. Rimda ham bir yilni 365 kun deb olingan, lekin yilning oylarga boʻlinishi yana ham murakkabroq boʻlgan. Bundan tashqari qad. Misr va Rim K.larida yil uzunligi tropik yildan taxminan 6 soatiga qisqa boʻlgani uchun bahorgi teng kunlik har 4 yilda 1 kunga surilgan va bu ham chalkashliklarga sabab boʻlgan. Ularni bartaraf etish uchun Rim konsuli Yuliy Sezar mil. av. 46-yilda yunon astronomi Sozigen taklifiga muvofiq K. islohotini oʻtkazadi: har 4 yildan biri 366 kunlik (kabisa) deb qabul qilinadi. Bu K. Yuliy kalendari deb yuritiladi. Yuliy K.ida bir yil 12 oyga boʻlinib toq oylar 31 kun, juft oylar 30 kun, faqat fevral oyi 28 kun (kabisa yili 29 kun). Dunyoning koʻp mamlakatlarida hozirgacha oylarning Yuliy K.dagi nomlari qoʻllanadi.

Yuliy K.da bir yil tropik yildan 11 min. 14 sek. ortiq boʻlgani uchun bu farq har 400 yilda taxminan 3 kunni tashkil qiladi. Bu farq yigʻilib 16-asrda 10 kunga yetgan, natijada bahorgi teng kunlik 11 mart ga toʻgʻri kelib qolgan. Bu nomutanosiblik xristianlarning diniy bayramlarini belgilashda chalkashlik keltirib chiqarar edi. Shuning uchun Yuliy K.dagi xatolikni tuzatish uchun Rim papasi Grigoriy XIII 1582 y. 24 fevralda italiyalik vrach va matematik Luidji Lullio loyihasi boʻyicha K. islohotini oʻtkazadi: 1) 1582 y. 4 okt.dan keyingi kun 15 okt. deb olinadi va bahorgi teng kunlik 21 martga qaytariladi; 2) toʻrtga boʻlinadigan yillar Yuliy K.dagi kabi 366 kun deb olinadi; 3) har 400 yilda 3 kun chiqarib tashlanadi — 400 ga boʻlinmaydigan yillar 365 kunlik (yaʼni oddiy) yil deb eʼlon qilinadi. U Grigoriy kalendari deb yuritila boshladi. Sanalarni Grigoriy K.iga muvofiq hisoblash yangi uslub deb ataldi. Sanalarni avvalgidek Yuliy K.i asosida hisoblashda davom etish esa eski uslub nomini olgan. Grigoriy K.i 16-asrdan boshlab asta-sekin dunyoning koʻpchilik mamlakatlariga tarqaldi. Oʻzbekistonda ham u 1918 y. 14 fevraldan qoʻllab kelinadi.

Download 210.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling