1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti


Download 210.5 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2020
Hajmi210.5 Kb.
#166421
1   2   3
Bog'liq
1-topsh


Tropik yil — Quyosh diski markazining bahorgi teng kunlik (21 mart) nuqtasidan ketma-ket 2 marta oʻtishi orasidagi davr 

2.Quyosh kalendari. Oy kalendari. Oy - quyosh kalendari.

Quyosh k al ye n d ar i ning asosiy birligi — tropik yil. Uning uzunligi ketmaket ikki bahorgi tengkunlik oraligʻidan iborat boʻlib, 365,2422 kun, yaʼni 365 kun 5 soat 48 min. 46 sek.ga teng . Dastlabki shamsiy K.dan foydalangan kad. misrliklar bir yilni 365 kun deb olishgan. Bir yil 30 kunlik 12 oyga boʻlingan va yil oxirida qoʻshimcha 5 kun qoʻshilgan. Qad. Rimda ham bir yilni 365 kun deb olingan, lekin yilning oylarga boʻlinishi yana ham murakkabroq boʻlgan. Bundan tashqari qad. Misr va Rim K.larida yil uzunligi tropik yildan taxminan 6 soatiga qisqa boʻlgani uchun bahorgi teng kunlik har 4 yilda 1 kunga surilgan va bu ham chalkashliklarga sabab boʻlgan. Ularni bartaraf etish uchun Rim konsuli Yuliy Sezar mil. av. 46-yilda yunon astronomi Sozigen taklifiga muvofiq K. islohotini oʻtkazadi: har 4 yildan biri 366 kunlik (kabisa) deb qabul qilinadi. Bu K. Yuliy kalendari deb yuritiladi. Yuliy K.ida bir yil 12 oyga boʻlinib toq oylar 31 kun, juft oylar 30 kun, faqat fevral oyi 28 kun (kabisa yili 29 kun). Dunyoning koʻp mamlakatlarida hozirgacha oylarning Yuliy K.dagi nomlari qoʻllanadi.

Oy kalendarida asosiy birlik vazifasini sinodik oy oʻtaydi. Oy Yer atrofida aylanishi davomida Quyoshning toʻgʻrisiga kelishi oy boshi deyiladi. Bu vaqtda Oy koʻzga koʻrinmaydi, 1—2 kundan keyin u gʻarbda kechqurun oʻtkir oʻroq («yangi oy») shaklida koʻrinadi. Oy K. ida 12 oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, yaʼni 29 kun 12 soat 44 min. 3 sek. boʻlgani uchun bir yil taxm. 354 kunga teng boʻladi.

Hozir Oy K. i arab mamlakatlarida amal qiladi. 20-a. gacha u asosiy aholisi musulmon boʻlgan mamlakatlar, jumladan, bizning yurtimizda ham qoʻllangan va hijriy (aniqrogʻi hijriy-qamariy) taqvim deb atalgan. Hijriy taqvimda xronologiya paygʻambar Muhammad (as) ning Makkadan Madinaga koʻchib borgan (arabcha hijrat) kunidan boshlanadi. Bu sana Yuliy Kalendar ida 622-yil 16 iyul juma kuniga toʻgʻri kelishi aniqlangan. Hijriy taqvimda 12 oydan toqlari 30, juftlari esa 29 kun. Bunda bir yil 354 kun boʻlib, 12 sinodik oydan qisqa boʻlgani uchun har oʻttiz yildan 11 tasi kabisa deb olinadi. Kabisa yilning soʻnggi oʻn ikkinchi oyi (zulhijja) 30 kun boʻladi. Hijriy taqvimda oʻttiz yillik davrlar (1-yildan 30-yilgacha, 31-yildan 60-yilgacha va h. k.) qoʻllanadi. Har oʻttiz yillik davrning 2, 5, 7, 10, 12, 15, 17, 19, 21, 24, 27 va 29 yillari kabisadir. Mac, hijriy 1426-yil kabisamiyoʻqmi ekanligini aniqlash uchun undan 30 ga karrali qismi chegirib tashlanadi: 1426 — 30×47=1426 — 1410=14, demak, bu yil oddiy ekan, 1427-yilda esa qoldiq 15 chiqadi va kabisa boʻlishini koʻrsatadi

Qо‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., munozara, о‘z-о‘zini nazorat..

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.

  2. Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75-80.

  3. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: Voris, 2013.

  4. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А. Навоий номидаги давлат нашриёти, 2006.

  5. Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.

6. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.

4-Mavzu: Sharq mamlakatlari kalendarlari. Qadimgi Eron, Misr, Hind, Arab, Mesopotamiya, Xitoy kalendarlari.

Reja:

1. Qadimgi Eron kalendari.

Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra (forschaتقویم هجری شمسی؛ سالنمای هجری خورشیدی) — astronomik quyoshli taqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllaniladi. Ushbu taqvim mashhur fors faylasufimatematikiastronomi va shoiri Umar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.

2. Qadimgi Misr kalendari.

Bu kalendar eng qadimgi kalendar hisoblanib unga eramizdan oldingi XVIII asrda asos solingan (eramizgacha taxminan 4 ming yillikda). Bu kalendar turli davrlarda turlicha shakllangan.Misr kalendari quyosh kalendari edi. Bunda yil 360 keyin 365 kun hisoblangan Eramizdan oldingi 238 yilda bar to'rtinchi yilni 365 kun emas 366 kun deb hisoblangan. Qadimgi Mirsda Kohinlar eng yorug' yulduz Sirusning erta tongda birinchi ko'rinishi bilanNil daryosining toshishi 22 iyunga to'g'ri kelishinij, aniqlab, shu asosda Misr kalendarini yaratdilar. Bu kalendar bo'yicha ( bir oy 30 kundan hisoblanib yil oxiriga qo'shimcha yana 5 kun kiritilgan edi. Misr taqvimi tropik yildan taxminan 6 soat qisqa *g’bo'lgani uchun yil boshi oldinga surilib har 365 * 4 + 1460 yilda birinchi boshlang'ich vaqtiga keladi. Har 4 yilda yil boshlanishi 1 kunga o'zgargan. Ammo Misrliklar nimagadir kabisa yilinihisobga kiritmaganlar. Shunga qaramay yilnomalar vatani qadimgi Rim emas, Misr hisoblanadi. Qadimgi Misr kalendari oylari - tot, faofiy, amir, hoyak, tibi.mehr, famonot, farmuti, paxox, pauni, apifi, mezoriy (ular eramizdan avvalgi VI-V asrlarda qo'llangan)
3. Qadimgi Hind kalendari.

Hind kalendari.Yil 365 kun bo'lib, yil 12 apreldan boshlangan. Oy - quyosh kalendaridan foylanganlar.Ba'zan, turli davrlarda oylarga kunlar qo'shilib turgan.1952 yil 25 martda Gregoryan kalendarini qabul qilishgan. Eng muhimi boshqa xalqlarga nisbatdan yilni 6 mavsumga (faslga) bo'lishgan: bahor, yoz, yomg'ir oyi, kuz, kechki kuz, qish.
4. Arab kalendar.

Muhammad payg'ambar kalendari.Muxammad paygambar Makkadan Madinaga kuchgan yildan boshlanadi.622 yil16 iyul juma kuni.
Oy kalendari.
Qamariy yil deb ham hisoblanadi.Yilning1.3.5.7. 9.11.30 kundan, jufti 29 kun.
1. Muharram (Ashur)-30 (Muqaddas, urushlar ta'qiqlangan)
2. Safar (Safar) -28 (shu oyda kasallik tarqalgan-yuzlari sarg'aygan)3.Rabi al avval (Mavlud)-30 (bahor)


4. Rabi al axir -28(yomg'iryog'gan, daraxt barglari tushgan)
5. Jamodilavval -30 ( kish fasliga to'g'ri keladi)
6. Jamodiloxir -28 (qish fasli)
7. Rajab (Rajab) - 30 (urushdan saqlangan, bexayotirlik)

8. Sha'bon (Borot) -28 (ajralish.Ayrimlari islomni qabul kilmagan)9. Ramazon (Ro'za) -30 (oyning issiq kuni, kam ovqat yeyishgan)

lO.Shavval (Hayit)-28 (hech qayerga ko'chmaganlar)
11. Zul- ka'da (Ora)-30 (faqat uyda o'tirish lozim bo'lgan)
12. Zul - hijja (Qurbon) -28-30 ( Makkani ziyorat qilish.Qurbonlik)
Haftaning juma kuni bayram bo'lgan. Sha'bon oyini 15 kuni xudodan vahiy kelib, uning kelgusi yilda o'limini xabar qilgan. Ramazonning 27 kechasi «Qur'on» nozil bo'lgan. Ramazonda ro za tutilgan. 1-3 shavvalda O'raza bayrami, 70 kundan so'ng Zulhijjada - Qurbon hayiti o'tkaz'ilgan. Muharramda ( Ashur) -shialar imomi Xusaynni xotira sifatida eslashgan, shu oyni 10 kunida rabbida 16-15 iyul kunida Muhammad payg'ambarni safari yodga olingan.
Yil 354 kun kabisa 355 kun deb olingan. Ear 30 yilda 11-kun, 13 sekundni tashkil qiladi.30 yilikning 11-yili kabisa - 355, 19-yilioddiy 354 kundir.

5. Mesopotamiya kalendarlari.

Mesopotamiya  kalendarlari.  Mesopotamiyadan  topilgan  yozma 
yodgorliklarda  eramizdan  avvalgi  2500-yilda  shumerlar  Oy-quyosh
55



kalendarlaridan  foydalanganlari  to'g'risida  ma’lumotlar  saqlangan.  Bobil 
Xammurapi  (er.avv.  1792-1750)  hukmronligi  davrida  nafaqat  ikki  daryo 
oraligida,  balki  Old  Osivodagi  eng  yirik  siyosiy,  madaniy  markazga 
aylandi.  Xammurapi  bir  qancha  islohotlar.  jumladan.  kalendar  islohotini 
ham  o‘tkazadi.  U  ikki  daryo  oralig'idagi  turli  xil  kalendarlarni  bekor 
qilib,  yagona  kalendarni  joriy  etdi.  Ur  shahri  kalendari  butun  Bobilda 
rasmiy  kalendar  sifatida  qabul  qilindi.  Bu  kalendar  dastlab  Oy  kalendari 
bo'lib,  har bir yildagi toq ovlar o‘ttiz. juft  oylar yigirma to‘qqiz kunlik  o‘n 
ikkita  oydan  iborat edi.  Oylar shunday nomlangan:
1.  Nisanu 30.
2.  Ayru  29.
3.  Sivanu  30.
4.  Duuzu 29.
5.  Abu  30.
6.  Ululu 29.
7.  Tashritu  30.
8.  Araxsamna  29.
9.  Kislivu  30.
10.  Tebetu  29.
11.  Shabatu  30.
12.  Addaru  29.
6. Xitoy kalendari.

Xitoy kalendari.Bu kalendar oy-quyosh kalendari bo'lib unda ham tropik yil yana oylar bilan bog'langan. Eramizdan oldingi III asrdagi «Chjuansoy kalendarga muvofiq yilning o'rtacha uzunligi 365,25 kun bo'lgan. Bu oy-quyosh kalendarining har 19 yildan 12 tasi 12 oyg’ 7 tasi 13 oydan iborat bo'lgan.Yahudiylar hozir ham bundan foydalanadilar.
7.Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl.

Sharqiy Osiyo mam------lakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarida oltmish yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam suv, olov, tuproq, metall va yog'och kabi beshta unsurdan tashkil topgan deb hisoblangan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitoy davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan. 40 (Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.) Yupiterning 12 yillik harakat yo'li 30° dan qilib, 12 bo'lakka bo'lingan (360°·12 = 360°) va har bir bo'lagiga «fazoviy tarmoq» deb ataluvchi o'n ikki oyning belgilari qo'yib chiqilgan. Keyin milod boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo'shib qo'yilgan. Bular Quyoshning yillik ko'rinma harakati yo'lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: hamal, sarv, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv va hut.

Qо‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., munozara, о‘z-о‘zini nazorat..

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.

  2. Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75-80.

  3. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: Voris, 2013.

  4. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А. Навоий номидаги давлат нашриёти, 2006.

  5. Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.

6. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.
Download 210.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling