1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari


Download 0.52 Mb.
bet7/41
Sana25.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1721042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org

So‘rovlar.

So‘rov orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar ijtimoiy izlanishlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, anonim intervyu usuli. Bunda intervyuda qatnashayotgan respondentlarni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin:


  • yashirin faoliyatchilar” - noqonuniy iqtisodiy munosabatlarni amalga oshiruvchi va buni tan olishga tayyor bo‘lgan shaxslar;


  • bevosita kuzatuvchilar” - yashirin muhitda bo‘lib, uni ichidan kuzatayotgan, lekin noqonuniy bitimlarda qatnashayotganini qayd etmaydigan shaxslar;


  • tashqi kuzatuvchilar” - yashirin iqtisodiyotni u yoki bu faoliyatiga baho beruvchi respondentlar bo‘lib, ular bu faoliyatga qo‘shilmaydi yoki qo‘shilganini tan olmaydi.


  • jabrlanuvchilar” - yashirin iqtisodiyot va korrupsiyadan jabr ko‘rgan, lekin yashirin faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar.


So‘rov natijalari ma’lumotlar ishonchliligi nuqtai nazaridan “yashirin faoliyatchilar” va “bevosita kuzatuvchilar” afzalligini ko‘rsatmoqda. Ammo boshqa ikki guruh tomonidan berilgan ma’lumot ham muhim sanaladi.




  1. Ochiq tekshiruv usuli.

Ochiq tekshiruv usulini qo‘llash valyuta, bojxona, bank, soliq sohasida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalariga rioya qilmaslik kabi qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi nazorat organlarining vakolatidir. Ochiq tekshirish usuli, masalan soliq tekshiruvi yordamida olingan natijalardan hisob-statistika maqsadlarida foydalaniladi.




  1. Iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari.

Xufyona iqtisodiyotning miqyosini o‘lchash va uni baholash uchun iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullarini qo‘llash muhim sanaladi. Ushbu usullar maxsus iqtisodiy va buxgalterlik ko‘nikmalarini yuridik amaliyotda samarali qo‘llash imkonini beradi.


Iqtisodiy-huquqiy tahlil usullarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin:
  • buxgalteriya tahlili usuli;


  • hujjatlashtirilgan tahlil usuli;


  • iqtisodiy tahlil usuli.




Buxgalteriya tahlili usuli hisobdagi nomuvofiqlik va og‘ishlarni aniqlash uchun buxgalteriya hisobini (balans, hisoblar va ikki yoqlama yozuv; baholash va kalkulyatsiya, invertarizatsiya va hujjatlashtirish) tadqiq etishni nazarda tutadi.
Hujjatlashtirilgan tahlil usuli deganda buxgalteriya hujjatlarini tadqiq etish tushuniladi va hisob hujjatlarining tashqi ko‘rinish yoki mazmunni namoyon etish xususiyatlari o‘rganiladi. Hujjatli tahlilning maqsadi hujjatlardagi noaniqliklarni aniqlashdan iborat.
Iqtisodiy tahlil usuli normal iqtisodiy faoliyatdan chetlashish sabablarini aniqlashda yordam beradi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mos kelmasligini aniqlashda quyidagi iqtisodiy jinoyatni aniqlash usullari qo‘llaniladi:
  • taqqoslashlar usuli;


  • maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli;


  • stereotiplar usuli;


  • to‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli.




Taqqoslashlar usuliga korxona iqtisodiy faoliyatining xususiyatini ochib beruvchi va bir necha hisobot davrlaridagi ko‘rsatkichlar tahlili davomida qarama-qarshiliklarni aniqlovchi tanlanma ko‘rsatkichlar kiradi. Qarama-qarshiliklar quyidagi juft ko‘rsatkichlarning o‘zgarishida aniqlanishi mumkin: texnologik ehtiyojlar va mahsulot ishlab chiqarish uchun elektroenergiya iste’moli; foyda hajmi va mahsulot ishlab chiqarish; xom ashyo iste’moli va mahsulot ishlab chiqarish. Ichki taqqoslash tahlilidan foydalanishda bir necha muddat davomidagi korxona faoliyati ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslanadi. Ushbu usul yashirin daromadlar va pullarni poklab olish jarayonlarini aniqlashda samaralidir. Taqqoslama tahlilning mohiyati shundaki, taqqoslanayotgan davrlar uchun foyda hajmidagi o‘zgarishlar aniqlanadi va ushbu og‘ishlarning sabablari tadqiq etiladi. Agar ushbu o‘zgarishlarni tushuntirib beradigan ishonarli sabablar ko‘rsatilmasa, bu hol xo‘jalik faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar va daromadlarni soliqqa tortishdan yashirish, deb tan olinadi. Xo‘jalik faoliyatini tekshirish korxonada qanday oborotlarga erishilganligi va natijada qanday daromadlar olinganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Nazoratdagi kalkulyatsiya daromadlarni yashirish yoki pullarni poklab olish yuz berganini isbotlaydi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling