1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
Download 0.52 Mb.
|
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org
Ushbu uch guruh omillar amal qilayotgan mamlakatlarda (bular, birinchi navbatda, rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlar) korrupsiya avj olgan bo‘ladi. Aksincha, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa bu omillar zaif bo‘lib, u yerda korrupsiya ham kam rivojlangan. Korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan omil va sharoitlar yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi: amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi, undagi ziddiyatlar, qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning bir-biriga zidligi, qonunlarni amaliyotga joriy qilish mexanizmining ishlamasligi; davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvida byurokratiya, ma’muriyatchilikning rivojlanganligi, boshqaruv tizimida mansabdor shaxslarning haddan tashqari ko‘payib ketishi, boshqaruv tizimida bir-birining funksiyalarini takrorlashlarning ko‘pligi; biznes va tadbirkorlikni ro‘yxatga olish, ruxsat berish va ularni tugatish protseduralarining haddan tashqari chigalligi, ko‘p bosqichli ekanligi, murakkabligi; ishbilarmon va tadbirkorlarning huquqiy bilim, huquqiy madaniyatining yo‘qligi yoki sayozligi; davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, ishbilarmon, tadbirkorlarning ahloqi-ma’naviyatining sayozligi va boshqalar63. Korrupsion munosabatlarining sabablari va mohiyatini tushuntirish uchun iqtisodchilar odatda “kafil bo‘lgan kishi (prinsipal) ijrochi (agent) - rahnamolik ko‘rgan (mijoz)” modelidan foydalanadilar (5.2.2-rasm). Bu modelda markaziy hukumat prinsipal (P) faoliyat yuritadi: u qoidalarni belgilaydi va o‘rta ham quyi bo‘g‘in amaldorlariga, ya’ni agentlarga (A) aniq vazifalar beradi. Bunda amaldorlar markaziy hukumat bilan alohida fuqarolar yoki firmalar, ya’ni mijozlar (M) o‘rtasida vositachilik qiladi. Soliqlar to‘lanishi evaziga agent prinsipal nomidan mijozlarga turli xil xizmatlarni ko‘rsatadi (firmalar faoliyatini litsenziyalashtiradi, fuqarolarga ijtimoiy nafaqalarni taqdim etadi, xodimlarni davlat xizmatiga yollashni amalga oshiradi va hakazo). Masalan, soliq xizmati doirasida prinsipal sifatida soliq xizmati rahbari timsolida davlat namoyon bo‘ladi, agentlar - soliq to‘plovchilar, mijozlar - soliq to‘lovchilar namoyon bo‘ladi. Soliqlarni to‘lash evaziga soliq to‘lovchilar qonuniy faoliyat yuritish imkoniyatiga egadirlar, aks holda ularni jarimalar va boshqa jazolar kutadi. 5.2.2-rasm. Korrupsiyaning «prinsipal-agent-mijoz» modeli Tartibga solish tizimining sifati ushbu tizimda prinsipal va agent o‘rtasida manfaatlar borasida nizolar paydo bo‘lishiga bog‘liq. Umuman olganda, hukumat har bir mijozga shaxsan xizmat ko‘rsatishga na vaqti, na imkoniyati bor. Shu sababdan, mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ma’lum bir qoidalar doirasida amaldorlarga topshiradi. Amaldorlar-agentlar o‘z mijozlarini hukumat-prinsipaldan yaxshiroq bilganlari sababli ular bilan samarali ishlay oladilar. Lekin prinsipalga ko‘p sonli prinsipal-agentlar o‘z vazifalarini bajarishi ustidan nazorat qilish murakkabdir. Bunda amaldorlar o‘z faoliyatining asl natijalarini ataylab yashirgan bo‘lishlari ham mumkin. Amaldor-agentning rostgo‘yligini to‘liq nazorat qilib bo‘lmaganligi sababli, agent rostgo‘y bo‘lish yoki bo‘lmaslikni o‘zi hal etadi. Amaldorning qarori halol mehnati uchun olishi mumkin bo‘lgan haq va suiiste’mollik uchun kutilayotgan jazoga bog‘liqdir. Amaldor-agentga uning mijozlaridan beriladigan noqonuniy mukofotlar turli sabablar bo‘yicha berilishi mumkin. Fuqaro yoki firma amaldorga tegishli xizmatlarni tez, “navbatdan tashqari” ko‘rsatishi uchun pora berishi mumkin (tezlashtiruvchi pora). Ko‘pincha, amaldorlarga davlat tomonidan tayinlangan xizmatlarni ko‘proq ko‘rsatib, soliqlarni qonunchilik bilan belgilangan hajmdan kamroq darajada olish uchun pora beriladi (to‘xtatuvchi, sekinlashtiruvchi pora). Amaldor turli o‘ylab topilgan bahonalar bilan faoliyatga halaqit berishning keng imkoniyatlariga ega; bunda amaldorga o‘zboshimchalik qilmasligi uchun pora beriladi (“yaxshi munosabatda bo‘lish uchun” pora). Korrupsiyani oldini olish maqsadida javobgarligi katta bo‘lgan xodimlarga juda yuqori maosh belgilanadi va shu bilan birga ular tomonidan xizmat burchini bajarmaganligi uchun jazo choralari qat’iylashtiriladi. Ammo ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, aksariyat hollarda davlat tomonidan beriladigan maosh potensial pora beruvchilarning moliyaviy imkoniyatlari bilan raqobatlasha olmaydi. Agentning yetarli darajadagi maoshi zaruratdir, lekin u korrupsiyani oldini olishga yetarli chora hisoblanmaydi. Shu sababdan davlat-prinsipal yuqori darajadagi rag‘batlarni “halol mehnatga chaqiriq” bilan to‘ldiradi. Bu, hukumat agentlarni o‘z manfaatlarini o‘ylashlariga qarshi ruhiy to‘siq yaratishga intilishini anglatadi. Buni qo‘shimcha ta’lim va ideologik (g‘oyaviy) targ‘ibot mexanizmlari orqali amalga oshirish mumkin. Undan tashqari, hukumat-prinsipal amaldor-agentlar faoliyati ustidan nazorat qilishning muhim vositasi hisoblangan mijozlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish (aholidan shikoyatlar qabul qilish)ni rag‘batlantiradi. Shunday qilib, “agent-mijoz” o‘zaro munosabatlari agentlar maoshi va ularning vakolatlari kengligiga bog‘liqdir, “prinsipal- agent” o‘zaro munosabatlari esa - prinsipalning agentlar ustidan nazorati va mijozlarning prinsipalga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Ahloqiy me’yorlar bu tizimda barcha munosabatlar turlariga ta’sir etib, qonunchilik me’yorlaridan chetlashish mumkin bo‘lgan darajani aniqlaydi. Korrupsiyaning asosiy sabablarini ba’zi iqtisodchilar quyidagi formula orqali ifodalashadi: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling