1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
-mavzu. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot xususiyatlari
Download 0.52 Mb.
|
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org
10-mavzu. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot xususiyatlari.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining vujudga kelish sabablari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari. Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot mavjudligi va saqlanib qolganligining sabablari. Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiy faoliyat turlari va xususiyatlari. O‘zbekistonda norasmiy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘lamlari. Norasmiy iqtisodiyot sub’ektlarini rasmiy iqtisodiyotga o‘tkazish yo‘llari. Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha axbortlardan foydalanib D.Mid va K.Morrissonlar ushbu rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznesning legalliligi (ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir. Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar; sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir, 1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis bundan mustasno). Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”. Bunday mayda korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli mamlakatlarda turlicha darajada). Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin” Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya) ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand) aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini anglatmaydi. Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida chegara o‘tkazish murakkabdir. D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi ancha pastdir. Bu ma’lumotlar norasmiy sektorda, asosan, ma’lumotga ega emas odamlar ishlaydi degan tushunchani inkor etadi. Tailand va Tunisda ko‘pchilik (50-70%) kichik korxonalar jismoniy kapitalga investitsiyalarni amalga oshirsalar, Jazoirda esa kamchilik (15-30%) korxonalar bunday investitsiyalarni amalga oshiradilar, bu ushbu mamlakatda norasmiy sektor korxonalarida modernizatsiya jarayonlarini past darajada ekanligidan dalolatdir. D.Mid va K.Morrissonlar xulosasiga ko‘ra “uchinchi dunyo” mamlakatlarining deyarli barchasida ko‘pchilik korxonalar quyidagi umumiy xususiyatlarga egadirlar: band bo‘lganlarni soni kam, soliq va boshqa qoidalarga rioya qilmaslik, past darajada kapital sig‘imkorligi. Ammo bu xususiyatlarning barchasi birdaniga uchramasligi mumkin, shu sabab norasmiy sektorning universal ta’rifini ishlab chiqish murakkablashmoqda. “Norasmiylik”ni o‘ziga xos mozaikaga o‘xshatish mumkin, uning elementlari ichida qonuniy va tasodifiylarini ajratib olish juda murakkabdir. Ushbu holatni e’tiborga olib, tadqiqotchilar tahlilchilarni turli mamlakatlarning ma’lumotlarini tanqidiy baholashlari va har bir holatda norasmiy sektor tushunchasiga qanday mazmun berilayotganing aniq ko‘rsatishlarini so‘rashmoqda. Chunki har bir mamlakatda norasmiy sektorga turli holatda turli mazmun berilmoqda. Har qanday holatda “uchinchi dunyo” tadqiqotchilari norasmiy sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egaligini yakdillik bilan tan olishmoqda. Ba’zi mamlakatlarda u hatto rasmiy iqtisodiyotdan ham oshib ketgan (7.1.4- va 7.1.5-jadvallar). 7.1.4-jadval Rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlarda band bo‘lganlarda norasmiy iqtisodiyotning ulushini baholash, 1970-1980-yillar, %da117
7.1.5-jadval Lotin Amerikasi mamlakatlari YaIMda xufyona iqtisodiyotning ulushini baholash, 1980-yillarning ikkinchi yarmi, %da
Alohida hududlarning rivojlanish darajasi bilan norasmiy sektorning miqyoslari o‘rtasida aniq teskari proporsional bog‘liqlik mavjud: norasmiy sektor Afrikaning kam taraqqiy etgan mamlakatlarida ulkan, Osiyoda katta va Lotin Amerikasida nisbatan kam tarqalgan. Turli davrlar uchun norasmiy sektor miqyoslarini baholanishini solishtirish iqtisodiyotning bu sektorini “ishib ketish” tendensiyasiga egaligini ko‘rsatmoqda (masalan, qarang Lotin Amerikasi bo‘yicha ma’lumotlar - 7.1.6-jadval). 7.1.6-jadval Lotin Amerikasi mamlakatlarida iqtisodiy faol aholi (IFA) tarkibida norasmiy ish bilan bandlarning ulushi, %da
Rivojlangan mamlakatlarda «norasmiylik». KXartning kashfiyotlaridan so‘ng norasmiy iqtisodiy faoliyat faqatgina kamtaraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud emasligi aniqlandi. 1970- yillarda norasmiy iqtisodiy faoliyat g‘arbning rivojlangan mamlakatlarida ham aniqlandi Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda “xufyona iqtisodiyot” mavjudligini amerikalik iqtisodchi P.Gutmann kashf etgan. 1977 yilda u maqola chop etib, unda bu hisobga olinmaydigan faoliyat keng tarqalib ketib, uni endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi 1979 yilda amerikalik iqtisodchi Edgar Fayg tomonidan e’lon qilgan maqola mojarolarni keltirib chiqardi: professor AQShda “boshqarilmaydigan iqtisodiyot” (irregular economy) rasmiy YaMMning uchdan birini qamrab olganligini hisoblab chiqdi, bu ko‘rsatkich “uchinchi dunyo” mamlakatlari norasmiy sektorining hajmi bilan deyarli tengdir E.Faygning hamkasabalari bir ovozdan uni ko‘rsatkichlarni bir necha baravar ko‘tarib yuborganlikda ayblashdi (balkim, muallif ataylab maqolani ko‘pirtirib yozgandir). Masalan, P.Gutmann 1978 yilda AQSh norasmiy iqtisodiyoti hajmini rasmiy YaMMga nisbatan taxminan 10% deb baholagan edi, V.Tanzi esa bu ko‘rsatkichni 4,4% deb qayd qilgan edi. Mutaxassislar ushbu hodisani miqyosi haqida munozaralarni davom ettirishi bilan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu sektoriga muntazam ravishda e’tibor qaratila boshlandi. Keyinchalik norasmiy iqtisodiy faoliyatning maxsus tadqiqotlari faqatgina AQShda emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham olib borilish boshlandi. 7.1.7jadval Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotni baholovchi ko‘rsatkichlari dinamikasi, 1960-1980 yillar,
Bu tadqiqotlar Rossiya olimlari tomonidan 1980 yillardayoq o‘rganilgan va mazkur hodisalarni “kapitalizm umumiy inqirozi” ning namoyon bo‘lish shakllaridan biri sifatida talqin qilishga moyil bo‘lgan sovet jamiyatshunosligida ma’lum darajada yoritilgan. Rossiya adabiyotlarida mazkur muammolar bo‘yicha Germaniyadagi xorijiy tadqiqotlar yoritilgan 1987 yilda chop etilgan M.I.Nikolayev va A.Yu.Shevyakovlarning monografiyasi rivojlangan G‘arb mamlakatlaridagi xufyona iqtisodiyotning eng yaxshi umumlashtiruvchi sharhi bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlardagi norasmiy iqtisodiyot baholash ko‘rsatkichlari dinamikasini kuzatadigan bo‘lsak (7.1.5, 7.1.6- jadvallar), oxirgi o‘n yilliklarda nafaqat rivojlanayotgan, balki yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar xo‘jaligida ham yashirin iqtisodiy faoliyat ko‘lamlarining mutloq va nisbiy o‘sishi barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot “ochilishi” bilan deyarli bir vaqtda 1970 yillarning oxirida sotsialistik lager mamlakatlarida ham “norasmiylik” ning keng tarqalishi yuz berdi. 1977 yilda amalda bir vaqtda AQSh da sovet iqtisodiyotidagi yashirin iqtisodiy faoliyat ko‘lamlari va shakllari to‘g‘risidagi ikki konseptual maqolalari chop etildi: Amerika sovetologi Gregori Grossmanning “SSSR da ikkinchi iqtisodiyot” va Amerikaga ketgan sobiq sovet iqtisodchisi Aron Katsenelinboygenning «Sovet Ittifoqida rangli bozorlar». Ular mahalliy hisobga olish va nazorat qilishni markazlashgan rejalashtirishga noroziliklar bildirilgan, ammo bartaraf qilinmagan SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi mustaqil xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi sovetologik tadqiqotlar keng oqimini boshlab berishdi. 1980-yy. da sovetologlar umumiy rejalilik va tartibga solinuvchanlik ostida haqiqatda norasmiy, nazorat qilinmaydigan ishlab chiqarish rasmiy ishlab chiqarishga nisbatan ko‘p jihatdan kam rol o‘ynamaydigan aralash turdagi iqtisodiy tizim yashirinadi, degan fikrga kela boshladilar. 7.1.8-jadval G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari, 1994 y., YaIM ga nisbatan % hisobida
Shunday qilib, 1980-yy. ga kelib, iqtisodchilar norasmiy iqtisodiy faoliyat (garchi har xil shakl va ko‘lamlarda bo‘lsada) hamma joyda - Janubda va Shimolda, G‘arbda va Sharqda mavjud ekanligiga ishonch hosil qildilar. Bu dunyoning istalgan mamlakatida norasmiy iqtisodiyot uchun umumiy va u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar uchun maxsus hisoblangan tahlillarga bag‘ishlangan maxsus iqtisodiy-komparativ tadqiqotlar uchun sharoit yaratdi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling