1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
- mavzu. Jaxon kriminal xo‘jaligi
Download 0.98 Mb.
|
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin
- mavzu. Jaxon kriminal xo‘jaligi
Zamonaviy jaxon xo‘jaligining shakllanishi, rivojlanishi va tarkibi. Jaxon xo‘jaligining kriminal “egizagi”. Xufyona jaxon xo‘jaligining asosiy turlari.SHimol va Janubning uzaro munosabatlaridagi kriminal global muammolar. Kontrabanda rivojlanishining sabablari va asosiy yunalishlari xamda turlari. Nolegal migratsiya rivojlanishining sabablari va asosiy yunalishlari. SHimol mamlakatlari rivojlanishining kriminal global muammolari. Jinoiy yo‘l bilan topilgan “poklab olish” va daromadlarni yashirish. Jaxon xo‘jaligining “kul rang xududlari” kriminal globallashuvning natijasi sifatida. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi” Zamonaviy jahon xo‘jaligida deyarli hech bir mamlakat boshqa mamlakatlardan alohida rivojlana olmaydi. Har bir mamlakatning iqtisodiyoti jahon xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Jahon xo‘jaligi, keng ma’noda, dunyodagi barcha milliy iqtisodiyotlarning murakkab jamlanmasi hisoblanib, unda murakkab sinergetik samaralar yuzaga keladi. Global iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib faqatgina alohida fuqarolar, firmalar va hukumatlar emas, balki mamlakatlar ittifoqi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ham namoyon bo‘lishmoqda. Milliy iqtisodiyotlarning jahon xo‘jaligida sekin-asta integratsiyalashuvi har bir mamlakat faravonligi nafaqat o‘z fuqarolarining iqtisodiy faoliyatidan, balki dunyoning boshqa chekkasidagi hodisalarga bog‘liqligiga olib keladi. Iqtisodiy globallashuv u yoki bu darajada barcha mamlakatlar va xalqlarga tegishli bo‘ladigan, hamda jahon hamjamiyatining birgalikdagi harakatlari bilan hal etiladigan global muammolarni yuzaga keltiradi. Undan tashqari dunyo sivilizatsiyasining mavjudligi va uning rivoji ushbu muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. 1970- yillarda global muammolarni o‘rganish endi boshlangan davrda eng muhim muammolar sifatida ekologik xususiyatga ega muammolar hisoblanar edi. Hozirgi kunda bu muammolar qatoriga ijtimoiy xususiyatga ega muammolar qo‘shilmoqda - qurolsizlanish uchun kurash, “boy Shimol” va “kambag‘al Janub” o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va boshqalar. Ijtimoiy global muammolar orasida jinoiy globalashuv188 muammosi katta mojaroga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jahon xo‘jaligi rivojiga sivilizatsiyalashgan jamiyatda qabul qilingan “o‘yin qoidalari”ga rioya qilmaydigan destruktiv kuchlarning ta’siri kuchayib bormoqda. Jinoiy globalashuv muammosi faqatgina transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terroristik tashkilotlarga tegishli emas. U yana jinoyatchilar uslubidan foydalanib, global miqyosda noqonuniy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qonuniy firmalar va qonuniy hukumatlar faoliyatlari bilan bog‘liqdir. Jinoiy globallashuv jahon xo‘jaligini ikkiga ajralishiga olib kelmoqda: bir tomoni - qonuniy, “oshkor” jarayonlar; ikkinchi tomoni - noqonuniy, yashirin jarayonlar. Qonuniy jahon xo‘jaligining deyarli barcha tarkibiy qismlari noqonuniy “egizak”ka ega bo‘lmoqda (10.1.1-jadval). 10.1.1-jadval
188 “Jinoiy globallashuv” tushunchasi yaqin vaqtlardan boshlab ishlatila boshlandi. Qarang: Jilin YU. Globalizatsiya v kontekste razvitiya sovremennoy sivilizatsii // Svobodnaya mыsl - XXI. 2002. № 4. S. 33. Turli transmilliy jinoiy faoliyatlarning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash kerak. Masalan, kolumbiyalik narkokartellar faqatgina kokain189 va geroin190 sotuvchilari sifatida emas, balki noqonuniy qurol sotib oluvchilar va pullarni yirik “poklab oluvchilar” hisoblanishadi. Xulosa qilish mumkinki, jinoiy globallashuv jarayonida qudratli jahon jinoiy xo‘jaligi - o‘zaro bog‘liq transmilliy jinoiy faoliyat turlari tizimi vujudga keladi. Jahon xo‘jaligining deyarli barcha institutlari yashirin xo‘jalik “egizaklar”iga ega. Masalan, agar qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblansa, ularning noqonuniy biznes dunyosidagi analogi bo‘lib, kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi. Agar qonuniy iqtisodiyotda internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada NAFTA) shakllanishiga olib kelsa, noqonuniy iqtisodiyotda esa milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi “Oltin uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi(qarang: 10.1.2-jadval). 10.1.2-jadval. Jahon xo‘jaligi institutlarining “egizaklari”191
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling