1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
Download 0.98 Mb.
|
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin
Korrupsion kelishuv - eng “oddiy” sxemalardan biri. U soliq xizmatchilari yoki fiskal organlarga ta’sir eta oladigan yuqori davlat hokimiyat organlari vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pora berib sotib olishni nazarda tutadi.
Institutsional fiksiyalar (soxtaliklar) - bu usul soxta korxonalarni (“qog‘ozdagi korxonalar” yoki uzog‘i bilan uch oy faoliyat yuritadigan “bir kunlik korxonalar”) tashkil etishga asoslanadi. Ular orqali soliqlarni aylanib o‘tib pul mablag‘larini naqdlashtirish amalga oshiriladi. So‘ngra ular soliq organlari tomonidan tekshiruvlar boshlanmasdan va buxgalterlik balansini topshirmasdan yopilib ketishadi. Shu kabi yo‘qolib ketadigan korxonalarga kreditlar ajratiladi, ularning hisob raqamlariga oldindan to‘lov rasmiylashtiriladi. Deyarli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, yopilish arafasidagi banklarga soliq to‘lovlari o‘tkaziladi. Bu holatlarning barchasida poralarsiz ham faoliyat yuritish mumkin, faqatgina soxta iqtisodiy institutlarni tashkil etish va qisqa muddatli faoliyat xarajatlarini qoplash kerak, xolos. Almashtirish o‘yinlari bir qism moliyaviy oqimlarni soya ostiga olib, qonuniy va noqonuniy faoliyatlar chegarasida ushlab turiladi. Shunday qilib, soxta operatsiyalar amalga oshirilganda moliyaviy hujjatlar mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarning korxona va vositachi yoki soxta firma o‘rtasidagi harakatlarini aks ettiradi. Masalan, hech kim yetkazib berishni hayol ham qilmagan mahsulot uchun pul o‘tkaziladi, soxta marketing xizmatlari uchun buyurtma beriladi, QQSni qaytarish imkonini beruvchi yolg‘ondakam eksport amalga oshiriladi, “tumovdan” sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mukofotlar to‘lanadi. Qonuniy va noqonuniy harakatlar chegarasida amalga oshirilayotgan soxta operatsiyalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan bosh tortishga quyidagi holat misol bo‘la oladi: turistik kompaniya o‘z asosiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir necha avtobuslarni sotib oladi, lekin ularni firma ta’sischilarining qarindoshlari nomlariga shaxsiy mulk sifatida rasmiylashtiradi, qarindoshlar, o‘z navbatida, yollangan haydovchilar nomiga avtobusni haydash bo‘yicha ishonchnoma beradilar va turistik firma bilan ushbu transport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzadilar. Natijada transport vositalari firma balansiga o‘tmaydi va soliqlar to‘lanmaydi. Shuni qayd etish kerakki, eng ko‘p qoidabuzarliklar optimallashtirish sxemalarini o‘ziga emas (ko‘pchilik hollarda ushbu sxemlar yuridik jihatdan puxta ishlangan bo‘ladi), balki ushbu sxemalarning hamroh sharoitlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, kichik korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish ko‘pincha tashkilot xodimlari sonini soxtalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Soxtalashtirishning mavjudligi ushbu sxemani avtomatik ravishda noqonuniy qiladi. Undan tashqari, noekvivalent ayirboshlashdan foydalaniladi. Bunda “tomonlar” uchun foyda keltirmaydigan shartnomalar tuziladi, kelishilgan holda va maqsadli ravishda qiymat proporsiyalari buzib ko‘rsatiladi. Buning uchun mahsulot va xizmatlarni bozor qiymatidan yuqori yoki past narxlarda sotish va sotib olish imkonini beruvchi barter ayirboshlashlari va o‘zaro hisob-kitoblar yordamida xarajatlarni qoplash tizimlaridan foydalaniladi: korxonalar o‘rtasida mahsulotlar sotiladigan pasaytirilgan transfert narxlari tizimidan foydalaniladi; nominal va bozor qiymati o‘rtasidagi farqda o‘ynaydigan veksellar muomalaga chiqariladi; likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan aksiyalar ayirboshlanadi; oldindan ma’lum oshirilgan foizlar bo‘yicha kreditlar beriladi. Masalan, korxona qoshida firmalar tashkil etilib, ularga korxonaning mahsulotlari shunchalik pasaytirilgan narxlarda sotiladiki, foyda nol darajada bo‘ladi. Soliq organlari foyda solig‘i to‘lanmayotganligi bo‘yicha da’vo qila olmaydilar. Firmalar esa mahsulotni bozor narxida qayta sotadi va asosiy ishlab chiqaruvchi korxona egasi bilan olingan foydani bo‘lishadi. Firmada bir necha kishi ishlayotganligi sababli kichik biznesga soliq imtiyozlaridan keng foydalanadi. Nihoyat, ayirboshlov o‘yinlarida oldindan rejalashtirilgan sanksiyalardan foydalaniladi - shartlarini bajarib bo‘lmaydigan shartnomalar bo‘yicha yirik jarima sanksiyalarini qo‘llash; shartnoma shartlarini ataylab bajarmaganlik natijasida garovdagi mol-mulkni o‘zlashtirish (qarang: 6.2.4-rasm). dasturi ishlab chiqilmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, bu borada qiymati 200 million dollar bo‘lgan to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan onlayn kassa loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Aksariyat iste’molchi mahsulot sotib olgach, xarid chekini talab qilmaydi: yo unutadi, yoki uni shunchaki keraksiz deb hisoblaydi. Ayrim sotuvchilar ham chekni taqdim etish haqida o‘ylamaydi. Bir qarashda oddiy va arzimasday ko‘ringan bu holat aslida bir qator muammolarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Xususan, xarid cheklarining talab qilinmasligi yoki taqdim etilmasligi nakd pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishi - “yashirin iqtisodiyot”ga zamin yaratadi. Shunga qaramay, sotuvchi va xaridorni xarid cheki masalasida birday mas’uliyatli qilishga erishish oson emas. Bunday vaziyatda eng maqbul tanlov - inson omili ishtirokini minimal darajagacha kamaytirish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalardir. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa ana shunday muhim vositalardan biri sanaladi. QR-kod mavjud bo‘lmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. Amaldagi nazorat kassa mashinasi orqali taqtsim qilingan ba’zi bir xarid cheklarida tovar yoki xizmatlarning nomi va mikdori aks ettirilmaydi. Qolaversa, chekning haqiqiyligini tekshirish imkoni ham yo‘q. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chop etuvchi fiskal chek esa bu masalada ham sotuvchi, ham xaridor uchun qulay. Ya’ni, unda tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, narxi aks etadi, Eng asosiysi, chekning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod mavjud. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chekdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida operatorga, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi bazasiga borib tushishini ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari bunday qurilmalarni mustaqil sotib olishi mumkin. Biroq, onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalarni xarid qilishdan avval ushbu qurilma yoki dasturiy mahsulotni Davlat reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganini tekshirish lozim, Tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanish uchun Davlat reyestriga kiritilgan ixtiyoriy texnik xizmat ko‘rsatish markazidan ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” markazi arizachining murojaati asosida u bilan shartnoma imzolaydi, taqdim etilgan hujj atlar va shartnoma nusxasini maxsus axborot tizimi yordamida Davlat soliq xizmati organlariga yuboradi. Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tizimga o‘tishi majburiy. Faqat bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. yilning 1 martidan boshlab Toshkent shahrida onlayn- nazorat kassa mashina va virtual kassalarni keng qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi o‘tkazildi. Natijada 385 mingdan ortiq xarid cheklarida jami 72 milliard so‘mdan ziyod tovar aylanmalari amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi axborotlar Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida qayd etildi. yil 1 yanvardan onlayn-nazorat kassa mashinalari va virtual kassa tizimi respublikamizning barcha hududlarida bosqichma- bosqich joriy etila boshlandi. Xususan, 2020 yil yanvardan 20 909 ta alkogol, tamaki, dori vositalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari; yil 1 avgustdan 1 200 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari; yil 1 yanvardan 21 600 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan, jami 2020 yil yakuniga qadar 43 700 ta tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu muddatlar tugagandan keyin onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydadanmasdan tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatishda chek takdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan chekparni takdim qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Ta’kidlash joiz, mazkur talablar olis hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etilmaydi. Ularning ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojpantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlikpari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Onlayn Nazorat kassa mashinasi (NKM) yoki virtual kassa tizimiga o‘tish davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bunday raqamli texnologiyalar orqali xufyona iqtisodiyot ulushi qisqaradi. Tadbirkorlik sub’ektlari va Davlat soliq xizmatlari organlari xodimlari bilan bevosita aloqalar kamayib korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumotlar ishonchliligi kafolatlanadi. Soliq bazasi kengayadi. Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa foydali. Ular amaldagi fiskal xotirali nazorat kassa mashinalarni ishlatish majburiyatidan xalos bo‘lyapti. Kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish, uning kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyati bekor qilinyapti. Tadbirkorlik sub’ektlari kunlik o‘rtacha nakd pul tushumi mikdoridan qat’i nazar, naqd pullarni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, onlayn-nazorat kassa mashinasini sotib olish, joriy qilish xarajatlarini soliq hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorigacha kamaytirish imkoniyati yaratildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa”ning bazaviy qismi bepul taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalardan foydalanish tizimining eng asosiy yutug‘i xalqimiz hayot tarzini yengillashishi, turmush sifati yuksalishi bilan bog‘liq. Zero, ushbu tizim mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Sohada jamoatchilik nazorati kuchayishiga zamin yaratadi. Xaridorlarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada kafolatlanadi. Pirovardida “yashirin” iqtisodiyotning yana bir kushandasi bo‘lgan tizimga aylanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat deb xulosa qilishimiz mumkin: jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq yukini yanada kamaytirish; soliqlar sonini kamaytirish va oqilonalashtirish; soliq stavkalarini maqbul darajada pasaytirish; soliqqa tortish bazasini kengaytirish; soliq imtiyozlarini keskin kamaytirish va oqilonalashtirish orqali tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratish; biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish; soliq ma’murchiligini takomillashtirish, “raqamli iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish; mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish; soliqdan qochish va bo‘yin tovlash holatlari uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish. Nazorat savollari: Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda nimani tushunasiz? Soliqlardan qochish deganda nimani tushunasiz? Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning sabablarini izohlang. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalardan iborat? Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning qanday strategiyalaridan foydalaniladi? Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda qanday usullardan foydalaniladi? Offshor zona va offshor kompaniya deganda nimalarni tushunasiz? Offshor kompaniyalar soliqlardan qochish uchun qanday usullardan foydalaniladi? Amaliyotda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning qanday misollarini keltira olasiz? Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarga barham berish uchun Sizningcha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?, deb o‘ylaysiz Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling