1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
Download 0.98 Mb.
|
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin
Jinoyatchilik va madaniyat.
Ilgari ta’kidlanganidek, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi neoinstitutsional nazariya bo‘lib, ma’naviy-etik baholashlar va g‘oyaviy og‘ishlardan tubdan voz kechishga tayanadi (umuman, neoklassiklar kabi) Neoinstitutsionalistlar uning kuchi mana shunda, deb hisoblaydilar. Ammo uning ojizligi ham mana shunda bo‘lishi mumkinmi? Amerika madaniyati uchun hayotning barcha tomonlarini bunday mahalliy monetarizatsiyalash to‘la tabiiy va umumqabul qilinganligi bilan kelishish mumkin. Ammo shu singari yondoshuvlar boshqa madaniy an’analarning vakillari tomonidan o‘zlashtirilishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, u holda yangi iqtisodiyot nazariyasi “intellektuallar uchun o‘ziga xos o‘yin”ni yuzaga keltirib, riskka boradi yoki yaxshi vaziyatda faqat Amerika madaniyati uchun shunday immanent hodisa bo‘lib qolishi mumkin, aytaylik, beysbol yoki “siyosiy korrektorlik”. Agar jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasini madaniylashgan hodisa sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, bu yangi nazariyani nafaqat ommaviy, balki hatto ilmiy tafakkurga ham moslashtirish qiyinchiliklaridan dalolat beradigan ko‘pgina holatlar sezilarli bo‘lib qoladi. Xususan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga maqbullashtirish tamoyili qo‘llanishining o‘zi ham ahloqiy noroziliklarni keltirib chiqaradi. “Majburlashsiz maqbullashtirish amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar barcha shakllarining samaradorligini o‘lchash uchun asos bo‘la olmaydi, - mashhur fransuz iqtisodchi-kriminologi Per Kopp shu nuqtai nazarni qo‘llab- quvvatlaydi. - Masalan, natija ko‘pincha binar oppozitsiya - mag‘lubiyat (halokat) yoki g‘alaba (muvaffaqiyat) da ifodalanadigan harbiy sohada aniqlanadigan foydaga nisbatan xarajatlarni tejash mantiqning asosiy tavsifi hisoblanmaydi»14. Hatto Amerika iqtisodchilari orasida ham ratsionalizm yangi iqtisodiy nazariyasi har doim ham anglab yetilavermaydi. Yetakchi Amerika neoinstitutsionalisti Gordon Tallok yo‘llarda mashinalar harakatining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilishni takomillashtirish tadbirlarini muhokama qilish paytida yuzaga kelgan o‘ziga xos vaziyat to‘g‘risida o‘z maqolalaridan birida hikoya qiladi. Yo‘l komissiyasi ishida qatnashuvchi nazariyachi - iqtisodchi fatal avtohalokatlar narxlarini aniqlash va uni harakatlanish tezligi cheklanishlaridan avtomobilchilarning yo‘qotishlari bilan taqqoslash tamal toshi bo‘lishi kerakligini tez anglab yetdi (Mazkur masalalaning keyingi yechimi Fillips-Voti-Eskridjning modelidan kelib chiqadi). Biroq shu kabi masala muhokamaga qo‘yilmadi ham, shu sababli iqtisodchi masalaning bunday qo‘yilishi injenerlarda (ayniqsa, havaskorlik bilan) tushunishni keltirib chiqarmadi va mohir iqtisodchi bu irratsional javobni ma’qulladi. «U o‘limlar soni va o‘z sharoiti o‘rtasidagi nisbatni aniqlashni, ularni yo‘llarni modernizatsiyalash bilan shug‘ullanadigan kishilarga to‘g‘ri tushuntirishni xohlamadi, shu bilan bir qatorda, buni men bilan muhokama qilishni ham xohlamadi», - G.Tallok shunday ajablanish hissi bilan o‘z hamkasblarining j avobini yetkazadi15. Biroq agar o‘ylab ko‘rilsa, bu yerda hech qanday hayron qoladigan narsa yo‘q. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiy nazariyasi oxir- oqibat “butun dunyoda, shu jumladan, inson hayotida ham narxlar mavjudligini” aniq e’tirof etishga majbur qiladi. Shunday pul ultraratsionalizmi amalda barcha madaniy an’analarda, diniy va dunyoviy marosimlarda qo‘llaniladi. Shu sababli bunday fikr- mulohazalardan madaniylashgan falajni nafaqat mutaxassis bo‘lmaganlar, balki intellektual oziqlangan iqtisodchilar ham boshdan kechirmoqdalar. Va nihoyat, Amerika iqtisodchilari nazariy tavsiyalari va Amerika ma’muriyatining amaliy xatti-harakatlari o‘rtasida sezilarli tafovut ko‘zga tashlanadi. Iqtisodchilar 1960 yillardan boshlab uyushgan jinoyatchilik va narkotiklarni qisman legallashtirishning samaradorligi to‘g‘risida ishonch bilan ta’kidlamoqdalar. Haqiqatan ham, 1980-1990 yillarda FBR “Koza Nostra”ga bosim jiddiy kuchaydi (Jon Gottining ishini eslash yetarli16), Lotin Amerikasi narkokartellari bilan “urush” esa AQSh hukumati siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanmaydi17. Bu nima, yetarli malakali bo‘lmagan ma’muriyatning ommaviy o‘z-o‘ziga ishonishimi? Yoki hatto Amerikada ham fuqarolar huquqiy siyosatning ko‘p darajada iqtisodiyotdan tashqari mezonlar bo‘yicha muvaffaqiyatlari va halokatlari to‘g‘risida fikrlashga moyilmi? Qo‘yilgan savollarga bir xil javob berish hali mumkin emas. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari rivojlanishining o‘ttiz yili jamiyatga yangi ilmiy oqim munosabatining aniqlanishi uchun yetarli, jamiyatning bu oqimga munosabati aniqlanishi uchun esa yetarli bo‘lmagan muddatdir. Quyidagini ta’kidlash mumkin: jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti konsepsiyalari “pul” ratsionalligi neoklassik Ekonomiksi uchun an’anaviy doirada uzviy bo‘lib, bu o‘z navbatida, protestantlik ahloqi Islohoti davrida vujudga kelgan aks sadolardan biridir. Bugungi kunda uning XXI asrning boshlarida mazkur ratsionallikning yagona bo‘lmagan turi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari boshqa madaniyatlarga qay darajada moslashgan bo‘lishi mumkinligini keyingi tadqiqotlar ko‘rsatadi. Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G.Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi. Inter-American development bank tadqiqotchisi Laura Jautmanning fikriga ko‘ra jinoyatga xarajatlar quyidagi uch tasnifga ega: Jinoyatlarga ijtimoiy xarajatlar (sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan jinoyatchidan jabrlanuvchiga undiriladigan yoki davlat tomonidan qoplab beriladigan harajatlar) Xususiy sektor xarajatlari (jinoyatlarga qarshi kurashish, xususan, xavfsizlik xizmatiga yo‘naltiriladigan xususiy sektor qatnashchilarining mablag‘lari) Hukumat xarajatlari (Davlat organlari, xususan, militsiya, sud-huquq tizimi va qamoqxonalar uchun sarflar) Jinoyatlarga qarshi kurashish hamma davlatda har xil yondashuvlarga asoslanadi. 2014-2017-yillar davomida tadqiqotchilar Karib dengizida va Janubiy Amerikada joylashgan 17 ta mamlakatda tadqiqotlar olib bordi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu mamlakatlar jinoyatlarga qarshi kurashish uchun YaIM ning o‘rtacha 3 % iga teng mablag‘ni sarf etar ekan. Bu ko‘rsatkich eng yuqori 3.57 % ni va eng past 2.41 % ni tashkil etgan. Bir yil mobaydida esa ushbu 17 ta davlatda jinoyatchilikka qarshi kurash uchun 174 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘lar sarf etilgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling