1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi
Iste'molchi xatti-harakatlarini estetiklashtirish
Download 320.03 Kb.
|
1-mаvzu xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- M. Featherstonening
- S. Lesh va D. Urri
Iste'molchi xatti-harakatlarini estetiklashtirishIste'molni estetiklashtirish iste'mol tovarlari to'plamini tanlashga ijodiy yondashishdan iborat bo'lib, san'at va kundalik hayot o'rtasidagi chegaralarni yo'qotadi va kreativ iste'molda o'z ifodasini topadi. Ingliz tadqiqotchisi M. Featherstonening fikricha, yangi jamiyatni xarakterlovchi eng muhim xususiyat inson hayotini estetiklashtirishning iste'mol xususiyatlariga ulkan ta'siri hisoblanadi. Bu hodisaning sababi ikki tomonlama transformatsiyada yotadi: birinchidan, kundalik hayot ob’yektlari badiiy ob’yektlarga aylanadi (masalan, art hause, san'at uyi); ikkinchidan, oddiy iste'molchilar kiyim-kechak, tashqi ko'rinish, uy jihozlarida (gotika, xay-tek, yuqori texnologiyali, zamonaviy va boshqalar) o'z xohishiga ko'ra ma'lum bir uslubni tanlab, kundalik hayotidan ma'lum bir estetik loyiha qilishga intiladi. Bu jarayonlar nafaqat estetik mahsulotlar ishlab chiqarish, balki moddiy ne'matlar tarkibidagi belgi qiymati yoki imidj komponentining ortishi bilan ham bog'liq. Demak – mahsulot, ayniqsa uzoq foydalaniladigan ne`matlar qiymatini yaratishga dizayn hissasining oshishi, inson hayotining mikro muhitini yaratadi. Brendlash mexanizmi orqali narsalarga belgilar xossalari beriladi va iste'molchilar estetiklashtirish va brending agenti rolini o'z zimmalariga oladilar. S.Maylz o'z tadqiqotida dizaynning intensiv rivojlanishining sababi iste'molchining iste'mol orqali o'zini-o'zi realizatsiya qilish, o'zini-o'zi amalga oshirish istagi bilan bog'liqligini ham qayd etgan. S. Lesh va D. Urri ishlarida zamonaviy jamiyat, belgilar, tasvirlar, ma'lumotlar oqimi, shuningdek, estetik refleksivlik jamiyati sifatida talqin qilinadi. Mualliflarning ta'kidlashicha, tuzilmalar oqimlar bilan almashtiriladi, shu bilan birga insonning atrofdagi dunyoga nisbatan refleksivligi kuchayadi, bu quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi: 1) estetik, o'zini o'zi identifikatsiya qilish, ijtimoiy amaliyotni o'z-o'zini talqin qilish va his-tuyg'ular baholash bilan bog'liq; 2) kognitiv, o'z-o'zini nazorat qilish va ijtimoiy va tarkibiy rollarni bilish va aql orqali taqqoslash funktsiyasini bajaradi. Ijtimoiy tuzilmalar o'rnini tarmoq oqimlari bo'lgan axborot-kommunikatsiya tuzilmalari egallaydi. Strukturaviy oqimlar va tasvirlar, belgilar, belgilarning to'planishi estetik refleksivlik sharti, axborot oqimlari kognitiv refleksivlik sharti hisoblanadi. Iste'molni estetiklashtirish rolining oshishi did va imtiyozlarni individuallashtirishga, shaxsiy identifikatsiyaga muvofiq iste'molchi tanlovining oshishi, iste'mol va madaniy kapitalni to'plash jarayonida vaqt qiymatining oshishi, iste'molchi harakatchanligining ortishi bilan, ayniqsa, dam olish tovarlari, estetika bilan bog'liq iste'molchi infratuzilmasining yangi ob’yektlari va sub’yektlari tarmog'ining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Tadqiqotchilar iste'molni estetiklashtirishning ba'zi tendentsiyalarini ajratib ko`rsatishadi: Kommodifikatsiya (Tovarlashtirish)- buyumlashtirishning tizimli jarayoni, iste'mol mexanizmini ilgari bozor bo'lmagan hududlarga ekstrapolyatsiya qilish yoki tovar bo'lmagan ne`matlarni bozorda erkin ayirboshlanadigan va qiymatga ega bo'lgan tijorat tovariga o'tkazish. Sport, siyosat, san'at, armiya, tibbiyot, ta'lim va hatto inson tanasi (inson organlari bozorining shakllanishi) zamonaviy iste'mol ob’yektiga aylandi. Kooptatsiya- tashqi va ramziy ma'noga ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o'rnatish, zamonaviy jamiyatda belgilar va tasvirlarning tez tarqalishi, ularni manipulyatsiya qilish, real hayotni quruvchi illyuziya dunyosini yaratish. Konfortizm- hayot, mehnat, tabiiy, ijtimoiy muhit, sog'liq, ta'lim va inson huquqlari kafolatlarini shakllantirish. Ushbu tendentsiya kundalik hayotni texnotizatsiya qilish, tovarlarni miniatyuralashtirish, bir marta ishlatiladigan idishlardan keng foydalanish va qulay hayot belgilari bilan bog'liq maishiy xizmatlarning ko'chkisi kabi o'sishini o'z ichiga oladi. Iste'mol madaniyatlashtirishi- bu yangi iste'mol amaliyotlarida o'z ifodasini topadi, bu erda turmush tarzi tanlangan estetik loyihaga bo'ysunadi va kundalik hayot san'at sohasiga aylanadi. Aniqlangan tendentsiyalar iste'molchining xohish-istaklarida iz qoldiradi, Download 320.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling