1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


“Pul” xatti-harakatlarining tipologiyasi


Download 406.21 Kb.
bet62/89
Sana08.11.2023
Hajmi406.21 Kb.
#1756554
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Bog'liq
1-mаvzu xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi-fayllar.org

“Pul” xatti-harakatlarining tipologiyasi


O'tkazilgan eksperimental va laboratoriya tadqiqotlari asosida pul komplekslarining tasnifi ishlab chiqilgan va quyidagi beshta "pul" shaxs turlari aniqlangan.

"Xasis" pulni tejaydi, buning o'zi uni hayajonlantiradi. U ko'pincha yo'qotish qo'rquvini (pul, narsalar, aktsiyalar, resurslar, mablag'lar) va boshqalar tomonidan unga ishonmaslik qo'rquvini boshdan kechiradi. Xasis puldan ne'mat (boylik) sifatida emas, balki pul yordamida xavfsizlikga ega bo’lish mumkin deb zavq oladi.
"Xarajatchi" o'z xarajatlariga nisbatan majburiy (kompulsiv) va nazoratsiz xatti- harakatlarni namoyish etadi, ayniqsa depressiya, ahamiyatsizlik hissi va rad etilganlik hissi davrida. Tratogolizm - uning qisqa muddatli farog’ati bo'lib, oxir- oqibat aybdorlik tuyg'usini keltirib chiqaradi.
"Pul xaltasi" (qopi) butunlay pul topish bilan mashg’ul. Ko’p pul yuksak maqomga erishish va boshqalarning e’tirofiga erishishning eng yaxshi usuli sifatida ko'riladi. U qanchalik ko'p pulga ega bo'lsa, atrofdagi dunyoni boshqarish qobiliyati shunchalik yuqori bo'lishiga va u shunchalik baxtli bo'lishiga amin.
Savdogar” muttasil ravishda arzon narsalarni qidiradi, hatto unga kerak bo'lmasa ham. Chunki kamroq pul evaziga narsalarga ega bo’lish unga ustunlik hissi beradi. Agar so'ralgan narxni to'lash kerak bo'lsa, u g’azablanadi va kayfiyati tushadi.
"O'yinchi" qiyinchilikni qabul qilar ekan, o'zini ko'tarinki va optimistik his qiladi. G'alabadan kelib chiqadigan kuch tuyg'usi va uni kutish mag'lubiyat xavfini qoplaydi. Mag'lubiyat va g'alabalar zanjirida to'xtash hayotiy qiyinchilik sifatida qabul qilinadi.
Klinik materialda aniqlangan pulga bo'lgan munosabat va "pul" xulq-atvorining xususiyatlari, shuningdek, uning o'ziga xos xususiyatlarini haddan tashqari
kuchaytirish yoki urg’u (e’tibor) berish shaklida taqdim etiladi, bu esa shaxsning boshqalarga yaxshi qarshilik ko'rsatgan holda ma'lum bir psixogen ta'sirga nisbatan tanlangan zaifligini ko'rsatadi. Shunday qilib, odatda pulga nisbatan xulq-atvor ham har doim yetarli munosabat namoyish ettirilmaydi, u bo'rttirilishi, alohida jihatlariga qattiq urg’u berilishi mumkin. "Pul" shaxs turining tavsiflangan urg'ulari shaxslararo muloqotning turli kontekstlarida va birinchi navbatda oilaviy munosabatlarda, shuningdek, ish joyidagi odamlar o'rtasidagi biznes munosabatlarida namoyon bo'ladi.

  • Download 406.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling