1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja
O‘smirlarning ma’naviy-axloqiy va huquqiy me’yorlar haqidagi tushunchalari psixodiagnostikasi
Download 244.82 Kb.
|
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet
O‘smirlarning ma’naviy-axloqiy va huquqiy me’yorlar haqidagi tushunchalari psixodiagnostikasi
Psixodiagnost shaxsi avval, ijtimoiy me’yorlar umumiy nazariyasini tarkibiy qismlaridan bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlar haqidagi bilimga ega bo‘lishi kerak. Ma’naviy-axloqiy me’yorlar – bu jamiyatda o‘zaro muloqot uchun qabul qilingan xulq-atvor qoidalari bo‘lib, ular aholining katta qismi orasida hayotiy odatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy me’yorlar insonlar har bir aniq voqelikka nima deb, qanday harakat qilishi kerakligining namunasi. Sodda qilib aytganda, axloqiy me’yorlar ma’naviyat, axloq, etika, dinshunoslik nuqtai nazaridan nima oq-u, nima qora, nima mumkin-u, nima mumkin emas degan savollarga javob beradi. Huquqiy me’yorlar – bu insonlarning qonunlar, huquq, burch va vazifalarini to‘liq anglay bilib, qilgan hatti-harakatlaridir. Huquqbuzarlik deganda - jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qilmish yoki harakat tushuniladi. Ma’naviy, axloqiy ijtimoiy me’yorlarni buzgan kabi, o‘smirlar ko‘pincha huquqiy me’yorlarni buzib turishsa, bu deviant xulq xususiyatlaridan biridir. Har bir tekshirilayotgan o‘smir bilan suhbat boshidanoq do‘stona munosabat o‘rnatish darkor. Psixolog suhbat uchun shunday iliq muhit yaratishi kerakki, o‘smir bu muhitda o‘zini yaxshi va erkin his qilsin. O‘smirning shaxsiy muammolari aniqlangandan so‘ng, ular bilan insonlar, jamiyat hayotida axloqiy va huquqiy me’yorlarning o‘rni mavzuida suhbat o‘tkazish darkor. Shu narsani ta’kidlash kerakki, insonlar orasida o‘zaro muomala bevosita ularning ishida, o‘qishida, uyda, oilada nechog‘liq axloq me’yorlariga rioya qilishlariga chambarchas bog‘liqdir. O‘smirga o‘zining huquqi va burchini tushuntirish, o‘z hatti-harakatlariga o‘zi javob berishini ham aytib o‘tish kerak. Yuqoridagi holatlarni psixolog deviant xulqli yoshlarning axloqiy-huquqiy me’yorlarini tahlil-tashxis qilayotganida e’tiborga olish zarur. Yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatlar davomida deviant xulqli o‘smirlar namoyon qilgan tahliliy ko‘rsatkichlari, nomsiz anketa so‘rovnomasi javoblari orqali to‘ldirish mumkin. Shu maqsadda tuzilgan anketa so‘rovnomalari savollari 20 tadan ortiq bo‘lmay, quyidagi axloqiy va huquqiy me’yorlar haqida tushunchalarni qamrab olsa, maqsadga muvofiqdir: jamiyat talab qilayotgan axloqiy va huquqiy xulq me’yorlarini bilishi; o‘smirning hayotiy qadriyatlari mezoni; o‘z hatti-harakatidagi xatolik va huquqbuzarlik darajasini idrok etish; o‘qituvchilarga, ota-onalarga, oilaning boshqa a’zolariga bo‘lgan o‘z munosabatini baholay bilish; sinfdosh va ko‘chadagi do‘stlariga uning munosabati va ularning o‘smirga bo‘lgan munosabatiga baho bera olish; deviant xulq namoyon qilishga moyilligini idrok etish; o‘z sifatlariga, qobiliyat va imkoniyatlariga, o‘z shaxsiyatiga baho bera olish; maktabdagi o‘qishiga, o‘z sohasidagi va hayotiy yo‘lidagi kelajagiga bo‘lgan munosabat. Download 244.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling