1-mavzu. Yangi davr g‘arb falsafasi kursining predmeti va vazifalari (2 soat). Reja
Download 163.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу. Толланд
1-MAVZU. YANGI DAVR G‘ARB FALSAFASI KURSINING PREDMETI VA VAZIFALARI (2 soat). REJA: 1. Yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi kursining predmeti va vazifalari. 2. Yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi kursining о‘ziga xos xususiyatlari. 3. Yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi kursining jahon falsafasi rivojiga qо‘shgan hissasi. Falsafa tarixida Yangi davr G‘arb falsafasi alohida о‘rin tutadi. Bu davr falsafasi g‘oyat murakkab va xilma-xil fikrlarga boy bо‘lib, turlicha maktablar va qarashlarni о‘z ichiga oladi. Bu davrda insonlar hayotida, ong taraqqiyotida, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda misli kо‘rilmagan tarixiy voqealar bо‘ldi. Bular barchasi insonning dunyoga bо‘lgan munosabatini о‘zgartirib, dunyoni yangicha chuqurroq о‘rganish va bilimni hayotga tatbiq qilishga undadi. Ayni vaqtda insonning tutgan о‘rnini, mohiyatini, о‘zligini va ichki dunyosini tо‘laroq о‘rganishga imkon yaratildi. Tabiatshunoslik rivoji shunchalik ilgarilab ketdiki, mikro va makrodunyoni tadqiq qilish, kosmosga odam uchirish kabi masalalar insonni hayratga solarli darajaga yetdi. Shu bilan birga tabiatshunoslikning rivoji yangi-yangi muammolarni ham keltirib chiqardi. Bular ichida inson muammosi, xususan, uning ichki dunyosi, borlig‘i, mohiyati va uning falsafiy tahlili kabi masalalar dolzarbligi bilan faylasuflar diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. G‘arbiy Yevropada iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar: Qishloq xо‘jaligida – lendlordizm-yirik yer egalarining mavjudligi; Ishlab chiqarishda – mayda hunarmandlarning о‘rnini manufakturalar egallaydi. XVIII asr ikkinchi yarmida manufakturalarni о‘rnini fabrikalar egalladi – bu ijtimoiy munosabatlarni о‘zgartirib yubordi. Burjuaziya boy bо‘lib, mavqei mustahkamlanib bordi. Ichki-tashqi oldi-sotdi munosabatlari rivojlandi; Shaharlar kо‘paydi, aloqa yо‘llari, vositalari rivojlandi. Siyosiy hayot: 1688-1689 yillarda davlat tо‘ntarilishi bayrog‘i ostida; Yirik mulkdor-aristokratlar bilan yirik burjuaziya о‘rtasida kelishuv munosabatlari mavjud; Ularning dunyoqarashi deistik xarakterga ega bо‘ldi; Ortodoksal xristianlikni inkor etadilar va “tabiiy din” tarafdori bо‘ladilar; Xudoni tabiat va jdamiyat hayotiga aralashuvi inkor etiladi; Diniy e’tiqodni g‘ayritabiiy manbalari tanqid qilinadi; Ingliz ma’rifatchiligining asosiy xususiyatlari – dinni deizm pozitsiyasidan turib inkor etadilar; “Xudo – shaxssiz dunyoning birinchi sababidir.” Ingliz hurfikrligi va ma’rifatparvarligi cherkovga qarama-qarshi turadi; Anglikan cherkovi aqidalari davlat dini sifatida, maktab va universitetlarda katta ta’sir kuchiga ega edi. 1689 yilda “E’tiqodiy bag‘rikenglik akti” qabul qilindi, ya’ni anglikan cherkoviga tegishli bо‘lmagan shaxslarni huquqlarini tan olinishi (nonkorformist) – lekin ular kо‘pgina fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar; Davlat tashkilotlarida ishlay olmas edilar; Faylasuf-deistlar ham quvg‘inlikka uchraganlar; Olimlar va yozuvchilar ham; XVIII asr ingliz falsafasining asosiy xususiyati – Gobbs va Lokk falsafasini tarafdorlari – Toland, Kollinz, Pristli. Idealistik bilish nazariyasini rivojlantiruvchilar – Berkli, Yum. Mazkur davrda о‘z ta’limotlarini keng yoyilishini istagan ma’rifatparvarlar о‘z g‘oyalarini sodda-tushunarli shaklda ifodalashga harakat qilganlar.Ularning fikriga kо‘ra, baxtsizlikning asosiy sababi insonlarning johilligidadir, deb bilganlar. Shuning uchun ham ulardan qutulish uchun xalqni ma’rifatli qilish kerak, deb hisoblaganlar. Ma’rifatparvarlar ta’limotining asosida insoniy tafakkur qudratiga katta ishonch yotar edi. Faqatgina ana shu qudrat hayotni о‘zgartirishga qodir. Shuningdek ular din va cherkovni qat’iy tanqid qilganlar. Din va cherkov insoniy tafakkur rivojini cheklaydi, erkinligini bо‘g‘adi, deb hisoblaganlar (1-jadval). bо‘lgan intilishi va qondirilishi. Download 163.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling