1-mavzu. Yangi davr g‘arb falsafasi kursining predmeti va vazifalari (2 soat). Reja


Download 163.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.01.2023
Hajmi163.02 Kb.
#1106289
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу. Толланд

Hurfikrlik va dinning tanqidi: 

Lokk ingliz ingliz hurfikrligining otasi. 

Toland dinni deizm va materializm pozitsiyasidan turib tanqid qiladi; “Sirsiz 
xristianlik”da mistitsizm, diniy irratsionalizm qarshi chiqadi. Vahe bu tarixiy 
ma’lumotdir; 

Tafakkur va e’tiqod munosabatini tahlil qiladi; e’tiqod – bu haqiqiy bilim, 
uni mantiqiy asoslanishi zarur. Bunday bilim diniy e’tiqoddan ustun turadi. 

Tafakkurga zid narsa mо‘jiza emas. 

Bir tomondan dinni ratsional mazmun bilan tо‘ldiradi; ikkinchi tomondan 
xudoni insonga va dunyoga bо‘lgan imkoniyatini maksimal darajada 
chegaralaydi. 

Ilk xristianlik aqlli va tushunarli din sifatida о‘ylab topilgan. 

Tafakkurga zid bо‘lmagan, keyinchalik ruhoniylar tomonidan buzilgan; 
cherkov xodimlari haqiqiy mohiyatini buzganlar – bu xristianlikning 
bajariladigan amallari orqali namoyon bо‘ladi, masalan, chо‘qintirish, 


poklash, chо‘qinish, duo о‘qish, iqror bо‘lish, butlarga sig‘inish, gunohni 
sо‘rash va h.k. – aynan shu amallar xristianlikni buzgan. 

Toland birinchilardan bо‘lib xristianlikning tarixiy evolyusiyasini tahlil 
qiladi. 

Dastlab xristianlikka iudaizm, ma’jusiylar elementlari, tushunchalari, antik 
davr falsafasining tasavurlari (platonizm orqali) kirib qolgan. 

Xristianlik davlat dini darajasiga kо‘tarilgan sari uning sirlarga aylanishi 
ham rivojlanadi, chunki ruhoniylar о‘z mavqelarini mustahkamlashda ana 
shundan foydalanadilar. 

Ikkinchi sabab xalq ommasining bilimsizligi shunga yо‘l ochib bergan. 

“Sirenaga maktublar”da – birinchi 3 ta maktubida jonning abadiyligi tanqid 
qilinadi. 

4-5 maktublari falsafiy mazmunda yozilgan; materiya va harakatga 
bag‘ishlangan. Harakat – materiyaning ajralmas xususiyatidir. Materiyaning 
о‘zi passiv va harakatsizdir. Harakat mutlaq xarakterga ega, faoldir; 
о‘zgarishlarning subyekti va tabiatning turli-tumanligining namoyoni 
sababidir. Keng ma’noda harakat materiyani harakatlantiruvchi kuchidir; tor 
ma’noda harakat makonda narsalarning о‘rin almashishidir yoki makoniy 
harakatdir. Toland materiyaning atributiv xarakterini gapirib, Spinozaning 
ontologiyasini tanqid qiladi. Spinozaning substansiya о‘z-о‘zini sababi 
degan ta’limotini yetarlicha tushunib yetmaydi. Spinozada substansiyaning 
atributlari: kо‘lam va tafakkurdir, harakat uning modusi. 

Toland fikriga kо‘ra, dunyoviy materiya abadiy tо‘xtamas harakatda. 

Materiyani doimiy bir-biriga aylanishi, о‘tishi, о‘zgarishi – dunyoni 
kengayishi va kamayishiga olib kelmaydi. Bundan materiya dialektik о‘z-
о‘zidan harakatni asoslaydi. Toland birinchilardan bо‘lib materiyaning 
atributivligini isbotlaydi. 

Download 163.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling