1 mavzu. Yo‘l harakatini tashkil etish fanining maqsad va vazifalari. Reja


Download 259.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi259.04 Kb.
#1004301
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 3

 
 


 
 
 
3.YHTE tashkil etuvchi omillari: YHTE sohasida me’yoriy hujjatlar ishlab 
chiqish, transport vositalarini ishlab chiqish, ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini 
loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qonun hujjatlari 
talablarini amaliy qo‘llanilishi. 
 
“Avtomobil- haydovchi- yo‘l-piyoda-muhit”, tizimining o‘zaro bog‘liqligi. 
Avtomobil yo`llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi mexanik va 
mexanik bo`lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki harakatda 
bo`lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim mavjuddir. Bu 
tizim yo`l harakati deb ataladi. Yo`l harakatining muammolari va maxsus tomonlari, 
eng avvalo, “Avtomobilhaydovchi-yo`l-piyoda” tizimi orqali belgilanadi. Ular o‘z 
navbatida atrof-muhitda faoliyat ko‘rsatadilar (1.1- rasmga qarang). 14 1.1-rasm 
“Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda - muhit” tizimi Tizimga quyidagi tashkiliy 
qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y (yo‘l), P (piyoda), M (muhit). Bu 
tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko‘rsatibgina qolmasdan, atrof-muhit bilan 
ularning har biri chambarchas bog`liq bo`ladi. Muhit deb atrof-muhitning yo‘l 
harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri tushuniladi va u quyidagi omillardan 
tashkil topadi: ob-havo (metrologik ko‘rinish, yog‘ingarchilik, shamol, harorat); 
tabiiy landshaft (tekislik, qir-adirlar, tog‘lik, yer osti-usti suvlari va h.k.); mexanik 
(shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.) “A-H-Y-P-
M” tizimida mexanik “Avtomobil-yo‘l” (A-Y) va biomexanik “Haydovchi 
avtomobil” (H-A), “Haydovchi-yo‘l” (H-Y), “Piyoda-Avtomobil” (P-A) va 
“Piyodayo‘l” (P-Y) hamda biologik “Haydovchi-piyoda” (H-P) tizimlarini ajratib 
ko`rsatish mumkin. “A-Y-H-P-M” tizimi optimal ravishda faoliyat ko‘rsatishda 
tizimdagi avtomobil, haydovchi, yo‘l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarining 
alohida hamda ularning birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P, A-P va boshqa tasniflari katta 
ahamiyatga ega. Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) 


yo‘l harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik 
o`lchamlari tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va yengil 
boshqarilishi muhim o‘rin egallaydi. Avtomobil yo`li “A-Y-H-P-M” tizimi 
faoliyatiga o‘zining geometrik elementlari o‘lchamlari va transport-ekspluatatsion 
sifatining o‘zgarishi orqali ta’sir etadi. Yo‘l harakati xavfsizligi eng avvalo 
haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog‘liq. 
Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l harakati qoidalarini 
mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida harakat 
xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi. AHYP AP YP AH HY H А Y P Harakat 
муҳити 15 Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l 
harakati xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda “A-H-Y-P-M” tizimdagi har 
bir tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini 
optimallashtirish orqali erishish mumkin.

Download 259.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling