1 mavzu. Yo‘l harakatini tashkil etish fanining maqsad va vazifalari. Reja


Yo‘l harakatini faoliyat ko‘rsatishining tizimli harakteri


Download 259.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi259.04 Kb.
#1004301
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 3

2.Yo‘l harakatini faoliyat ko‘rsatishining tizimli harakteri 
Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payishi kuzatilmoqda. 
Bunday holat birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iktisodiyotini ko‘chaytirish 
maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka 
shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “UzDEU avto” qo‘shma korxonasida 
yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab NEXIA, 
TICO, DAMAS va 2001 yilning avgust oyidan esa MATIZ rusumli avtomobillar 
ishlab chiqarila boshladi. Dunyo avtomobil bozoridagi mavjud keskin raqobatning 
mavjudligiga qaramasdan, O‘zbekiston avtomobil sanoati yildan–yilga ishlab 
chiqarish sur’atlarining o‘sishiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshib borishiga 


erishmoqda. “O`zDEU avto” korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 2007 
yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 661 mingtadan ortib ketdi. 2006 yilda 140 mingdan ortiq 
avtomobillar ishlab chiqarilib, 2005 yilga nisbatan 38,7 foiz o‘sishga erishildi. 2006 
yil natijalariga ko‘ra, Respublika yalpi ichki mahsulotidagi avtomobil sanoatining 
ulushi 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, jahon bozoriga o‘zbek avtomobillarini 
eskport qilishning sezilarli darajada ortishiga erishildi. 1996 yilda 880 ta o‘zbek 
yengil avtomobili eksport qilingan bo`lsa, 2006 yilga bu 82537 donani tashkil etdi 
yoki sal kam 94 martaga ko`paydi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi dunyo 
hamjamiyatiga avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo‘lgan 26-davlat bo`lib 
kirdi. Umuman O‘zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda 
avtomobil transportining soni yildan-yilga ortib bormokda, xususan oxirgi 2003-
2008 yillarda bu o`sish ko`rsatkichi o`rtacha 2-5,4%ni tashkil etdi (1.1- jadvalga 
qarang). 1.1- jadval Yillar* 2003 2004 2005 2006 2007 2008 Xususiy sektordagi 
avtomobillar soni 1095928 1211713 1235879 1269115 1330230 1402333 * 
ko‘rsatkichlar har yilning birinchi yanvariga keltirilgan. Avtomobillashtirish 
jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy 
oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida 
ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari (respublikamizda 2007 yilda ularning soni 
2253 taga yetdi) yoki tan jarohatlarni olishlari (2007 yilda ularning soni 11706 tadan 
oshib ketdi), shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab yetkazilgan 
moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar 
mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarining ifloslantirilishi, 
ko‘chalarda to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yishlari, 
transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib 
ketishidan iboratdir. 12 Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan 
avtomobillar harakatini uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin. 1. 
Avtomobil transportining o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra mos keladigan 
avtomobiltransport foydalanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari 
bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi. 2. Avtomobillar harakatining yo‘l 


harakati boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar 
harakatlanish madaniyatining pastligi. 3. Haydovchilik kasbining ommaviyligi va 
ular orasida past malakali va kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor 
haydovchilarning ko‘pligi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda 
yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni 
mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga faol qarab 
borishi maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport 
kommunikatsiyalarini a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi 
navbatda avtomobil yo‘llarini ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi. 
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo‘laklarini shakllantirish 
bo‘yicha markaziy tadbirlar o‘tkazilmoqda hamda Respublika va chet el yaqin-uzoq 
mamlakatlari avtomobil yo‘llari integratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar 
amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi Prezident va Vazirlar Mahkamasining 
qarorlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin: - Prezidentning 2005 yil 30 sentyabrdagi 
R-2338 raqamli “2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil 
yo‘llarini qurish Dasturini ishlab chiqish bo`yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi 
farmoyishi; - Prezidentning 2006 yil 3 martdagi PQ-299-sonli “Yo‘l qurilish ishlari 
hajmi va sifati ustidan nazoratni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”; - 
Prezidentning 2006 yil 25 oktyabrdagi 499-sonli «Umumiy foydalanishdagi 
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va qayta qurish tadbirini takomillashtirish 
choralari to‘g‘risida»; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 
1-noyabrdagi VM-226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish 
va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni 
takomillashtirish to‘g‘risida; - Prezidentning 2006 yil 14 noyabrdagi PQ-511-sonli 
“O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasini 
takomillashtirish choralari to‘g‘risida; - Prezidentning 2006 yil 20 dekabrdagi PQ-
535-sonli “Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini 2007-2010 yillarda 
rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risida»; - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining 2007 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi 
yangi O‘zbekiston Respublikasining qarori. Dunyo transport tizimiga eng ko‘p talab 


etiladigan va samarali integratsiyani ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan o‘tuvchi xalqaro magistral yo‘llarni modernizatsiya qilish 
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Bunga quyidagi “G‘uzor-Buxoro-
Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu”, “Olmota-Bishkek Toshkent-Termiz”, MDH va 
Yevropaga chiqishni ta’minlovchi «Navoi-Uchquduq” 13 shuningdek, Fors 
qo‘ltig‘iga va Qora dengizga chiqishni ta’minlovchi “SamarqandNavoi-Buxoro-
Olot” transport yo‘laklari kiradi. Guliston-Angren yo‘nalishida 2007 yilda 
ta’mirlash va yangi qurilish bo‘yicha ish boshlandi. Bu yo‘nalish M-39 “Olmota-
Bishkek-Toshkent-Termiz”, M-34 “Toshkent-Dushanba”, A-373 “Toshkent-Osh”, 
4R2 “Toshkent-Olmaliq” va 4R1 “THAY” mavjud yo‘llariga alternativ vazifani 
bajaradi. O‘zbekiston Respublikasida yuqorida keltirilgan PQ-535 raqamli Qarorga 
asosan 2007-2010 yillar mobaynida jami 700 km avtomobil yo‘l, 2700 pm ko‘prik 
va yo‘l o‘tkazuvchilar ta’mirlab quriladi. Shuningdek, har yili 2200 km avtomobil 
yo‘li kapital va o‘rta ta’mirdan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi etarli darajada 
zich avtomobil yo‘llar tarmog‘iga ega. 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 
respublikamizdagi yo‘llarning umumiy uzunligi 183000 km, shu jumladan, 
umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 42530 kmni tashkil etadi. O‘zbekiston 
hududlarining transport tarmog‘i bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari 1.2-jadvalda 
keltirilgan. 1.2-jadval Hududlar Avtomobil yo‘llari uzunligi, ming km. Transport 
tarmog‘ining zichligi, km 1000 km2 1000 kishi O‘zbekiston Respublikasi bo`yicha 
jami: 146,347 210,1 3,89 Qoraqolpog‘iston Respublikasi 9,7 58,8 6,58 Andijon 
viloyati 5,9 1404,8 2,74 Buxoro viloyati 9,7 246,2 6,93 Jizzax viloyati 4,1 200,0 
4,38 Qashqadaryo viloyati 8,2 288,7 3,87 Navoiy viloyati 6,2 56,2 8,00 Namangan 
viloyati 6,3 797,5 3,33 Samarqand viloyati 10,3 628,0 3,92 Surxondaryo viloyati 5,7 
274,0 3,35 Sirdaryo viloyati 4,7 921,6 7,6 Toshkent sh. va viloyati 9,5 609,0 2,3 
Farg‘ona viloyati 9,5 1338,0 3,62 Xorazm viloyati 4,2 666,7 3,23 b, ta’mirlash yoki 
to‘xtab turish joyiga yetib olish uchun harakatlanishi mumkin.

Download 259.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling