Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsiya yo’nalishi 306-b guruh talabasi Azimjonova Malikaning GxP fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 10.08 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi10.08 Kb.
#1596281
Bog'liq
GxP mustaqil

Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsiya yo’nalishi 305-B guruh talabasi Ollomurodov Nomozning GxP fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

O'zbekiston va Yevropa ittifoqidagi farmatsevtika tizimi.

1.O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishining farmatsevtika tarmog‘iga ta’siri

2. Ichki ishlab chiqarish.

3.Eksport bozori.


2017 yildan boshlab mazkur sohani yanada rivojlantirishga e’tibor kuchaydi va dori vositalari ishlab chiqaruvchilar 5 yil davomida barcha soliqlarni to‘lashdan ozod.Shuningdek, yangi ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniyalar texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda barcha bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilindi. Xuddi shu yili O‘zbekiston Prezidentining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ularni maxsus tabiiy sharoitlarda qayta ishlashga ixtisoslashgan yettita erkin iqtisodiy zonani tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Antiradar, mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘iga sarmoyalar ko‘lami oshib borishiga huquqiy zamin yaratildi. O‘zbekistonda farmatsevtika kompaniyalari soni 1994 yilda 2 ta, 2002 yilda 68 ta, 2012 yilda 130 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 191 taga yetib, mazkur korxonalarda 2500 dan ortiq turdagi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishining farmatsevtika tarmog‘iga ta’siri


O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan import qilinadigan dori-darmon va farmatsevtika  mahsulotlariga narxlarning pasayishi, sifatsiz dori-darmonlar ulushining kamayishi seziladi. Shu bilan birga uchinchi mamlakatlardan olib kirilayotgan dorilar narxlarining oshishi ham kuzatiladi.O’zbekistonda farmatsevtika sohasi 1993 yildan shakllana boshladi. O‘sha yili O‘zkimyofarm zavodi va Vaksinalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini o‘z ichiga olgan "O‘zfarmsanoat" davlat konserni tashkil etildi. Hozirgi kunda mahalliy dori-darmon ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya mavjud bo‘lib, davlat eng zarur dori preparatlari, infuzion eritmalar, vaksinalar, qon preparatlari, bir marta ishlatiladigan qon quyish tizimlari va qon o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishda ichki ehtiyojni ta’minlash siyosatini amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlari tadbiq etilmoqda.
Ichki ishlab chiqarishda dori vositalari va tibbiy  buyumlarning salmog‘i katta bo‘lib, ishlab chiqarish  quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ega: 
a) 2018 yil yakunlari bo‘yicha 179 million dollarlik dori  vositalari ishlab chiqarilgan. 6,4 million dollarlik dori vositalari esa eksport qilingan. Bu sohadagi  korxonalarning 40-60 foiz quvvat bilan ishlayotganini  hisobga olsak dori vositalari yo‘nalishi bo‘yicha yuqori  eksport potensiali mavjud. b) 2018 yil yakunlari bo‘yicha 17,2 million dollarlik  farmatsevtik materiallar (tibbiy paxta, tibbiy doka, bint va b.) ishlab chiqarilgan bo‘lib, shulardan jami 6,6 million dollarlik tibbiy buyumlar eksport qilingan. Xususan 5,4 million dollari (82%) YeOII davlatlari  hisobiga to‘g‘ri keladi. Farmatsevtik materiallar ishlab  chiqaruvchi korxonalar 77-80 foiz quvvat bilan  ishlamoqda.
2018 yilda farmatsevtika sohasida ichki bozor hajmi qariyb 1 milliard dollarni tashkil etib, uning 21 foizi mahalliy ishlab chiqarish  hisobidan ta’minlangan. Farmatsevtika vositalari importining 98 million dollari YeOII davlatlari hisobiga, jumladan, 81 million dollari Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi. Aholi sonining yiliga o‘rtacha 1,5 foizga oshib borayotganligi va kishi  boshiga sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan xarajatlar ko‘rsatkichi oxirgi yillarda o‘rtacha 15 foizga oshib borayotganligi kuzatilmoqda va bu ko‘rsatkich keyingi yillarda farmatsevtik  vositalarga ham talabni mos ravishda o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Eksport bozori istiqbollari Dori vositalari eksporti katta hajmni tashkil etmaydi va ularning asosiy qismi (90%dan oshig‘i) ham uchinchi mamlakatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha YeOIIga kirish sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydi deb baholanmoqda. Tibbiy buyumlar bo‘yicha esa eksport bozori to‘liqligicha YeOII mamlakatlariga tegishli. YeOII bozoriga chiqadigan farmatsevtik mahsulotlarning asosiy qismi tibbiy paxta va doka hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu tovarlar asosan (90 %dan ortig‘i) Qozog‘istonga eksport qilinadi. Buning uchun YeOII yagona tarif tizimi asosida  5% miqdordagi boj to‘lanadi. Narxlarning solishtirma tahlili ko‘rsatishicha Qozog‘iston va Rossiya bozoridagi narxlar O‘zbekiston narxlaridan baland. Bu jihatdan, YeOIIga qo‘shilish o‘rta muddatda milliy eksport hajmiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Hozirgi kunda jahon tajribasida integratsion jarayonlarni mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sirini baholashga doir turli yondashuvlar  mavjud. Ulardan eng asosiylari bu integratsion jarayonga qo‘shilishning umumiy ta’sirini baholashga mo‘ljallangan "Hisoblanadigan umumiy muvozanat modeli" (CGE) va ma’lum bir turdagi mahsulot bozorini alohida o‘rganadigan "Qisman muvozanat model"lari (PEM) hisoblanadi.

E'tiboringiz uchun rahmat!


Download 10.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling