1 mavzu. Yo‘l harakatini tashkil etish fanining maqsad va vazifalari. Reja
Yo‘l harakatini faoliyat ko‘rsatishining tizimli harakteri
Download 259.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 3
2.Yo‘l harakatini faoliyat ko‘rsatishining tizimli harakteri
Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payishi kuzatilmoqda. Bunday holat birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iktisodiyotini ko‘chaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “UzDEU avto” qo‘shma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab NEXIA, TICO, DAMAS va 2001 yilning avgust oyidan esa MATIZ rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshladi. Dunyo avtomobil bozoridagi mavjud keskin raqobatning mavjudligiga qaramasdan, O‘zbekiston avtomobil sanoati yildan–yilga ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshib borishiga erishmoqda. “O`zDEU avto” korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 661 mingtadan ortib ketdi. 2006 yilda 140 mingdan ortiq avtomobillar ishlab chiqarilib, 2005 yilga nisbatan 38,7 foiz o‘sishga erishildi. 2006 yil natijalariga ko‘ra, Respublika yalpi ichki mahsulotidagi avtomobil sanoatining ulushi 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, jahon bozoriga o‘zbek avtomobillarini eskport qilishning sezilarli darajada ortishiga erishildi. 1996 yilda 880 ta o‘zbek yengil avtomobili eksport qilingan bo`lsa, 2006 yilga bu 82537 donani tashkil etdi yoki sal kam 94 martaga ko`paydi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatiga avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo‘lgan 26-davlat bo`lib kirdi. Umuman O‘zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining soni yildan-yilga ortib bormokda, xususan oxirgi 2003- 2008 yillarda bu o`sish ko`rsatkichi o`rtacha 2-5,4%ni tashkil etdi (1.1- jadvalga qarang). 1.1- jadval Yillar* 2003 2004 2005 2006 2007 2008 Xususiy sektordagi avtomobillar soni 1095928 1211713 1235879 1269115 1330230 1402333 * ko‘rsatkichlar har yilning birinchi yanvariga keltirilgan. Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari (respublikamizda 2007 yilda ularning soni 2253 taga yetdi) yoki tan jarohatlarni olishlari (2007 yilda ularning soni 11706 tadan oshib ketdi), shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab yetkazilgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko‘chalarda to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yishlari, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir. 12 Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatini uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin. 1. Avtomobil transportining o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra mos keladigan avtomobiltransport foydalanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi. 2. Avtomobillar harakatining yo‘l harakati boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar harakatlanish madaniyatining pastligi. 3. Haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali va kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga faol qarab borishi maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport kommunikatsiyalarini a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo‘llarini ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi. O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha markaziy tadbirlar o‘tkazilmoqda hamda Respublika va chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil yo‘llari integratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin: - Prezidentning 2005 yil 30 sentyabrdagi R-2338 raqamli “2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarini qurish Dasturini ishlab chiqish bo`yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi; - Prezidentning 2006 yil 3 martdagi PQ-299-sonli “Yo‘l qurilish ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”; - Prezidentning 2006 yil 25 oktyabrdagi 499-sonli «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va qayta qurish tadbirini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 1-noyabrdagi VM-226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida; - Prezidentning 2006 yil 14 noyabrdagi PQ-511-sonli “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish choralari to‘g‘risida; - Prezidentning 2006 yil 20 dekabrdagi PQ- 535-sonli “Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini 2007-2010 yillarda rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risida»; - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi yangi O‘zbekiston Respublikasining qarori. Dunyo transport tizimiga eng ko‘p talab etiladigan va samarali integratsiyani ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘tuvchi xalqaro magistral yo‘llarni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Bunga quyidagi “G‘uzor-Buxoro- Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu”, “Olmota-Bishkek Toshkent-Termiz”, MDH va Yevropaga chiqishni ta’minlovchi «Navoi-Uchquduq” 13 shuningdek, Fors qo‘ltig‘iga va Qora dengizga chiqishni ta’minlovchi “SamarqandNavoi-Buxoro- Olot” transport yo‘laklari kiradi. Guliston-Angren yo‘nalishida 2007 yilda ta’mirlash va yangi qurilish bo‘yicha ish boshlandi. Bu yo‘nalish M-39 “Olmota- Bishkek-Toshkent-Termiz”, M-34 “Toshkent-Dushanba”, A-373 “Toshkent-Osh”, 4R2 “Toshkent-Olmaliq” va 4R1 “THAY” mavjud yo‘llariga alternativ vazifani bajaradi. O‘zbekiston Respublikasida yuqorida keltirilgan PQ-535 raqamli Qarorga asosan 2007-2010 yillar mobaynida jami 700 km avtomobil yo‘l, 2700 pm ko‘prik va yo‘l o‘tkazuvchilar ta’mirlab quriladi. Shuningdek, har yili 2200 km avtomobil yo‘li kapital va o‘rta ta’mirdan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi etarli darajada zich avtomobil yo‘llar tarmog‘iga ega. 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikamizdagi yo‘llarning umumiy uzunligi 183000 km, shu jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 42530 kmni tashkil etadi. O‘zbekiston hududlarining transport tarmog‘i bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari 1.2-jadvalda keltirilgan. 1.2-jadval Hududlar Avtomobil yo‘llari uzunligi, ming km. Transport tarmog‘ining zichligi, km 1000 km2 1000 kishi O‘zbekiston Respublikasi bo`yicha jami: 146,347 210,1 3,89 Qoraqolpog‘iston Respublikasi 9,7 58,8 6,58 Andijon viloyati 5,9 1404,8 2,74 Buxoro viloyati 9,7 246,2 6,93 Jizzax viloyati 4,1 200,0 4,38 Qashqadaryo viloyati 8,2 288,7 3,87 Navoiy viloyati 6,2 56,2 8,00 Namangan viloyati 6,3 797,5 3,33 Samarqand viloyati 10,3 628,0 3,92 Surxondaryo viloyati 5,7 274,0 3,35 Sirdaryo viloyati 4,7 921,6 7,6 Toshkent sh. va viloyati 9,5 609,0 2,3 Farg‘ona viloyati 9,5 1338,0 3,62 Xorazm viloyati 4,2 666,7 3,23 b, ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga yetib olish uchun harakatlanishi mumkin. Download 259.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling