1-mavzu. Yo‘l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari Tayanch so‘zlar va iboralar


Download 68.78 Kb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi68.78 Kb.
#1761013
1   2   3   4
Bog'liq
YHTE, 1-mavzu. Ma’ruza

1.1- jadval

Yillar*


2003

2004

2005

2006

2007

2008

Xususiy sektordagi avtomobillar soni

1095928

1211713

1235879

1269115

1330230

1402333

* ko‘rsatkichlar har yilning birinchi yanvariga keltirilgan.

Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari (respublikamizda 2007 yilda ularning soni 2253 taga yetdi) yoki tan jarohatlarni olishlari (2007 yilda ularning soni 11706 tadan oshib ketdi), shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab yetkazilgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko‘chalarda to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yishlari, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.


Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatini uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.

  1. Avtomobil transportining o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra mos keladigan avtomobil-transport foydalanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi.

  2. Avtomobillar harakatining yo‘l harakati boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar harakatlanish madaniyatining pastligi.

  3. Haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali va kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi.

Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga faol qarab borishi maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport kommunikatsiyalarini a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo‘llarini ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha markaziy tadbirlar o‘tkazilmoqda hamda Respublika va chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil yo‘llari integratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin:
- Prezidentning 2005 yil 30 sentabrdagi R-2338 raqamli “2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarini qurish Dasturini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi;
- Prezidentning 2006 yil 3 martdagi PQ-299-sonli “Yo‘l qurilish ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”;
- Prezidentning 2006 yil 25 oktabrdagi 499-sonli «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va qayta qurish tadbirini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 1 noyabrdagi VM-226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida;
- Prezidentning 2006 yil 14 noyabrdagi PQ-511-sonli “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish choralari to‘g‘risida;
- Prezidentning 2006 yil 20 dekabrdagi PQ-535-sonli “Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini 2007-2010 yillarda rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risida»;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007 yil 3 oktabrdagi qarori bilan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi yangi O‘zbekiston Respublikasining qarori.
Dunyo transport tizimiga eng ko‘p talab etiladigan va samarali integratsiyani ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘tuvchi xalqaro magistral yo‘llarni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Bunga quyidagi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu”, “Olmota-Bishkek-Toshkent-Termiz”, MDH va Yevropaga chiqishni ta’minlovchi «Navoi-Uchquduq” shuningdek, Fors qo‘ltig‘iga va Qora dengizga chiqishni ta’minlovchi “Samarqand-Navoi-Buxoro-Olot” transport yo‘laklari kiradi.
Guliston-Angren yo‘nalishida 2007 yilda ta’mirlash va yangi qurilish bo‘yicha ish boshlandi. Bu yo‘nalish M-39 “Olmota-Bishkek-Toshkent-Termiz”, M-34 “Toshkent-Dushanba”, A-373 “Toshkent-Osh”, 4R2 “Toshkent-Olmaliq” va 4R1 “THAY” mavjud yo‘llariga alternativ vazifani bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasida yuqorida keltirilgan PQ-535 raqamli Qarorga asosan 2007-2010 yillar mobaynida jami 700 km avtomobil yo‘l, 2700 pm ko‘prik va yo‘l o‘tkazuvchilar ta’mirlab quriladi. Shuningdek, har yili 2200 km avtomobil yo‘li kapital va o‘rta ta’mirdan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi yetarli darajada zich avtomobil yo‘llar tarmog‘iga ega. 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikamizdagi yo‘llarning umumiy uzunligi 183000 km, shu jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 42530 kmni tashkil etadi. O‘zbekiston hududlarining transport tarmog‘i bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval

Hududlar

Avtomobil yo‘llari uzunligi, ming km.

Transport tarmog‘ining zichligi, km

1000 km2

1000 kishi

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami:

146,347

210,1

3,89

Qoraqolpog‘iston Respublikasi

9,7

58,8

6,58

Andijon viloyati

5,9

1404,8

2,74

Buxoro viloyati

9,7

246,2

6,93

Jizzax viloyati

4,1

200,0

4,38

Qashqadaryo viloyati

8,2

288,7

3,87

Navoiy viloyati

6,2

56,2

8,00

Namangan viloyati

6,3

797,5

3,33

Samarqand viloyati

10,3

628,0

3,92

Surxondaryo viloyati

5,7

274,0

3,35

Sirdaryo viloyati

4,7

921,6

7,6

Toshkent sh. va viloyati

9,5

609,0

2,3

Farg‘ona viloyati

9,5

1338,0

3,62

Xorazm viloyati

4,2

666,7

3,23



Nazorat savollari:




  1. Download 68.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling