1-mavzu. Yo‘l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari Tayanch so‘zlar va iboralar
Download 68.78 Kb.
|
YHTE, 1-mavzu. Ma’ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazirliklar darajisi.
- Muhandis xizmati darajasi.
Davlat ahamiyatidagi daraja. Bu darajada yo‘lda harakatlanish qonun va me’yorlari tuziladi, «Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda - muhit» tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, yo‘l tarmog‘ining rivojlanish rejalari tuziladi, davlat miqiyosida avtomobillashtirish ko‘lami muvofiqlashtiriladi.
Vazirliklar darajisi. Bu daraja yo‘lovchilarni va yuklarni tashishni takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini ishlab chiqarish; yo‘llarni qurish, ta’mirlash; yo‘lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlab chiqarish; haydovchilarni tayyorlash va yo‘l qoidalarini yo‘l harakati qatnashchilariga targ‘ibot qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Muhandis xizmati darajasi. Bu darajada yo‘lda harakatni tashkil qilish bo‘yicha izlanishlar; yo‘lning xavfli bo‘laklarida harakatlanish sharoitlarini yaxshilash; yo‘lning turli bo‘laklarida bo‘ylama va ko‘ndalang ko‘rinishni yaxshilash; transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish; harakatni tashkil qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalarni tatbiq etish va ishlatish; haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borish masalalari hal qilinadi. Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payishi kuzatil-moqda. Bunday holat birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iktisodiyotini ko‘chaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “UzDEU avto” qo‘shma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab NEXIA, TICO, DAMAS va 2001 yilning avgust oyidan esa MATIZ rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshladi. Dunyo avtomobil bozoridagi mavjud keskin raqobatning mavjudligiga qaramasdan, O‘zbekiston avtomobil sanoati yildan-yilga ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshib borishiga erishmoqda. “O‘zDEU avto” korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 661 mingtadan ortib ketdi. 2006 yilda 140 mingdan ortiq avtomobillar ishlab chiqarilib, 2005 yilga nisbatan 38,7 foiz o‘sishga erishildi. 2006 yil natijalariga ko‘ra, Respublika yalpi ichki mahsulotidagi avtomobil sanoatining ulushi 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, jahon bozoriga o‘zbek avtomobillarini eskport qilishning sezilarli darajada ortishiga erishildi. 1996 yilda 880 ta o‘zbek yengil avtomobili eksport qilingan bo‘lsa, 2006 yilga bu 82537 donani tashkil etdi yoki sal kam 94 martaga ko‘paydi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatiga avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo‘lgan 26-davlat bo‘lib kirdi. Umuman O‘zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining soni yildan-yilga ortib bormokda, xususan oxirgi 2003-2008 yillarda bu o‘sish ko‘rsatkichi o‘rtacha 2-5,4%ni tashkil etdi (1.1- jadvalga qarang). Download 68.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling