1. Mavzu: Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Mavzu rejasi


Mavzu: Sud muhokamasining psixologik asoslari. Sudya, davlat prokurori va advokatning kasbiy-psixologik xususiyatlari


Download 393.29 Kb.
bet34/43
Sana01.03.2023
Hajmi393.29 Kb.
#1241949
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
Majmua Yuridik

14.Mavzu: Sud muhokamasining psixologik asoslari. Sudya, davlat prokurori va advokatning kasbiy-psixologik xususiyatlari
Mavzu rejasi:

  1. Sud, tergov jarayonida dalillarni tekshirishning psixologik xususiyati.

  2. Sud jarayonidagi harakatlarining individual psixologik xususiyatlari. Sudlanuvchini, guvohni va jabrlanuvchini soʻroq kilish psixologiyasi.

  3. Guvoh koʻrsatmalari va ularning axamiyati. Sodda koʻrsatma berayotgan shaxslarning individual psixologik holatlarini hisobga olish.

  4. Sudya, prokuror, advokatlarning shaxsiy sifatlari va ular fikrining muhimligi.

Tayanch so’zlar:sud,tergov, dalil,sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi,ko`rsatma,sudya,prokuror,advakat, individual psixologik xolatlar.
Sud, tergov jarayonida dalillarni tekshirishning psixologik xususiyati.

O‘zbekistonda hozirgi paytda sud psixologiyasi yaxlit konseptual, nazariy-amaliy va huquqiy jihatdan to‘liq o‘rganilmagan. Jinoyat sodir etgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini va ruhiyati (hissiyoti) bilan bog‘liq holatlarni inobatga olmasdan, nizoli vaziyatlarni psixologik tahlil qilmasdan turib, “inson omili” bilan bog‘liq bo‘lgan odil sudlovni amalga oshirish imkoniyati cheklangan deb ta’kidlash mumkin.


Huquqbuzarlik, diniy ekstremizm, terrorizm kabi illatlarning oldini olishda, jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishda, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatida, sodir etilgan jinoyatning determinantini aniqlashda sud psixologiyasi bilimlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi sud psixologiyasi yo‘nalishi keng tarmoqlidir. Uning tarkibi asosan quyidagicha: kriminal psixologiya; terrorizm psixologiyasi; jabrlanuvchi psixologiyasi; jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar psixologiyasi; tergov oldi jarayoni psixologiyasi; psixologlarning konsultant, mutaxassis yoki ekspert sifatida jalb etilishi; jinoyat va fuqarolik ishlarida sud-psixologik ekspertizalar; jinoyat va fuqarolik ishlarida sud jarayonlari psixologiyasi; ahloq tuzatish va huquqbuzarliklar profilaktikasi psixologiyasi.
2010 yilda “Sud ekspertizasi” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sud ekspertizasining izchil rivojlanishi, ekspertiza tadqiqotlarining jahon standartlariga mos, zamonaviy ilmiy darajada o‘tkazilishida huquqiy asos yaratdi. Shu borada fan-texnika yutuqlarini jalb etishning o‘ziga xos usuli sifatida ekspertiza institutiga alohida huquqiy maqom berilishi, sud amaliyoti oldida turgan dolzarb vazifalaridan biri sifatida sud psixologik ekspertizasining ham o‘rni, mavqei va dolzarbligi darajasini o‘rganish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Sud psixologiyasining asosi Sokrat, Demokrit, Platon va Aristotel kashfiyotlariga borib taqaladi. O‘sha davrlardan boshlab bu sohaga tegishli ko‘plab empirik tadqiqotlar amalga oshirilib, psixologiyaning huquq amaliyotida muhim ahamiyat kasb etishiga asos yaratilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sud psixologiyasi butun jahon e’tirofiga sazovor bo‘lib, ko‘plab fundamental tadqiqotlar amalga oshirilgan. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi qoshidagi sud ekspertizalari markazida sud psixologiyasi bo‘yicha yiliga mingdan ortiq ekspertizalar amalga oshirilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda, ko‘plab ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilmoqda.
AQSh davlatida 1962 yildayoq sud psixologiyasiga huquqiy maqom berilgan. 1978 yil Amerika sud psixologiyasi hay’ati tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi malakali mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish, sud psixologiyasini mustaqil fan sifatida takomillashtirishdan iboratdir. Aynan shu tashkilotning tashabbusi bilan «Law and Human Behavior» («Huquq va inson xulq-atvori»), «Criminal Justice and Behavior» («Jinoyat sud ishlari va xulq-atvor») nomli jurnallar tashkil etilgan bo‘lib, ularda muntazam ravishda ilmiy maqolalar e’lon qilinadi. Bunday misollarni jahon miqiyosida ko‘plab keltirish mumkin. Yuqorida keltirilgan misollarni inobatga olgan holda O‘zbekiston hududida ham bu yo‘nalishni rivojlantirish, uning ilm-fan yo‘nalishidagi o‘rnini belgilash maqsadga muvofiqdir.
Fan taraqqiy etishi bilan psixologiya sohasini odil sudlov manfaatlariga jalb etish ehtiyoji uzluksiz ravishda oshib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida sud psixologiyasining sud-huquq islohotlari jarayonidagi o‘rni metodologik, tizimli va konseptual o‘rganilishi, shu bilan birga uning amaliyotdgi asosiy ijtimoiy – psixologik, huquqiy o‘rni aniqlanishi lozim. Respublikamizda sud psixologiyasi asoslarini o‘rganish uchun obektiv shart sharoitlar va ilmiy zaruriyat mavjud bo‘lib, jumladan, uning metodologik asoslarini yaratish, nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borish, mukammal dastur va amaliy tajribalarga asoslangan holda rasmiy maqomga ega sud psixologik ekspertizalarining normativ huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, jinoyatchilikning oldini olish, hozirgi tahlikali davrda diniy ekstremizm, terrorizmning sabab va oqibatlarini o‘rganish, tahlil qilish, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda sud va tergov jarayonlariga ko‘maklashish dolzarb vazifadir.
Prezident Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek “oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi”[1]. Ushbu sohadagi amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda aynan yosh malakali kadrlarni tayyorlashni sud psixologiyasining metodologik bazasini yaratmasdan turib yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 4.4. – bandida (Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish) “ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi”, deb belgilangan. Shuningdek, 2.4. – bandida (Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish): “jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish” lozimligi ta’kidlangan. Ushbu muammolarni esa ilmiy-amaliy nuqtai nazardan o‘rganmay, tahlil qilmay turib hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham respublikamizda mavjud bo‘lmagan sud psixologiyasiga tegishli bo‘lgan laboratoriyani tashkil etish, chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, metodologik baza (laboratoriya) asosida sud psixologiyasi sohasidagi psixolog mutaxassislar faoliyatinining umumiy ilmiy-amaliy strategiyasini yaratish; sud psixologlarining amaliy tajribalarini tahlil qilish, umumlashtirish; sud psixologiyasiga tegishli bo‘lgan MDH va xorijiy davlatlar manbalaridan foydalangan holda jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish, yangi texnologiyalarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Psixologiya fani ko‘p qirrali bo‘lib, uning har bir yo‘nalishi o‘z ilmiy-metodologik apparati, ko‘llaniladigan metodi va ob’ektiga ega. Qonun xujjatlariga asosan “maxsus bilimga” ega malakali psixolog-ekspertlar faoliyatini ilmiy – amaliy tizim strukturasini, tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish inson omili va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda har bir mutaxassisdan ma’suliyat talab qiladi va uning bergan xulosalari ilmiy asoslangan va haqqoniy bo‘lishiga undaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoev sud organlari xodimlari bilan uchrashuvida sud jazolovchi organ emas, balki fuqarolarning huquq va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qiluvchi organ bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, va sud jarayonlarida, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bular qatorida Prezident psixologiya faniga alohida e’tibor qaratib, sudyalar o‘z faoliyatida avvalo psixolog bo‘lishi kerakligi, ya’ni psixologik bilimlarni qo‘llashlari lozimligini bildirdilar. Shuning uchun ham aynan sudyalarning kasb-malakasiga e’tibor qaratish ham muhim hisoblanib, seminar-treninglar tashkil qilinishi, amalga oshirilgan tadqiqot, chiqarilgan xulosalarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tahlil qilinishi ular faoliyatida alohida ahamiyat kasb etib, odil sudlovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida jinoyatlarning sabalari va sodir etilishiga olib kelgan haqiqiy sharoitlarni, huquqbuzarning shaxsi va uni jinoyatga undagan omillarni o‘rganish lozimligi belgilab qo‘yilgan. Darhaqiqat, dastlabki tergov yoki sud jarayonlarida jinoyat sodir etgan shaxslarning individual – psixologik xususiyatlarini, emotsional holatlarini va uni jinoyat sodir etishga undagan omillarni aniqlamay turib, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud faoliyatida murakkab jinoyat ishlarini ochish, aniqlashda xatoliklarga olib kelishi muqarrar. Shunday holatlarda, aynan sud psixologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur, zero bu inson huquqlarini himoya qilish va odil sudlovni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi”. Hozirgi kunda sud psixologiyasiga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘sib borayotganini e’tiborga olar ekanmiz, bu borada yosh kadrlar tayyorlash, maxsus bilimga ega bo‘lgan “ekspert-psixolog” mutaxassislarni yetishtirish, metodologik bazaga asos bo‘ladigan laboratoriya yaratish, faoliyatining tashkiliy-huquqiy mezonlarini belgilash masalalarini hal qilishdek dolzarb muammolar turibdi.
Yurtboshimiz yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda ilm-fanni yangi bosqichga ko‘tarish lozimligini, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish mumkin emasligini ta’kidlab o‘tdi. Darhaqiqat, ilm-fan nazariyasini shakllantirmasdan, fundamental tadqiqotlarni amalda tatbiq etmasdan turib sohaning qaysi yo‘nalishi bo‘lmasin, uning rivojlanish darajasini ko‘tarib bo‘lmaydi.
Ta’kidlash joizki, sud psixologiyasi inson omili (ruhiyati, shaxsi), inson taqdiri bilan bog‘liq ekan, psixologik bilimlarsiz o‘z yechimini topmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, respublikamizda aynan ushbu yo‘nalish ilmiy-amaliy nuqtai nazardan yetarli o‘rganilmagan. Yalpi tizimga ega metodologik baza yo‘qligi, huquqiy-normativ xujjatlar ishlab chiqilmaganligi, zamon talablariga mos bo‘lmagan ekspert-psixologlar xulosalarining haddan tashqari darajada ko‘payib ketgani, sud, tergov jarayonlarida ishtirok etuvchi mutaxassislar malaka darajasining nihoyatda pastligi jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha sud psixologik ekspertizalarining turlari quyidagilardan iborat:

  • jinoyatchining individual-psixologik hususiyatlarini aniqlovchi sud – psixologik ekspertiza (jinoyatning retrospektiv psixologik tahlili, jinoyatchi shaxsining motivatsion, emotsional va irodaviy jabhasini aniqlash);

  • jinoyat sodir etgan shaxslarda fiziologik affekt (kuchli ruhiy hayajonlanish) holatini aniqlovchi sud psixologik ekspertizasi;

  • voyaga yetmagan ayblanuvining ruhiy xasta bo‘lmagan, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan, jamoat uchun xavfli bo‘lgan jinoyatni sodir etishda o‘z xatti-harakatlarini anglash va ularni boshqara olish darajasini aniqlovchi sud psixologik ekspertizasi;

  • guvohlar yoki jabrlanuvchilarning mavjud holatni to‘g‘ri tushunishi va to‘g‘ri ko‘rsatma berish qobiliyatini aniqlovchi sud psixologik ekspertizasi;

  • nomusga tegish jinoyati bo‘yicha unga nisbatan sodir etilgan jinsiy tajovvuzning mohiyati va ahamiyatini tushunish qobiliyati va qarshilik ko‘rsatish harakatini aniqlovchi sud psixologik ekspertizasi;

  • o‘zining joniga qasd qilgan shaxsning psixologik holatini aniqlovchi sud psixologik ekspertizasi (o‘limdan keyingi ekspertiza).

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud psixologik ekspertizalarga hozirgi kunda sud amaliyotida katta ehtiyoj mavjud. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. Bitimlar bilan bog‘liq nizolarni hal etish. Bular qatoriga o‘limdan keyingi sud psixologik ekspertizasi ham kiradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha bu yo‘nalishda bir qancha psixologik omillar inobatga olinadi, jumladan:

  • o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi (FK 121 – m);

  • yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi (FK 122- m);

  • aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi (FK 123-m);

  1. Bolalar bilan bog‘lik bo‘lgan, xususan bolani olib berish, uning ota-onalarining qaysi biri bilan yashashini belgilash;

  2. Ma’naviy zararni qoplash (FK – 1021 moddasi).

Xulosa qilib ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatda huquqiy davlat barpo etishdek konstitutsiyaviy maqsad va shu maqsadga safarbar yalpi milliy sud siyosatini tubdan isloh qilish talab-ehtiyoji vujudga keldi. O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy mezoni demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sud hokimiyati qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi organga aylandi.
Ilm-fan borasida yuksak maqsadlarga erishish, amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish sud psixologiyasi sohasining ham nazariy-amaliy jabhalariga e’tibor qaratilishi lozimligi hozirgi zamon talablaridan biridir. Shu sababli uning ko‘p qirrali yo‘nalishlari va turlarini tizimli holda tahliliy o‘rganish natijasida metodologik baza yaratish va amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Sud psixologik ekspertiza jarayonlarida psixolog mutaxassislar faqat tadqiqotchi sifatida emas, balki to‘g‘ridan -to‘g‘ri yuridik holat ishtirokchilariga aylanadilar. Shuning uchun ham sud psixologiyasining nazariy, metodologik va tashkiliy-huquqiy asoslarini o‘rganmasdan, tashkil etmasdan turib ushu yo‘nalishda malakali psixolog-mutaxassislar, psixolog-ekspertlar faoliyatini ilmiy – amaliy jihatdan tashkil etib bo‘lma.
Nazorat savollari.
1.Jinoyatchilik qayerdan kelib chiqadi?
2.. Jinoyatchilikning oldini olish mumkinmi?
3. Kimlarni jinoyatchi deb ataladi?
4. Sud ishi psixologiyasining predmeti nima?
5.. Ongsizlik deganda nimani tushunasiz?

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Arifxodjaeva I. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2008 yil. 432 bet.
2.Vasilbev B.JI. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik dlya vuzov. «Piter» Sankt-Peterburg. 2014. 656 str.
3.Umarov Bahriddin.Umarali Qodirov. Huquqshunoslik faolyati psixologiyasi.

Download 393.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling