1-Mavzu yuzasidan topshiriqlar


Download 43.5 Kb.
Sana13.12.2021
Hajmi43.5 Kb.
#180896
Bog'liq
1-mavzu topshiriq


1-Mavzu yuzasidan topshiriqlar.

1.Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish 

sharoitida davlat boshqaruvini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari.

2.Ma'muriy huquq huquq tizimining tarmog'i sifatida. 

3.Ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi


  1. Davlat boshqaruvi oʼz mohiyatiga koʼra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xoʼjalik-tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, maʼmuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʼindisi maʼmuriy huquq tarmogʼini tashkil etadi.

Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish – munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy boʼlgan xulq-atvor qoidalarini maʼmuriy huquq normalarida mustahkamlash yoʼli bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni oʼrnatish orqali davlat boshqaruvi va u bilan bogʼliq boʼlgan munosabatlarda vujudga keladigan funktsiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibi yaratildi.

Аniq ijtimoiy munosabat maʼmuriy munosabat boʼlib, birinchidan, unda tegishli davlat organi albatta qatnashadi ikkinchidan, davlat boshqaruvi organi unga berilgan vakolatlardan foydalanganida maʼmuriy huquqning tartibga solish taʼsiriga uchraydi.

Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi maʼmuriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi.


  1. Davlatni idora etish jarayonida, yaʼni ijro va farmoyish faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar majmuini oʻz ichiga oladi. Boshqaruv faoliyati turlarining xilma-xilligi Maʼmuriy huquqning keng koʻlamli va koʻp tarmoqliligini taqozo etuvchi asosiy omildir. Maʼmuriy huquq meʼyorlari barcha ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatini aniqlaydi hamda davlat boshqaruv organlarini tuzish, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilab beradi. Ular fukarolarning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi, ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati va mansabdor shaxslarning xulq-atvoriga yagona qonunqoidalarni belgilab beradi, maʼmurii krnunbuzarliklar uchun javobgarlik va uni koʻllash tartibini koʻrib chiqadi.

Maʼmuriy huquq meʼyorlari turli maʼmuriyhuquqiy munosabatlarning katnashchilari orasida yuzaga kelayotgan maʼmuriyhuquqiy munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida respublika Prezidenti, barcha darajadagi davlat boshqaruv organlari, davlat xizmatchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jismoniy shaxslar (UzR fuqarolari, chet mamlakatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) maʼmuriyhuquqiy munosabatlarning qatnashchilari jumlasiga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquq tizimi umumiy va maxsus qismlardan iborat. Umumiy qism meʼyorlari davlat boshqaruvining asosiy tomoyillarini, Maʼmuriy huquq subʼyektlarining huquqiy holatini, davlat xizmati asoslarini boshqaruvining huquqiy shakllari va usullarini davlat boshqaruv tizimidagi qonuniylik va institutizomni taʼminlash usullari va tartibini mustahkamlaydi. Maxsus kiyem esa davlat bo-shqaruvining turli tarmoqlari va sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarning oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi meʼyorlarga bagʻishlangan. Unda iqtisodiy, ijtimoiymadaniy hamda maʼmuriysiyosiy faoliyat sohasidagi boshqaruvni yoʻlga solish meʼyorlari yoritib berilgan. Tarmoqlararo davlat boshqaruvini tartibga soluvchi meʼyorlar ham shular jumlasiga kiradi.

Turli davlat organlari tomonidan chiqariladigan meʼyoriyhuquqiy aktlar Maʼmuriy huquqni bayon qilish shakli, uning manbalari boʻlib xizmat qiladi. UzR Konstitutsiyasidagi mavjud meʼyorlarning aksariyat qismi bevosita maʼmuriyhuquqiy yoʻnalishga ega boʻlgan eng muhim meʼyorlar jumlasidandir. Bular, mas, ijro etuvchi hokimiyat organlarining shakllanish va faoliyat koʻrsatish asoslarini belgilab beruvchi hamda fuqarolarning davlat boshqaruv tizimidagi huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi konstituiiyaviy meʼyorlar sanaladi. Maʼmuriy huquq asosiy meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim, mudofaa, joylardagi davlat hokimiyati, sanitariya nazorati va boshqa toʻgʻrisidagi qonunlarida oʻz ifodasini topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshkaruv organlarini tuzysh, ularni qayta tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, boshqaruv tizimlarini iqtisodiy, ijtimoiymadaniy, maʼmuriysiyosiy qurilish va h. k. sohalaridagi, turli tarmoqlarni takomillashtirish toʻgʻrisidagi koʻplab qarorlari Maʼmuriy huquq manbalari boʻlib xizmat qiladi.



  1. Qayd etilgan barcha ijtimoiy munosabatlarda davlat organi ishtirok etadi. Bu qonuniydir, chunki boshqaruv faoliyati davlat funktsiyalarini amalga oshirish shakllaridan biridir.

Davlat boshqaruvi sohasida davlat nomidan harakat qiladigan va uning xohish-irodasini ifodalaydigan organning ishtirokisiz, maʼmuriy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar boʼlishi mumkin emas. Shu sababli, ikki fuqaro oʼrtasida vujudga keladigan munosabatlar – maʼmuriy-huquqiy munosabatlar hisoblanmaydi. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida shartnomalar asosida vujudga keladigan munosabatlar ham maʼmuriy huquq predmetiga kirmaydi, chunki ular fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan shartnoma munosabatlari hisoblanadi.

Huquq tizimida huquqni tarmoqlarga ajratish asoslaridan biri – huquqiy tartibga solish uslubidir. Huquqiy tartibga solish uslubi jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq taʼsirida qoʼllaniladigan usul, vosita va yoʼllar yigʼindisidan iborat. Har qanday huquq tarmogʼi singari maʼmuriy huquq ham oʼzining tartibga solish uslubiga ega. Maʼmuriy huquq tartibga solish funktsiyasini amalga oshirib, davlat boshqaruvi jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublarning muayyan majmuidan foydalanadi. Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi boʼyicha, yaʼni predmet boʼyicha amaldagi huquq tarmoqlari koʼpincha oʼzaro juda yaqin boʼlib, ayrim hollarda hatto shaklan bir-biriga mos ham keladi.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling