1-mavzu: Zamonaviy antropologiyaga kirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqot doirasi, atama va tushunchalar Reja


Download 274.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2022
Hajmi274.4 Kb.
#1074164
  1   2
Bog'liq
1-mavzu Zamonaviy antropologiya



1-mavzu: Zamonaviy antropologiyaga kirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi
tadqiqot doirasi, atama va tushunchalar 
Reja: 
1.Zamonaviy 
antropologiya 
fani 
nimani 
o„rganadi? 
2.Rivojlanish 
jarayonining 
inson 
antropologiyasiga 
ta‟siri. 
3. Zamonaviy antropologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
Antropologiya so„zi yunoncha so„z bo„lib, «antropos» – inson, «logos» – fan 
degan ma‟nolarni anglatadi. Mazkur fan tarixiga nazar soladigan bo„lsak, XVI 
asrda Markaziy Yevropada antropologiya tushunchasiga Ko‟proq «jismoniy» va 
«biologik antropologiya» sifatida qarashgan. Oradan bir qancha vaqtlar o„tgach, 
ya‟ni XVII–XVIII asrlarga kelib Yevropa atamashunosligida antropologiya 
atamasi inson faoliyatining barcha jihatlarini o„z ichiga qamrab oluvchi tushuncha 
sifatida shakllana boshlagan. Ushbu atama XVIII asr oxirlarida Rossiya va 
Avstriyada ham qo„llanila boshlangan. Antropologiyadagi izlanishlar fanning keng 
tarmoqlarda rivolanishiga olib kelgan. XX asrga kelib tarix fanini tadqiq etishda 
K. Lamprext (Germaniya), L. Fevr va M. Blok (Fransiya), L. N. Emir va R. Touni 
(Angliya) kabi olimlar eski voqeanavis tarixchilarga qarshi kurash olib bora 
boshladilar. O„tgan asrning 50-yillariga kelib esa, “yangi tarix” deb atala 
boshlagan tarixiy antropologik tadqiqot usullaridan foydalanib tarixiy voqeliklarni 
yoritish ustun mavqega ega bo„la boshladi. Unda voqeanavislik emas, balki 
struktura ustunlik qila boshlaydi. Tarixiy antropologiyada iqtisodiy tarix va 
ijtimoiy tarix asosiy yo„nalish, o„rganish muammosiga aylana boshlandi. XX asr 
80-yillaridan boshlab Yevropada ijtimoiy antropologiya assotsiatsiyalari tashkil 
topa 
boshlagan. 
Aytish 
mumkinki, 
antropologiyaning 
insonlar 
o„rtasidagi 
farqlarga 
fundamental yondashuvi uning ilmiy fanlar orasida eng gumanitarlashgan qiyofa 
kasb 
etishini 
ta‟minlaydi. Antropologlarning 
madaniyatlararo masalalarga 
bo„lgan qarashlari iqtisod, siyosat, psixologiya, san‟at, musiqa va adabiyot 
kabi sohalarda ham o„z ifodasini topadi. Antropolog va tarixchilar tarixiy va 
madaniy hodisalarga tarixiy va madaniy jihatdan to„g„ri baho berishda 
hamkorlik qiladilar. 
Bashariyat tarixining Napoleon Banopart urushlari va Birinchi Jahon urushi 
davri oralig„idagi yillarida jahonning, xususan, Yevropaning rivojlanishi jadallik 
bilan kechdi. Bularning barchasi sanoat inqilobi asrida sodir bo„ldi. XVIII asrda 
Buyuk Britaniyaning qishloq xo„jaligi va manufaktura sohasida yuksalishi, bug„ 
mashinasi va shu kabi ixtirolarning amalga oshirilishiga olib keldi. Biroq eng 
buyuk o„zgarishlar hali oldinda edi. XIX asrning birinchi yarmidan yirik temir 


yo„llar qurila boshlandi. Oradan biroz vaqt o„tgach bug„da harakatlanadigan 
poroxodlar Atlantika okeanini kesib o„ta boshladilar va okean bo„ylab doimiy 
qatnov yo„lga qo„yildi. Ulkan axborot manbayi, qayta ishlanuvchi material, boy 
xomashyo resurslari, odamlar tomonidan ulkan (xalqaro) masofalarning kesib 
o„tilishi o„ziga xos yuksalish belgisi edi. Bu rivojlanishning tub mohiyati ham 
qishloq xo„jaligida, ham manufakturada mahsulot ishlab chiqarishning o„sishi 
bilan 
belgilanadi. 
Madaniyat 
va 
jamiyatdagi 
o„zgarishlar 
antropologik 
o„zgarishga 
qanchalar 
ta‟sir 
ko„rsatdi? 
Biz 
million 
yillardan 
buyon 
o„zgarish bosqichidamiz. Shu oo`rinda insonlar biologik va 
madaniy 
tomondan 
moslashishda 
davom 
etmoqdalar2. 
Yevropada mahsulot ishlab chiqarishining o„sishi koplab aholini oziq-ovqat 
bilan ta‟minlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Natijada Yevropada aholi soni o„sib 
bordi. 
Dehqonlarning 
qishloqlarni 
tashlab, 
shaharlarga 
kelishi 
shaharlarni 
urbanizatsiya markaziga aylantirdi va shaharlarda ishchilar sinfi shakllandi. Ishlab 
chiqarishga bo„lgan talabning keskin sur‟atda oshishi kasalliklar va epidemiyalarni 
ham keltirib chiqardi. XIX asr davomida poyezd va poroxodlarsiz ishchilar 
harakatini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo„lmasdi. Millionlab migrantlarning 
quruqlik va dengiz orqali AQSH, Avstraliya, Argentina, Janubiy Afrika, Sibir va 
boshqa hududlarga doimiy yoki uzoq muddatga yashash uchun ketishi 
Yevropadagi 
ishchilariga 
bo„lgan 
bosimni 
yengillashtirdi. 
Shu davrda koloniyalarda ma‟muriyat va mahalliy aholi o„rtasidagi aloqalar yangicha 
ruhda rivojlanib bordi. Quldorlikka qarshi yurishlar bunga ilk misollar 
edi, ayni paytda 1830-yillarda Britaniya va Fransiya mustamlakachiligida quldorlik 
bekor qilindi. XIX asr mafkurasi bilan bir davrda shakllangan irqchilik ham 
yuqoridagi 
jarayonlarga 
javob 
tarzida 
paydo 
bo„ldi. 
Tarixiy rivojlanish jarayonining bir bo„lagi sifatida yuqoridagi davrlarda 
ham antropologiya bir tartibda o„sdi va rivojlandi. Tarixchilar va tarixga 
asoslanuvchi antropologlar bu kabi o„zgarishning ham kichik ham yirik 
ko„rinishlarini 
o„rganadilar. 
Zamonaviy antropologiya va gumanitar fanlarning bog„liqlik zanjirining oxirgi 
xalqasi ularning etnografik ma‟lumotlarni yozuv shaklida qabul qilib 
o„rganishlaridadir. 
Bu 
o„rinda 
tarixiy 
antropologiya 
madaniyatlararo 
ma‟lumotlar bilan yordamga keladi. «Inson» fiziologiyasi borasidagi fikrlar 
bir jamoa yoki bir jamiyat turigagina asoslanib bildirilishi noto„g„ridir. 
Zamonaviy antropologiyaning ikki o„lchami mavjud: ilmiy va amaliy. Shulardan 
biri hisoblangan amaliy antropologiyada ijtimoiy muammolar aniqlanib, ularni 
yechishga harakat qilinadi. Bunda fanlararo bog„liqlik muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu nuqtayi nazardan zamonaviy antropologiya boshqa koplab fan va sohalar bilan 
bevosita aloqador bo„lib, ular qatoriga tabiiy va ijtimoiy fanlarni kiritish mumkin. 


Bu aloqadorlikni tabiiy fan sifatida biologiya va ijtimoiy fan sifatida sotsiologiya 
fanlarining o„zaro munosabati misolida ko„rish mumkin. Ammo, ular o„rtasidagi 
farqli jabhalarni ham nazardan qochirmaslik lozim. Jumladan, sotsiologlar odatda 
zamonaviy 
va 
sanoatlashgan 
hududlarni 
o„rganadilar. 
Antropologlarning 
madaniyatlararo masalalarga bo„lgan qarashlari iqtisod, siyosat, psixologiya, san‟at, 
musiqa va adabiyot kabi sohalarda ham o„z ifodasini topadi. Antropolog va 
tarixchilar tarixiy va madaniy hodisalarga tarixiy-madaniy jihatdan to„g„ri baho 
berishda 
hamkorlik 
qiladilar. 
Antropologiya gumanitar fanlarga ta‟sir ko„rsatadi va o„z navbatida uning 
o„zi ham shu fanlar ta‟siriga ega bo„lib, bu avvalroq aytib o„tilgan fanlararo 
hamkorlikning yana bir ifodasidir. Antropolog va tarixchilar mustamlakachilik va 
zamonaviy dunyo tizimini o„rganishda birgalikda ish olib bormoqdalar. 
Odamlar ma‟lum bir jamiyatga tug„ilish va ko„chib o„tish natijasida 
qo„shiladilar va ulardan hayotdan ko„z yumish yoki ko„chib chiqish natijasida 
ayriladilar. Bu kabi o„zgarishlar ta‟siri insonlarda namoyon bo„lib, ijtimoiy tizimda 
deyarli o„zgarish kuzatilmasligi mumkin. Tarixiy o„zgarishning ikkinchi turida 
ijtimoiy tizim o„z tuzilishi va shaklini o„zgartirishi kuzatiladi. Bundan tashqari 
bunday o„zgarishlar avlodlar osha ham sodir bo„lishi ehtimoldan holi emas. 
Tarixchilar va tarixga asoslanuvchi antropologlar bu kabi o„zgarishlarning ham 
kichik, ham yirik ko„rinishlarini o„rganadilar. Tarixchi va antropologlarning 
kengayib borayotgan hamkorligi AQSHdagi qator oliy o„quv yurtlarida qo„shma 
dasturlar asosida talabalarga ta‟lim berilayotganligida yaqqol namoyon bo„ladi. 

Download 274.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling