1-mavzu. Zamonaviy antropologiyaga kirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi va fandagi nazariyalar. Zamonaviy antropologiya tadqiqot usullari. (2-soat) reja


Download 434.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana27.12.2022
Hajmi434.7 Kb.
#1068943
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu matn antrapologiyai

zamonaviy millatlar orasida ham tadqiqotlar o„tkazishadi.
Antropologiya insonni o„rganuvchi boshqa fanlardan o„zining qiyosiyligi va 
keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Antropologlar biologiya, til, madaniyat, 
o„tmishda va hozir ham mavjud bo„lgan jamiyatlarni tadqiq qiladilar. Bunda 
antropologiyaning etnik jihatlari ham inobatga olinadi.
Jamiyatni o„rganishni boshlab berganlar orasida sotsiologiya va antropologiya 
fani asoschilaridani biri, fransiyalik olim Emil Dyurkgeym ham bor edi. Oddiy va 
murakkab tuzilgan jamiyatlar haqida mushohada yuritar ekan, u mahalliy 
Avstraliya xalqlarining yozma yodgorliklariga va zamonaviy xalqlarda namoyon 
bo„luvchi ommaviy fenomen (o„z joniga qasd qilish ko„rsatkichlari kabi)larni 
nazardan qochirmadi. Shu asnoda bora-bora antropologiya qadimiy jamiyatlarni, 
sotsiologiya esa zamonaviy jamiyatlarni tadqiq etishga ixtisoslashib bordi.
Tarixiy antropologiyada etnografiyaga xos dala tadqiqot ishlarini olib 
borish usullariga quyidagilar kiradi:
➢ kundalik faoliyatlarni bevosita kuzatish;
➢ turli xil darajadagi suhbatlar;
➢ genealogik usul;
➢ jamoaning hayot tarzi haqida maslahatchi bilan olib boriladigan faoliyat;
➢ ayrim odamlarning hayoti haqida batafsil muloqot qilish;
➢ etnografning shaxsiy kuzatishlari va xulosalari bilan qiyoslanishi mumkin 
bo„lgan mahalliy e‟tiqodlar va qarashlarni aniqlash.
Turli xil muammolarga yechim topish uchun yo„naltirilgan tadqiqotlar:
uzoq muddatli tadqiqot – ma‟lum bir hudud yoki makonni doimiy tadqiq 
etish; guruh bo‘lib tadqiqot olib borish – kopchilikni tashkil qilgan etnograflar 
tomonidan olib boriladigan kuzatuv usuli.
Etnograflar kundalik hayotning turli taraflariga, fasliy jarayonlarga va 
g„ayrioddiy hodisalarga diqqat bilan yondashishlari taqazo etiladi. Ular o„zlari 
ko„rib turgan voqea-hodisalarni doimiy qog„ozga tushirib borishlari lozim. 
Etnograf dala ishini olib borar ekan, vaqt o„tgani sari dastlabki kun yoki haftada 
bo„lganidek, endi u atrofdagi jarayonlarga ajablanarli nigoh bilan qaramaydi. 
Muhitga moslashib boradi.
Kopchilik etnograflar o„z taassurotlarini shaxsiy kundalik yoki xotira 
daftarlariga yozib boradilar va bu kundalik esa rasmiy ko„rinishdagi dala 
taassurotlari daftaridan farq qiladi. Bu kabi xotira daftarlarida aks etadigan 


dastlabki taassurotlar keyinchalik madaniy tafovutlarning asosiy jihatlarini 
ko„rsatib beradi.
Bunday jihatlarga hatto farqli hidlar, odamlarning shovqin-suronlari, 
ularning ovqat yeyishlari jarayonidagi og„izlarining holati va bir-birlariga qanday 
nigoh bilan qarashlari ham kirishi mumkin. Arzimas tuyuluvchi bu ko„rinishlar 
g„oyatda muhim ahamiyatga ega bo„lib, ular Bronislav Kasper Malinovskiy 
(1884–1942) iborasi bilan aytganda, «mahalliy hayotning va alohida kishi 
faoliyatining tassavvur qilib bo‘lmas xususiyatlaridan iborat»dir. Bu kabi 
fundamental jihatlarni mahalliy odamlar tabiiy ko„rinishlar sifatida qabul 
qiladilar. Bu kabi jihatlar ular uchun aslida gapirishga ham arzimaydigandek 
tuyulsa-da, lekin antropologning o„rganmagan ko„zi bunday g„ayrioddiy 
ko„rinishlarni tezda ilg„ab oladi va bu holatlar bilan yaqindan tanishish natijasida 
ularni yaxshiroq tushunish imkoniga ega bo„ladi. Dastlabki taassurotlar g„oyatda 
qimmatli bo„lib, bu imkoniyatni qo„ldan boy bermaslik uchun kuzatuvchilardan 
birinchi navbatda diqqat bilan kuzatish va o„z taassurotlarini tartib bilan 
qog‘ozga tushirib borish talab etiladi. O‘ylab ko‘rib, fikr yuriting!  
❖ Metodologiya deganda nimani tushundingiz? Tadqiqotchining nazariy va 
amaliy faoliyatini tashkil etishda uning roli nimalardan iborat?
❖ Nima uchun tarixiy antropologiyada muammolarni tanlash va o„rganish 
metodologiyasida aynan etnografiya metodlaridan foydalaniladi?
❖ Tarixiy antropologiyaning qiyosiyliligi va keng qamrovlilik xususiyati 
haqida qanday ma‟lumotlarga egasiz? Ularni izohlab bering.

Download 434.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling