1-mavzuga doir topshiriqlar


Download 22.48 Kb.
bet12/12
Sana08.01.2022
Hajmi22.48 Kb.
#238795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzuga doir topshiriqlarJavoblar

17. Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar.

Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, siyohli va lazerli.

Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo’lib, albatta ignalar soni ko’pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.

Siyohli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo’li bilan ishlagani uchun ular siyohli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo’lib, ularning kamchiligi - siyohining tez tamom bo’lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.

Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo’ladi.

Modem. Modem modulatsiya, demodulatsiya so’zlaridan olingan bo’lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion dasturlariga ega bo’lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Hozirda ko’p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.


Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling