1-mavzuga doir topshiriqlar


Axborot texnologiyasi deganda


Download 22.48 Kb.
bet4/12
Sana08.01.2022
Hajmi22.48 Kb.
#238795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzuga doir topshiriqlarJavoblar

4. Axborot texnologiyasi deganda, hajmi oshib borayotgan axbor oqimini yig’ish, saqlab turish, ishlov berish va o’zatishni kompyuterlar yordamida amalga oshiradigan usullar majmuasi tushuniladi.Ushbu usullarni turli ko’rinishda ishlatilishi insonga zarur axborotlarni olish uchun kompyuter bilan mulokatda bo’lishni takozo etadi.

Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.

Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog`lik bo`lgan yagona sohadir.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.

Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.

Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirish vositalari.

5. Hozirgi paytda informatika - jamiyatimiznig barcha sohalariga chuqur kirib borayotgan hamda katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan fanga aylandi. Birorta fan sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, informatika sohasidagi kashfiyot va yangiliklarchalik ishlab - chiqarishga tez tadbiq qilinmagan.

Buni quyidagi misoldan ham ko‘rish mumkin:

Kashfiyotning nomi: Amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tgan davr:

qog‘oz 1000 yil

Bug‘ mashinasi 80 yil

Telefon 50 yil

Samolyot 20 yil

Tranzistor 3 yil

Elektron mikrosxemalar 6 oy

6. Informatsiyalarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez va ishonchli yetkazib beruvchi aloqa vositalari (telefon, telegraf, radio, televideniye, aloqa uzatish to‘rlari, kosmik aloqa vositalari va h.k.) yaratildi.

Albatta bu yutuqlar o‘z - o‘zidan qo‘lga kiritilmadi. Ularning zaminida olimlarning hamda muhandis-texnik xodimlarning asrlar davomida olib borgan izlanishlari, kashfiyot va ixtirolari yotibdi.




Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling