Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar)- juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish masalalari, global informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Super kompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o’rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuteri karvonboshlik qilmoqda.
Shuni qayd qilish lozimki, super kompyuterlarning ma’lum yo’nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Katta kompyuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/ 9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda.
12. Zamonaviy shaxsiy kompyuterning arxitekturasi:
1. Mоnitor 2. Ona plata 3. Protsessor 4. ATA port. 5. Operativ xotira
6. Kengaytirish kartalari 7. Kompyuter quvvat bloki 8. Diskovod
9. Qattiq disk 10. Klaviatura 11. Sichqoncha.
13. Prosessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.
1. Korpus va elektr ta'minoti bloki;
2. Asosiy plata;
3. Mikroprosessor va uni sovutuvchi kuler;
4. Tezkor xotira;
5. Vinchester turidagi tashqi xotira.
Ulardan tashqari, prosessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o'qiydigan va ularga ma'lumot yozadigan qurilmalar, videoprosessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun'iy yo'ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o'xshash jihozlar joylanishi mumkin.
Kompyuterga ulanadigan, to'g'rirog'i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko'ra to'rt toifaga bo'linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo'shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning prosessor bloki ichida joylashgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |